Populyatsiyalar dinamikasi
Populyatsiyalar ekologiyasi zararkunandalarning ko’payishini oldindan aniqlaydi
va unga qarshi kurash yo’llarini ishlab chiqadi. U turlarning kritik soni va
yashovchanligini o’rganadi. Populyatsiyadagi organizmlar sonining dinamikasi
uzoq, vaqt muddat davomida kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga
bog’liqligi aniqlanadi.
Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning tuzilishi, dinamikasini,
yoshi va jinsini o’rganishdan iborat. Chunki ular hosildorlik va ko’payish
xarakterini ko’rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish kriteriyasi bo’lib,
o’lish bilan ko’payish o’rtasidagi nisbatan belgilaydi.
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri, o’zini son jihatidan idora etishdir.
Ayni sharoitda individlar optimal sonning individlar saqlanib turilishi
populyatsiyaning gomeostazi deyiladi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki populyatsiya
guruhiy birlashma hisoblanadi. Individlar o’rtasida aloqalar bo’lishi bilan birga,
ularning yashab turgan joylari bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi,
populyatsiya uchun o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday
xususiyatlar quyidagilardan iborat: populyatsiyaning soni, zichligi, tug’ilishi,
o’lishi, populyatsiyaning o’sishi, o’sish sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar.
36
Individlarning ma’lum xududda tarqalishi, jinsi va yosh bo’yicha nisbatlari,
morfologik, fiziologik xulqi va genetik xususiyatlar populyatsiyaning tuzilmasini
ifodalaydi.
Populyatsiyadagi individlar bir—biridan yoshi, jinsi, o’zaro chatishadigan
avlodlariga hayot tsiklining turli fazalar va guruhchalarga (poda, koloniya va
boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan
tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum
xududga bog’liklik darajasi, tabiiy to’siqlarni yengib o’ta olish kabi biologik
xususiyatlari bilan belgilanadi. U doimiy emas. Populyatsiyalar ichida
organizmning o’sishi, turilishi va boshqa ko’pgina sabablarga ko’ra, ya’ni tashqi
muhitning o’zgarishi, dushmanlar sonining o’zgarishi kabi qator omillarga bog’liq
holda o’zgarish vujudga keldi.
Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli yosh va guruhlardagi erkak va urg’ochi
individlarning soni orqali ifodalanadigan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar
nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning qo’shilishiga, ya’ni genetik
qonuniyatlarga bog’liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit xam ta’sir
etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning
soni muhim ahamiyatga ega, Masalan, odamlar populyatsiyasining potentsial
o’sishi, o’smir va qariyalar emas, 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar
hisobiga to’g’ri keladi.
Populyatsiyadagi individlarning nobud bo’lishi va jinslar nisbati amaliy
ahamiyatga ega.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish jadalligi, nobud bo’lishi darajasi
va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U aniq
sharoitga qarab, har bir populyatsiya uchun turning genetik hususiyatiga bog’liq
bo’ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi.
Populyatsiyani boshqarish, foydalanish, monitoring va muhofaza vositasi bo’lib
xizmat qiladi. Chunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda kuzatiladi,
uning bir qismi olinganda u yana tiklanadi. Shuning uchun populyatsiyani
boshqarish muhofaza vositasi bo’lib xizmat qiladi. U monitoring vositasi ham,
chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak. Muhofaza qilganda esa
populyatsiyalarni muhofaza qilish orqali o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolish
mumkin.
Hozirgi vaqtda antropogen omillar ta’sirida tabiiy o’simliklar jamoasida ba’zi bir
ko’p
iste’mol
qilinadigan
dorivor
va
yem-xashak
o’simliklarining
populyatsiyalaridagi organizmlar meyorsiz foydalanish natijasida yo’qolib
ketmokda. Masalan, mollar ko’p yeydigan yem —xashak o’tlari meyorsiz
foydalanish natijasida Angren adirlari va boshqa joylarda kamayib bormoqda,
ularning joyini esa termopsisga o’xshagan mollar iste’mol qilmaydigan o’simliklar
populyatsiyasi egallamoqda. Shuning uchun foydali o’simliklar populyatsiyasini
saqlab qolishda populyatsiyalarni monitoring yo’li bilan kuzatish kerak va foydali
o’simliklar populyatsiyasining tiklanishi uchun tabiatdan meyorda foydalanish
kerak.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |