33-bob. UM RBO D TA’M IN L A SH SH A R TI B IL A N U Y -JO Y
(KVARTIRA)NI BO SH Q A S H A X S G A BE R ISH
SH A R T N O M A SI
1. U m rbod ta ’m in la sh sh a rti b ila n u y -jo y (kvartira) n i boshqa
sh a x sg a berish sh artn om a si tu sh u n ch a si, ah am iya ti, h u q u q iy
b elgilari va boshqa sh a rtn om a la rd an farqi
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira) ni boshqa shaxsga
berish shartnomasi mol-mulkni bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga topshirish
shartnom alari turkum iga kiradi. Bu shartnom aning m ohiyatini uy-joy
yoki kvartira va u bilan bog'liq yer uchastkasini ikkinchi bir shaxsga
topshirish tashkil etadi. M azkur shartnom a milliy m entalitetim iz asosida
q ab u l qilingan F u q aro lik K odeksining o'ziga xos x u s u s iy a tla rid a n
hisoblanadi. Buning asosiy sababi, a k sariy at m am la k a tla r fuqarolik
qonunchiligida bu shartnom a ren ta shartnom asining bir tu ri sifatida
ko'rsatiladi. (Masalan, FGKning 601-moddasi). Lekin m am lakatim izda ojiz,
zaif kishilarga yordam berish, u larg a g 'a m x o 'rlik qilish m aq sad ida
fu q a ro lik -h u q u q iy s h a rtn o m a la rn in g m a z k u r tu r i ijtim oiy n och or
shaxslarni qo'llab-quvvatlashning t a ’sirchan vositalaridan biri bo'lishi
uchun alohida shartnom a turi f 'atida e ’tirof etildi.
Respublikamizda bozor munusabatlariga, erkinlik va demokratiyaga
a soslang an b u y u k k elajak sa ri ildam q a d a m tash lan m o q d a. Bozor
tamoyillarining jam iyatda keng qo'llanilishi va ildiz otishi odam lardagi
tadbirkorlik, tashabbu sk o rlik intilishlarini avj oldirm oqda, daro m ad
olishning a n ’an av iy u s u lla rid a n sam arali fo y d ala n ish , n o a n ’a n a v iy
usullarini axtarib topishga undamoqda. Ammo, keksa, sihat-salomatligi
yomon bo'lgan yoki boshqa toifadagi im koniyatlari cheklangan fuqarolar
tadbirkorlik maydonida yetarli darajada h ara k a t qilish va shu yo'l bilan
darom ad topish imkoniga h a r doim ham ega bo'laverm aydi. Insonning
eng asosiy m a’naviy qadriyatlaridan biri - ojiz, zaif kishilarga yordam
berish, ular haqida g'am x o 'rlik qilish, q o 'llab -q uv vatlash hisoblanadi.
B u q ad riy at axloqiy qoidalarda ham , h uq u q iy m e ’y orlard a h a m o'z
ifodasini topgan. Shu sababli bunday g'am xo'rlik m as’uliyati o'zgalarga
ko'm ak berishga layoqatli h a r bir inson zimmasida deb aytish mumkin.
K o'p hollarda bunday m as’uliyat hech qanday t a ’masiz, ezgu niyatlar
bilan am alga oshiriladi. A yni v a q td a q o n u n lard a o 'zgalar qaroviga,
parvarishiga muhtoj shaxslar bilan shunday parvarishni amalga oshiruvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxslar m anfaatini um um lashtirish, ularning o‘zaro m unosabatlarini
shartnom a asosida rasm iylashtirib, ularning bir-birlariga nisbatan huquq
va burchlarini belgilab qo'yish holatlari ham nazarda tutilgan.
D avlat ijtim oiy qo'llab-quvvatlash jam g'arm alari hisobiga ushbu
toifadagi fuqarolarga pensiyalar, nafaqalar, boshqa ijtimoiy ta ’minot berish
shakllarida moddiy m adad ko'rsatilayotgan bo‘lsa-da, bu yordam lar o'z
hajm iga k o 'ra h a r doim ham y e ta rli bo'laverm aydi, bu shaxslard a
qo'shim cha kun kechirish m anbalarini qidirib topish zaruratini yuzaga
keltiradi. K undalik hayotimizda keng tarqala boshlagan mulkni ijaraga
berish, o'z mablag'larini omonatga qo'yish yoki korxonalarning qimmatli
qog'ozlariga ega bo'lish orqali, ulardan keladigan dividend (foiz daromad)
hisobiga darom ad topish kabilar ana shunday hayot kechirishga yordam
beruvchi m anbalardan sanaladi. Lekin bu manbani qo'lga kiritish uchun
shaxs m uayyan h arakat qilishi lozim bo'ladi Garchi bu shartnomalar ijtimoiy
qo'llab q uw atlash da m uhim ahamiyat kasb etmasa-da, hech qaysisi umrbod
ta ’m inlash sh arti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga topshirish
shartnom asidek ta ’minotga m uhtoj kishining kundalik ta ’minoti uchun
“qayg'urm aydi”. Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa
shaxsga topshirish shartnomasining afzallik jihatlaridan biri qariya yoki
nogiron shaxs am alda hech qanday xarajat qilmagani holda tirikchilik
o'tkazishning asosiy manbayini qo'lga kiritish munosabatini yuzaga keltiradi.
Bunday shartnom aning intizomiy ahamiyati shundan iboratki, o'zgalar
qaroviga m uhto j kishilar o'zlariga z a ru r yordam - ko'm ak oladilar,
ikkinchidan, ularning mol-mulki qarovsiz, xo'jasiz bo'lib qolmay, doimiy
nazorat ostiga o'tadi, uchinchidan, ojiz kishilarni p arv arish qiluvchi
shaxs kelajakda bu xizmatlari evaziga m a’lum mol-mulkka ega bo'ladi.
Binobarin, b u nd ay shartnom a tuzilishi va amalga oshirilishidan barcha
shartnom a ishtirokchilari ham , jam iyat ham manfaatdordir.
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 22-moddasida tu ra r
joylarni xususiy m ulk qilib olish asoslari ko'rsatilgan bo'lib, unga asosan
u m rbod t a ’m inlash sh a rti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaxsga
berish ham turar-joyni xususiy m ulkka aylantirish asosi sifatida ko'rsatilgan.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani
boshqa shaxsga berish shartnomasiga muvofiq, bir taraf (oluvchi) yoshi
yoki sog'lig'i tufayli m ehnatga layoqatsiz bo'lgan boshqa taraf (boshqa
shaxsga beruvchi)ni natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash
va zarur yordam ko'rsatish tarzida) um rbod moddiy ta ’minlash majburiyatini
oladi, boshqa shaxsga beruvchi esa oluvchiga uy-joy (uyning bir qismi)ni,
kvartirani mulk qilib berish majburiyatini oladi (FKning 530-moddasi).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira) ni boshqa shaxsga
berish shartnomasi o‘ziga turdosh b o ig an um rbod renta shartnom asidan
quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |