2-§. D o im iy renta
Fuqarolik Kodeksining 518-moddasiga ko'ra, doimiy rentani faqat
fuqarolar va notijorat tashkilotlari olishlari m um kin, basharti, bu hoi
qonunga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos bo'lsa.
A gar qonunda yoki shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, doimiy renta shartnom asi bo'yicha ren ta oluvchining huquqlari
Fuqarolik Kodeksi 518-moddasining 1-qismida ko'rsatilgan shaxslarga
talabd an voz kechish yo'li bilan topshirilishi va vorislik bo'yicha yoki
yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda boshqa shaxslarga o'tishi mumkin.
K o'p hollarda renta oluvchi ren ta obyekti bo'lgan m ulkning egasi,
m u lk d o ri bo'ladi. O luv chinin g s u b y e k t yoshiga y e tm a g an lig i yoki
m uom alaga layoqatsizligi sababli shartnom a ularning qonuniy vakillari
yoki vasiy va homiylari tomonidan ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda
shartnom a bo'yicha to'lovchi m ajburiyatlarining bajarilishini ham ular
nazorat qilib turadilar. Doimiy ren ta uchinchi shaxslar foydasiga tuzilgan
taq d ird a uchinchi shaxs ren ta oluvchi bo'lib ishtirok etadi va uning
roziligisiz shartnom a bekor qilinishi va o'zgartirilishi m um kin emas.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Doimiy ren ta shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri
ren ta oluvchi huquqlarining talab d an voz kechish y o ii bilan boshqa
fuq aro va n o tijo ra t tashkilotiga to p shirilishi m um kinligi v a ush b u
huquqlarning vorislik bo'yicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda
boshqa shaxsga o'tishi mumkinligidir. Demak, doimiy renta shartnom asi
subyektlar doirasida o'zgarishlar b oiish i mumkin. Agar ren ta oluvchi
fuqaro boisa, u ren ta toiovchining roziligisiz renta olish huquqini boshqa
shaxsga m eros qilib qoldirish yoki hadya qilish huquqiga ega boiadi.
Notijorat y u rid ik shaxslar ham b u n d a y h uquqlardan foydalanishlari
mumkin, lekin ren ta olish huquqining tijorat tashkilotlariga o‘tkazilishiga
yo ‘1 qo'yilm aydi. B ordi-yu, n o tijo ra t tashkilotlari v aq t o‘tish i bilan
tijoratchi tashkilotga aylansa ham qonun renta olish huquqini bermaydi.
Bunday renta obyektini sotib olish dastlab renta to'lovchiga beriladi, aks
holda, ren ta oluvchi re n ta to'lovchining shartnom a bo'yicha barcha
xarajatlarni to'lab, shartnom ani bir tomonlama bekor qilish huquqiga
ega bo'ladi. Shuningdek, renta oluvchida renta olish huquqini boshqa
shaxsga o'tkazish huquqi ham saqlanib qolishi mumkin.
R enta to io v c h ila r sifatida m uom alaga layoqatli b o'lg an barcha
fuqarolar va h a r qanday mulk shakliga asoslangan yuridik shaxslar ishtirok
etishlari m umkin.
Doimiy ren ta pul bilan toianib, u ren ta to'lash sharti bilan topshirilgan
m ol-mulkka o'xshash mol-mulkni ijaraga berishda qoilaniladigan mol-
m ulkdan foydalanish haqining o 'rta c h a stavkasi doirasida shartnom a
bilan belgilanadigan miqdorda, ren ta to'lash sharti bilan pul summasi
topshirilganda esa Fuqarolik Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan
bank foizining tegishli darajada joriy etilgan stavkasi doirasida bo'ladi.
S hartnom ada rentaning pul summ asiga teng qiymatdagi ashyolarni
berish, ishlarni bajarish yoki xizm at ko'rsatish yo'li bilan h a m renta
to'lash nazarda tutilishi mumkin.
A gar doimiy renta shartnom asida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, m ol-m ulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank
foizi stavkasi o'zgarsa, to'lanadigan ren ta miqdori ham m utanosib ravishda
o'zgaradi (FKning 519-moddasi).
Fuqarolik K odeksining 520-m oddasiga ko 'ra, ag a r shartno m ad a
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, doimiy renta yilning h ar bir
kalendar choragi tugashi bilan to'lanadi.
Fuqarolik Kodeksida nazarda tutilgan qoidada doimiy ren ta yilning
h a r bir kalendar choragi (har uch oy) tugashi bilan to'lanishi belgilangan.
Am m o bu m u d d at taraflarning kelishuviga muvofiq shartnom ada o'zgacha
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta rtib d a h am begilanishi m um kin. D oim iy re n ta n i to 'la s h m u d d ati
taraflarning kelishuviga muvofiq, h a r oyda yoki yil oxirida yoxud boshida
ham to'lanishi mumkin.
Qonunda re n ta obyekti bo‘lgan y e r uchastkasi, korxo na, bino,
inshoot va boshqa obyektlardan foydalanishda renta to ‘lovchiga hech
qanday cheklashlar yo‘q. Lekin ren ta to'lovchi renta predm eti bo'lgan
obyektdan ijara yoki qarz haqidagi u m u m iy qoidalarga am al qilgan
holda foydalanishi lozim.
Doimiy rentani to'lovchi uni sotib olish yo'li bilan b u n d a n buyon
renta to'lashdan bosh tortishga haqli. A gar ren ta to'lovchi re n ta to'lashdan
bu tarzda bosh tortishini renta to'lashni to'xtatishidan kam ida uch oy
oldin yoki shartnom ada nazarda tutilganidek, undan ham a w a lro q yozma
ravishda m a’lum qilgan bo'lsa, bunday bosh tortish haqiqiy hisoblanadi.
Agar shartnom ada sotib olishning boshqacha tartibi n azard a tutilgan
bo'lmasa, renta to'lash majburiyati, ren ta oluvchi sotib olish sum m asining
hammasini olib bo'lgunga qadar to'xtatilm aydi.
Shartnom aning doimiy ren ta to'lovchi uni sotib olish huquqidan
voz kechishi to'g'risidagi sharti o'z-o'zidan haqiqiy emas.
S hartno m ada doimiy ren tan i sotib olish huquqini re n ta oluvchi
hayotligida yoki sh artn o m a tu zilg an p a y td a n b oshlab o 'ttiz y ildan
oshm aydigan m u d d at m obaynida am alga oshirib bo'lm asligi nazarda
tutilishi m um kin (FKning 521-moddasi).
FKning 522-moddasida doimiy ren ta oluvchi renta obyektini renta
to'lovchidan sotib olishi mumkin bo'lgan holatlar bayon qilingan:
1. Renta to'lovchi tomonidan shartnom a shartlariga xilof ravishda
to'lov m uddati bir yildan ortiq m uddatga kechiktirilgan holatda.
2. Renta to'lovchi tomonidan rentani to'lash bo'yicha m ajburiyatlar
buzilgan holatda.
3. Renta to'lovchi tomonidan ren ta shartnom asida belgilangan
miqdor va m uddatlarda to'lanmasligini keltirib chiqaradigan vaziyat
vujudga kelsa yoki renta to'lovchi to'lovga qodir em as deb topilsa.
4. Renta to'lash sharti bilan topshirilgan ko'chm as m ol-m ulk um um iy
mulkka aylangan yoki bir necha shaxs o'rtasida taqsim langan holatda.
Masalan: ren ta to'lash sh arti bilan topshirilgan uy-joy oila (er-xotin)
mulkiga aylansa yoki ular o'rtasida taqsimlansa.
5. Shartnom ada nazarda tutilgan boshqa hollarda.
S h artno m ada ren ta oluvchining ehtiyojlarini t a ’m inlash m uhim
aham iyatga ega bo'lganligi uchun to'lovchi yuqoridagi holatlar bo'yicha
sotib olishdan bosh tortsa, shartnom a bir tomonlama bekor qilinishi va
www.ziyouz.com kutubxonasi
m ulk ren ta oluvchiga qaytarilishi lozim.
F u q a ro lik K od eksin in g 521-522-m oddalarida n azard a tu tilg a n
hollarda doimiy renta shartnom ada belgilangan bahoda sotib olinadi.
R enta to'lash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy
ren ta shartnom asida sotib olish bahosi to‘g‘risida sh art boim aganida sotib
olish yillik renta toiovlari summ asiga mos bahoda amalga oshiriladi.
R enta to ia sh sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta
shartnom asida sotib olish bahosi to‘g ‘risida shart boim aganida sotib olish
bahosiga yillik renta to io v lari summasi bilan bir qatorda topshirilgan
m ol-m ulkning o'xshash vaziyatlarda belgilanadigan bahosi ham qo‘shiladi
(FKning 523-moddasi).
Fuqarolik Kodeksining 524-moddasida doimiy ren ta to iash sharti
bilan ren ta toiovchiga topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boiishi
yoki tasodifan buzilishi xavfi qaysi tarafda boiishligi bayon qilingan.
Unga binoan agarda m ol-m ulk doimiy renta to ia s h sharti bilan bepul
topshirilsa, m ol-mulkning tasodifan nobud boiishi yoki tasodifan buzilishi
xavfi re n ta toiovchi zimmasida boiadi, ya’ni b unday holatda mol-mulk
nobud b o isa yoki biron tarzda buzilsa, yuzaga kelgan zararning barchasini
ren ta toiovchi o‘z zimmasiga olishi shart.
A g a r m ol-m ulk doim iy re n ta to ia s h s h a rti bilan haq evaziga
to p s h irilg a n m o l-m u lk ta s o d ifa n nobud b o ig a n d a yoki taso d ifa n
b u z ilg a n d a to io v c h i r e n ta t o ia s h m ajb u riy a tin i tegishli rav ish d a
to ‘x tatish n i yoki uni to ia s h shartlarini o‘zgartirishni renta oluvchidan
talab qilishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |