O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana31.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#264793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
asosiy vositalar kirimining hisobi

1.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi 

xarajatlar tarkibi 

 

5-BHMSning  9-bandiga  muvofiq  asosiy  vositalar  dastlabki qiymati  bo’yicha 



baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki 

sotib  olish  uchun  ketgan  barcha  sarfharajatlar  qiymati,  deganda,  jumladan, 

to’langan  va  qoplanmaydigan  soliqlar,  shuningdek,  aktivlarni  ishchi  holatga 

keltirishga  bevosita  bog’liq  bo’lgan  boshqa  har  qanday  sarfharajatlar  tushuniladi. 

Yana  shuni  hisobga  olish  kerakki,  boshqa  shart-sharoitlarda  qo’shimcha  qiymat 

soligi  va  aksiya  solig’i  kabi  soliqlar  undiriladigan  soliqlar  hisoblanadi,  yani 

umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda 

hisobga  olinadi,  biroq  asosiy  vositalarni  sotib  olish  ishga  tushirishda  yuqorida 

ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi. 

Xo’jalik  yurituvchi  subektlar  amaliyetida  asosiy  vositalarning  dastlabki 

qiymati,  odatda,  ularning  korxonaga  kelib  tushishi  sabablaridan  kelib  chiqqan 

holda  belgilanadi.  Asosiy  vositalarning  korxonaga  kelib  tushishining  asosiy 

manbalari  quyidagilar:  obyektni  oldi-sotdi  shartnomasi  bo’yicha  sotib  olish; 

kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; 

tasischi  tomonidan  ustav  kapitaliga  qo’shilgan  ulush;  tekin  tushum  yoki  davlat 

subsidiyasi;  ayirboshlash;  uzoq  mudlatli  ijara  shartnomasi  moddiy-tovar  zaxirasi 

tarkibidan  o’tkazish;  qiymati  avval  belgilangan  asosiy  vositalarsa  kapital 

kiritmalar; 

Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash. 

5-BHMSning  11-bandi  haq  evaziga  olingan  asosiy  vositalarning  dastlabki 

qiymatiga  kiritilgan  quyidagi  sarflarni  belgilaydi:  shartnoma  bo’yicha  qurilish-

montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan 

summa;  asosiy  vositalarga  egalik  huquqini  olish  bilan  bog’liq  ro’yxatga  olish 

yig’imi,  davlat  bojlari  va  shunga  kabi  boshqa  to’lovlar;  bojxona  bojlari  va 

yig’imlari;  asosiy  vositalar  obektlarini  sotib  olish  bilan  bog’liq  soliqlar  va 

yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq 




 

 

axborot  va  maslahat  xizmatlari  uchun  to’lanadigan  summa;  asosiy  vositalarning 



obektlarini  yetkazib  berish    tavakkalchiligini  sug’urta  qilish  bo’yicha  harajatlar

asosiy  vositalarning  sotib  olishdagi  vositachilarga  to’lanadigan  haq;  asosiy 

vositalarni  o’rnatish,  montaj  qilish,  sozlash,  ishga  tushirishga  to’lanadigan 

harajatlar;  aktivni  maqsadli  foydalanish  uchun  ishchi  holatga  keltirish  bilan 

bevosita bog’liq boshqa harajatlar; 

5-BHMSning  12-bandiga  muvofiq  qurilish  davrida  qurilish  uchun  olingan 

uzoq  muddatli  kredit  bo’yicha  o’tkazilgan  foizlar  ishga  tushirilgan  asosiy 

vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi.Agar xo’jalik yurituvchi subekt asosiy 

vosita bilan bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli 

kredit olish bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar obyektning 

ishga  tushirilishi  xo’jalik  yoki  pudrat  usullari  bilan  amalga  oshirilganidan  qatiy 

nazar,  ishga  tushirilish  jarayoni  davomida  asosiy  vositalarning  ishga 

tushirilayotgan obyekti qiymatiga kiritilishi kerak. 

Asosiy  vositani  ishga  tushirish  yakunlangan,  ya’ni  u  foydalanishga 

topshirilgan  bo’lsa,  foiz xarajatlarini  kapitallashtirish  to’xtatiladi,  asosiy  vositalar 

obyekti  foydalanishga  berilgandan  keyin  o’tkazilgan  foizli  xarajatlaresa  xo’jalik 

yurituvchi  subektning  moliyaviy  faoliyati  bo’yicha  xarajatlar  (9610  -  «Foiz 

ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi. 

Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati 

sotib  olingan  aktiv  qiymati  kabi  tamoyil  asosida  belgilanadi,  yani  asosiy 

vositalarning ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan 

tashkil topadi. 

Agar  asosiy  vositalarning  obektlari  chet  el  valutasiga  sotib  olinsa,  u  holda 

ularning  dastlabki  qiymati  barcha  to’lanadigan  va  qoplanmaydigan  soliqlar, 

shuningdek,  aktivni  yetkazib  berish  va  montaj  qilish,  o’rnatish,  ishga  tushirish 

bo’yicha  sarflar  va  undan  maqsadli  foydalanish  uchun  ishchi  holatiga  keltirish 

bilan  bevosita  bog’liq  har  qanday  boshqa  xarajatlar  yuk  bojxona  deklaratsiyasi 

to’ldirilgan  sanaladi  O’zbekiston  Respublikasya  Markaziy  banki  belgilagan  kurs 

bo’yicha  summani  chet  el  valutasining  qiymatiga  hisoblash  yo’li  bilan  milliy 



 

 

valuta  (so’mlar)da  belgilanadi  va  buxgalteriya  hisobida  aks  ettiriladi.  Shuni  ham 



ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy-

tovar  zaxiralarini  sotib  olish  bo’yicha  kontraktlarni  tayyorlash,  ro’yxatdan 

o’tkazish  va  yopish  bilan  bog’liq  xarajatlar  va  bevosita  sotib  olish  bilan  bog’liq 

bo’lmagan  boshqa  xarajatlar  moddiy-tovar  zaxiralarining  tannarxiga  kiritilmaydi, 

balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. 

Yuqorida  bayon  qilinganidek,  asosiy  vositalarning  boshlang’ich  qiymati 

odatda 

ularning 

korxonaga 

kelib 


tushish 

sabablaridan 

kelib 

chiqib 


aniqlanadi.Quyida  asosiy  vositalarning  kelib  tushish  manbalariga  qarab,  ularning 

boshlang’ich  qiymati  shakllanishi,  yani  uni  tan  olish  uchun  maqbul  asoslar 

keltirilgan. 


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish