O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


II-BOB  ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana31.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#264793
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
asosiy vositalar kirimining hisobi

II-BOB  ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI 

2.1 «O’ZBEKISTON MUDODAASIGA KUMAKLASHUVCHI 

“VATANPARVAR”»TASHKILOTI  FOALIYATINING UMUMIY 

TAVSIFI 

 O‘zbekiston  mudofasiga  kumaklashuvchi  “vatanparvar  ”  tashkiloti  1990-

yilning  

18-mayda tashkil topgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  Vatanni  himoya  qilish  haqidagi 

g‘oyalarini  targ‘ib  qilishni  “Vatanparvar”  tashkiloti  o‘zining  asosiy  burchi,  deb 

hisoblaydi. 

O‘zbekiston  mudofaasiga  ko‘maklashuvchi  “Vatanparvar”  tashkiloti  o‘z 

faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida tashkil etadi va amalga oshiradi: 

a)barcha  tashkilotlarning  ishida  jamoaviylik,qarorlar  qabul  qilishda  ko‘pchilik 

fikriga tayanish va topshirilgan ish uchun har bir a’zosining shaxsiy javobgarligi; 

b)hamma rahbar bo‘g‘inlarning quyidan yuqorigacha saylanishi; 

v)yuqori  tashkilotlar  qarorlarining,agar  bu  qarorlar  ularning  huquqlari  doirasida 

qabul qilingan bo‘lsa,quyi tashkilotlar uchun majburiyligi; 

g)saylab  qo‘yiladigan  barcha  bosqich  boshqaruvlari  ishida  to‘la  oshkoralik,o‘z 

tashkilotlari  oldida  davriy  ravishda  hisobot  berish  va  o‘z  faoliyati  haqida  yuqori 

tashkilotlarga axborot berish; 

d)tashkilot har bir tashkilot a’zosining shaxsiy fikrini inobatga olish, uning qadr-

qimmati,  shuningdek,  ko‘pchilik  va  ozchilik  huquqlarini  hurmat  qilish,  zarurat 

tug‘ilganda erkin munozaralar olib borish. 

        Tashkilot  zimmasiga  olgan  asosiy  vazifalarni  bajarish  uchun  o‘z  faoliyatini 

quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi: 

  a)  Teran  milliy  ma’naviyat  hamda  umuminsoniy  qadriyatlar  vositasida  yoshlar 

ongida  yuksak  ma’naviy-axloqiy  fazilatlarni  shakllantirish,  ularni  har  tomonlama 



 

 

barkamol va vatanparvar inson sifatida tarbiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar 



majmuasini amalga oshiradi; 

b)manfaatdor  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  bilan  birgalikda  keng  xalq  ommasi, 

xususan  yoshlarni  vatanparvarlik  va  baynalmillalchilik,shuningdek,  diniy 

aqidaparastlikka,ekstremizmga  va  terorizmga  qarshi  kurash  ruhida  tarbiyalashda 

ishtirok etadi; 

v) Tashkilotning o‘quv muassasalarida  Davlat buyurtmasi sifatida Qurolli Kuchlar 

ehtiyoji  uchun  zarur  bo‘lgan  miqdorda  texnik  mutaxasislar  tayyorlashni  yo‘lga 

qo‘yadi; 

g)favqulotda  holatlar  va  harbiy  harakatlar  oqibatida  jabr  ko‘rganlarga  yordam 

berishda ishtirok etadi; 

d)aholiga  pulli  yohud  manfaatli  xizmatlar  ko‘rsatsatadi  va  harbiy-amaliy 

ahamiyatga ega bo‘lgan ommaviy kasbdagi hodimlarni tayyorlashni tashkil etadi; 

e)amaldagi  qonunlarda  ko‘zda  tutilgan  tartibda  o‘quv,o‘quv-uslubiy,  sport-texnik 

hamda  sport  tashkilotlari  (majmualar,  markazlar,  maktablar,  klublar,  xonalar, 

kurslar)  tuzadi;  ishlab  chiqarish,  transport,  qurilish-ta’mirlash  korxonalari, 

ma’naviyat maskanlari, nashriyot va bosmaxonalar, latareyalar,xayriya konsertlari 

tashil etadi; ta’minot tashkilotlari, “Vatanparvar” saroylari, kommunal korxonalar, 

mehmonxonalar, 

yotoqxonalar,xo‘jalik 

hisobidagi 

muassasalar, 

shuningdek,yoshlar 

va 

voyaga 


yetmaganlarning 

vatanparvarlik 

klublari, 

havaskorlik  birlashmalari,  aholining  qiziquviga  qarab  klublar,sport  inshootlari 

(tirlar,  otish  joylari,minoralar,o‘yingohlar,suv  havzalari,  markazlar,  majmualar, 

omborxonalar,mashq 

yo‘nalishlari, 

avtodromlar, 

motodromlar,kordodromlar,kartodromlar va xokazolar) barpo etadi (ochadi), qayta 

tashkil etadi, lozim bo‘lganda belgilangan tartibda ularning faoliyatini to‘xtatadi. 

        Mazkur  muassasalarning  ish  tartibi  va  o‘zaro  bo‘ysunuvini  belgilaydi.Yangi 

ish  joylarini  barpo  etish  va  nizomda  tutilgan  vazifalarni  bajarish  maqsadida 

tashkilot qaramog‘ida kichik, qo‘shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, firmalar 

hamda  boshqa  korxonalar  tuzish  uchun  imkoniyat  yaratib  beradi,  respublika 

qonunlariga  zid  bo‘lmagan  faoliyat  turlarini  amalga  oshiradi,  olingan  foydani 



 

 

tashkilotning  asosiy  maqsadini  bajarilishiga  yo‘naltiradi,  ularning  amliy  faoliyati 



uchun zarur yordamni beradi; 

j)tashkilot tuzilmasining xodimlar shtat jadvalidagi ish joylariga xodimlarni tanlab 

oladi,o‘qitadi,malakasini oshiradi va tarbiyalaydi,lozim bo‘lgan taqdirda bu ishga 

jamoatchilik faollarini ham jalb etadi. 

        Mehnatda  o‘rnak  ko‘rsatgan  xodimlarni  moddiy  rag‘batlantiradi,  Davlat 

mukofotlari,faxriy unvonlar va yorliqlarga taqdim etadi; 

z)sportning  texnik  va  amaliy  turlarini  rivojlantirishni  muvofiqlashtiradi,  unga 

rahbarlik  qiladi,  mazkur  turlar  bo‘yicha  xalqaro  musobaqalarda  va  Olimpiada 

O‘yinlarida  qatnashadi.O‘ziga  bo‘ysungan  sport  federatsiyalari,  sport  klublari, 

sho‘’balari,  sportning  mazkur  turlari  bo‘yicha  jamoalar  ishini  tashkil  etadi;  sport 

musobaqalari,  ko‘rgazmalar,  tanlovlar  hamda  boshqa  ommaviy-vatanparvarlik 

tadbirlarini  o‘tkazadi,  sportning  shu  turlari  bo‘yicha  o‘rnatilgan  sport  rekordlari 

hamda yutuqlarini qayd etadi va tasdiqlaydi; jaxon rekordlarini qayd etilishi uchun  

Jahon sport federatsiyalariga nomzodlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar va hujjatlar 

taqdim etadi; 

i)ommaviy-vatanparvarlik  ishlarini  yaxshilashga  qaratilgan  konstruktorlik, 

ixtirochilik, takomillashtiruvchilik faoliyatini rivojlantiradi, uning a’zolari orasida 

ilmiy-texnikaviy yaratuvchilik ishlarini rivojlanishiga yordam beradi;  

k)tashkiliy  va  ommaviy-vatanparvarlik  ishlarining  saviyasini  yuqori  ko‘tarish 

maqsadida  hokimliklar,davlat  idoralari  hamda  jamoat  birlashmalari  bilan  aloqa 

o‘rnatadi,hamkorlikni mustahkamlaydi; 

l)tashlilotning  sport  sohasidagi  yutuqlari  va  vatanparvarlik  tarbiyasi  borasidagi 

faoliyati  haqida  joylardagi  va  respublika  ommaviy  axborot  vositalari  orqali 

targ‘ibot ishlarini olib boradi; 

m)kengashlar va boshlang‘ich tashkilotlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish 

maqsadida pasportlashtirish tizimini joriy etadi; 

n)harbiy-vatanparvarlik,  texnik  mutaxasislar  tayyorlash,  sport  va  tadbirkorlik 

ishlarini  yanada  yuqori  saviyaga  ko‘tarish,  bu  sohada  jonbozlik  ko‘rsatganlarini 

rag‘batlantirish  maqsadida,  o‘zi  hamda  manfaatdor  tashkilotlar  bilan  birgalikda 



 

 

turli  tanlovlar o‘tkazadi, mukofotlar va sovrinlar ta’sis etadi;homiylik va xayriya 



yordamlari ko‘rsatadi; 

o)o‘quv  muassasalari,  sport-texnika  tashkilotlari,  korxonalar,  inshootlar  va 

muassasalarni  qayd  etadi,  ularga  faoliyatning  u  yoki  bu  turi  bilan  shug‘ullanish 

huquqini beradi; 

p)xodimlarning  malakasini  oshirish  va  o‘quv-uslubiy  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yadi, 

tinglovchilarga malaka oshirganliklari haqida tegishli hujjatlar beradi;  

r)faoliyat  manfaatlari  nuqtai  nazaridan  huquqiy  va  jismoniy  shaxslar  bilan  mol 

ayriboshlashi shlarini amalga oshiradi, qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etishda, 

ishlab  chiqarish  masalalari  bo‘yicha  hissadorlik  jamiyatlari  tuzadi  yoki  tuzishda 

qatnashadi. 

       3.Tashkilot  tarkibiga  ommaviy-vatanparvarlik  va  sport-texnik  maqsadlarga 

ega  bo‘lgan  boshqa  jamoat  birlashmalari  va  tashkilotlari  ixtiyoriy  ravishda 

kirishlari  mumkin.Mazkur  tuzilmalarning  faoliyati  shartnomalar  asosida  amalga 

oshiriladi  va  u  mavjud  qonunchilikka  hamda  mazkur  nizomga  zid  bo‘lmasligi 

lozim.  

       Qo‘shilish  tashkilotning  nomini  o‘zgarishiga  olib  kelsa,  yohud  uning  maqsad 

mazmuniga putur yetkazilsa, bunday birlashishga yo‘l qo‘yilmaydi.  

       4.Tashkilotning asosini o‘quv, o‘quv-uslubiy, sport-texnik, sport, boshlang‘ich 

va  boshqa  tashkilotlar  tashkil  etadi.Boshlang‘ich  tashkilotlar  a’zolarning  ish  joyi, 

o‘qish  yoki  yashash  joylari  bo‘yicha  tashkil  etiladi  va  hudud  bo‘yicha 

kengashlarga  birlashtiriladi.Mazkur  hududdagi  tashkilot  a’zolarini  birlashtiruvchi 

kengash,  uning  tarkibiga  kiruvchi  barcha  bo‘g‘inlarga  nisbatan  yuqori  raxbar 

tashkilot hisoblanadi. 

        Bir  ma’muriy  hududda  tuzilgan  kengashning  boshqa  bir  hududdagi 

tashkilotlar  ustidan  rahbarlik  qilish  yohud  boshqa  shakldagi    tashqi  raxbarlikka 

yo‘l qo‘ymaydi. 

        O‘quv 

muassasalari, 

o‘quv-uslubiy,sport-texnika,sport 

va 


boshqa 

tashkilotlarning  ish  tartibi  Markaziy  kengash  tomonidan  tasdiqlangan  tegishli 




 

 

me’yoriy 



hujjatlar 

(nizom,qo‘llanma,yo‘riqnoma, 

tavsiyanoma,qoida 

va 


xokazo)billan belgilanadi. 

 


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish