Axmedov bekzod



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/59
Sana31.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#266162
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Bog'liq
sport mashqlari jarayonida fiziologik adaptatsiyaning xususiyatlari

Uchinchi  bosqich  funksional  sistemaning  yangi  daratezgi  faoliyatini 

ta’minlash  uchun  zarur  rezerv  borligini  ifodalaydigan  uzoq  muddatli  turg‘un 

adaptatsiya yuzaga kelgani bilan farqlanadi. Bu funksional qurilmalar faoliyatining 

turg‘unligi, boshqaruvchi va ijrochi a’zolarning o‘zaro jips bog‘liqligi ko‘riladi. 



To‘rtinchi  bosqich  odatda  ortiqcha  kuchlanishdagi  noto‘g‘ri  tashkil  etilgan 

mashq  qilish  ishlarini  bajarish  va  yetarli  daratez  ovqatlanmaslik,  dam  olmaslik, 

quvvatning  yaxshi  tiklanmasligi  oqibatida  yuzaga  keladi.  Bu  bosqich  funksional 

sistemaning  ayrim  komponentlarining  yemirilishi  bilan  xarakterlanadi  va 

ko‘pincha  strukturaning  yangilanish  jarayonini  buzilishi  ayrim  hujayralarning 

o‘lishi  va  ularning  biriktimv  to‘qimasiga  aylanishi  bilan  ifodalanadi.  Bunday 

hodisalar yurak, jigaming kompensator gipertrofiyasida asab markazlari, gipofiz  - 

adrenal  kompleks  giperfunksiyasida kuzatilib, organizmning  adaptayiya  zahiralari 

yetishmaydigan daratezgi ishlar ta’sirida yuzaga keladi. 

Tabiiyki,  to‘g‘ri  tashkil  etilgan  mashq  qilish  ishlari  adaptatsiyaning  birinchi 

uchta bosqichidan o‘tadi. Bu ishlar sportchining qanday tayyorlanishi va musobaqa 

faoliyatining  turli  komponentlariga  tegishli  bo‘lishi  mumkin.  Jumladan,  ayrim 

organlar  (masalan,  yurak)  yoki  funkyional  tizimlar  (masalan,  aerob  yo‘li  bilan 

bajariladigan ishni va sportchining yuqori natijaga erishishda namoyon bo‘ladigan 

qobiliyatining  shakllanishini  taminlaydigan  sistema)  adaptatsiyasi  shu  yo‘l  bilan 

yuzaga keladi 

 

Ma’1umki 



[64,62,66,73,80,82] 

jismoniy 

mashqlar 

bilan 


muntazam 

shug‘ullanish  harakat  a’zosining  funksional  imkoniyatlarini  asta-sekin  oshirib 

boradi.  Kuch  bilan  bajaraladigan  ishlar  uchun  adaptatsiya  jarayonida  mushak 

tolalarining vazni ortadi, ya’ni muskullar gipertrofiyalanadi. Chidamlilik mashqini 




 

28 


bajarishda muskullarda aerob yo‘li bilan energiya hosil bo‘lish quvvati ortadi. Bu 

muskulning  og‘irlik  birligiga  nisbatan  mitoxondriylar  soni  va  mitoxondriya 

fermentlarining  faolligini  ko‘payishi  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Uzoq  muddatli 

adaptatsiya jarayonida anaerob yo‘l bilan energiya hosil boiishi quvvati ham ortadi, 

bu  mushaklarda  glikogen  miqdorini  1,5-3  marta  va  glikogensintetazalar 

faolligining ortishida ifodalanadi (Yakovlev, 1981). Jismoniy ishga uzoq muddatli 

adaptatsiya  skelet  mushaklari  bilan  ta’minlanishining  o‘zgarishiga  olib  keladi. 

Bunday  o‘zgarishlar  ishlayotgan  mushaklami  kislorod  va  moddalar  bilan  yetarli 

ta’minlash hamda ulami metobolitlardan tozalashni amalga oshiradi. Mushaklarda 

kapillyarlar soni ortadi. Andersenning (1975) biopsiya metodi bilan olgan dalillari 

yuqori malakali sportchi yuguruvchilarda sonning to‘rt boshli mushagining 1mm

2

 



da  kapillyarlar  soni  500  ga  yetishini  ko‘rsatadi,  holbuki,  jismonan 

chiniqmaganlarda bu ko‘rsatgich 325 ni tashkil etadi [85,102]. 

Tashqi nafas sistemasming uzoq muddatli adaptatsiyasmmg shakllamshi nafas 

sistemasi  va  nafasni  boshqaruvchi  yuqori  markazlar  ishi  bilan  bog‘liq.  Bu  tinch 

holatda va o‘lchamli ish bajarish chog‘ida tejamlilik eng katta hajmdagi jismoniy 

ishlarni  bajarish  esa  yuqori  daratez  reaksiya  yuzaga  kelishi,  tinch  holatda  va 

o‘lchamli  ish  bajarishda  o‘pka  ventilyatsiyasining  kamayishi,  asosan, 

to‘qimalarning qondan kislorod olish qobiliyatini ortishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Jismoniy  chiniqishda  nafas  sistemasida  ham  o‘ziga  xos  o‘zgarishlar,  ya’ni 

uning  funksional  imkoniyatlarining  ortishi  va  nafasni  boshqaruv  mexanizmining 

takomillashishi  yuzaga  keladi.  Chidamlilikka  chiniqayotgan  yuqori  malakali 

sportchilarda o‘pkaning maksimal tiriklik sig‘imi 6-7 1 ni tashkil etadi, jismonan 

chiniqmaganlarda  esa  3-3,5  1  ga  teng  bo‘ladi.  Nafas  olish  va  nafas  chiqarish 

quvvati  yuqori  malakali  sportchilarda  sekundiga  7,5  va  8,8  1  ni  tashkil  etsa, 

jismonan  chiniqmaganlarda  esa  5,6  1  va  5,2  1  ga  barobar  bo‘ladi.  Shuningdek, 

jismonan  chiniqqanlarda  tinch  holatda  nafas  olish  soni  daqiqasiga  5-8  siklga, 

maksimal nafas chuqurligi 3,4 -3,5 1 ga yetadi, chiniqmaganlarda maksimal nafas 

chuqurligi 2,0-2,5 1 ga teng bo‘ladi [13,26,35,45,57,61,62]. 

Mushak  ishiga  uzoq  muddatli  adaptatsiya  jarayonida  faqat  tashqi  nafas 



 

29 


ko‘rsatkichlari  rivojlanmay,  nafasni  boshqaruvchi  markazlar  ishi  ham 

takomillashadi.  Bunday  qayta  qurilishlar,  ayniqsa,  ishlayotgan  to‘qimalarni 

kislorod  bilan  ta’minlashda  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ladi  va  organizmning 

mushak ishiga chidamliligi ortishida ma’lum rol o‘ynaydi. 

Uzoq  muddatli  adaptatsiya  a’zo  va  to‘qimalar  strukturasini  qayta  qurilishi, 

funksiyalarning  ancha  tejamli  bo‘lishi,  funksional  tizimlar  faoliyatining 

harakatchanligi  va  turg‘unligini  kuchayishi  harakat  va  vegetativ  funksiyalarning 

maqsadga  muvofiq  va  egiluvchan  tarzda  o‘zaro  bog‘lanishning  sozlanishi  bilan 

xarakterlanadi.  Uzoq  muddatli  adaptatsiyaning  muhim  elementi  bosh  miyaning 

yarimsharlar po‘stlog‘idan tejamli va turg‘un faollikning o‘zaro bog‘liq tizimining 

shakllanishidan  iborat.  Bu  tizim  harakatlarini  boshqaruvchi  funksional  tizimning 

bir qismi bo‘lib, halaqit beruvchi omillarga nisbatan yuqori daratez turg‘un bo‘ladi. 

Adaptatsiya  qilgan  shaxslar  bunday  ishlarga  adaptatsiya  qilmaganlardan  har  xil 

halaqit  beruvchi  omillar  ta’sirida  boshqaruvchi  funksional  tizimning  buzilmasligi 

bilan farqlanadi. 

 


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish