orqali uning o’zgarishining guvohi bo’lish mumkin. Bunda yashash sharoiti, organizmlar guruhi,
jamoa-ning tuzilish tarkibi va organizmlarning o’zaro munosabat xususiyatlari o’zgaradi. Natijada
biogeotsenozda avvalgidek sifat jihatdan farqlanish sezilib qoladi. Ekosistemalarning ma’lum vaqt
Jamoadagi o’zgarishlarning ikki asosiy turi ajratiladi: tsiklik va asta-sekin boradigan
o’zgarishlar. Siklik o’zgarishlar tashqi muhitning sutkalik, mavsumiy va ko’p yillik davriy
o’zgarishlarida hamda organizmlardagi endogen maromlarida namoyon bo’ladi. Jamoaning
sutkalik o’zgarishi o’simliklar va ayniqsa hayvonlar uchun taalluqlidir. Nafas olish, fotosintez,
modda almashinishining o’zgarishi, gullarning ochilishi va yumilishi kabilar, hayvonlarda esa turli
sistematik guruhdagi vakillarning sutkalik faollikning almashinib turishi, gulli o’simliklarning
changlatuvchi hasharotlarda qo’nish intensivligi, yirtqich hayvonlarning sutkaning har xil
vaqtlarida ovga chiqishi va hokazolar bunga misol bo’ladi. Jamoa uchun mavsumiy o’zgarish ham
xarakterli bo’lib, u jamoaning tashqi qiyofasi yoki ba’zi jihatlarining almashinishi bilan
ifodalanadi. Tashqi qiyofaning o’zgarishi jamoadagi hayvonlar tarkibining yoki o’simliklar
mavsumiy holatlarining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Ko’p yillik o’zgarishlar ob-havoning bir necha
yillar davomida o’zgarishi—fluktatsiya bilan bog’langan bo’lib, bunga misol qilib keng bargli
o’rmonlarda turli yillardagi mevalarning hosilini olish mumkin. Odatda, yaxshi hosil 2—4 yilda
bir marta olinadi. Mevalar hosili kam bo’lgan yillari sichqonsimon ke-miruvchilarning soni ham
kamayib ketadi. Qushlarda soyka uchun hakalak (emanning mevasi) va boshqa daraxtlarning
mevasi sevimli ozuqa hisoblanadi.
Iste’molchilarning soni kamaygan yili odatda yuqori hosil olinadi. Natijada urug’lar
yalpisiga unib chiqadi, o’rtacha yoshdagi daraxtlar ham yaxshi rivojlanadi,. chunki urug’lar bilan
oziqlanuvchi hayvonlar soni kamayib ketadi. Mo’l hosil o’z navbatida hayvonlar va qushlarning
jadal ko’payishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, yuqori hosildan bir yil keyin kemiruvchilar va
qushlar soni ortib ketadi. Ikkinchi yili esa kemiruvchilar qonini so’ruvchi kanalarning soni ortadi.
Hayvonlar soni ko’paygan yili yoki kelgusi yili hosildorlik tushib ketadi. SHuning uchun
hayvonlarning son jihatdan o’sishi to’xtaydi. SHu davrda daraxtlar mo’l hosil beradi, bu o’z
navbatida hayvonlar sonining ortishiga olib keladi.
Jamoaning asta-sekin o’zgarishlari natijasida bir jamoa ikkinchisi bilan almashinadi.
Bunday o’zgarishlarning sababi jamoaga uzoq vaqt davomida tashqaridan ma’lum bir
yo’nalishdagi omilning ta’siri natijasidir. Biotsenozlardagi bunday almashinish ekzogenetik
almashinish deb ataladi. Agarda jamoaning tuzilishi moddalashib, turlar tarkibi kamayib,
hosildorlik ham pasayib ketsa, degression almashinish kelib chiqadi. Endogenetik
almashinishlar jamoaning ichidagi o’zgarishlar natijasida paydo bo’ladi. Agarda jamoa hayot
yo’q joyda rivojlana boshlasa, birlamchi suktsessiya deb ataladi. Bir jamoaning ikkinchisi bilan
almashinishi esa ikkilamchi suktsessiya hisoblanib, bu yashash sharoitining keskin o’zgarishi yoki
jamoa tarkibida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi natijasida kelib chiqadi. Jamoaning hayot yo’q
joyda, ya’ni qurib qolgan cho’l va dengizlar, qumli yotqiziqlar, yalang’och qoyalar, tosh
shag’alli joylarda rivojlanishi uch bosqichda boradi. Hayot bo’lmagan joylarga tirik
organizmlarning kelib qolishi tasodifiy yoki substratning xususiyatlari bilan bog’liq bo’ladi.
Tasodifiy kelib qolgan ma’lum o’simlik urug’larining ushbu maydonda unib, rivojlanishi
qandaydir hayvon turlarining ham kelishiga olib keladi. Bu yerga kelib qolgan organizmlarning
hammasi ham yashab ketavermaydi. Dastlabki organizmlar o’simliklar hisoblanib,
konsumentlar o’simliklarsiz yashay olmaydi. jamoaning rivojlanishidagi bu bosqich dastlabki
bosqich deyiladi. Bu bosqich turlar tarkibining turg’un emasligi, ayrim o’simliklarning tarqoq
holda o’sishi hamda bir-birlariga yetarli ta’sir ko’rsata olmasligi bilan tavsiflanadi. Ammo tashqi
muhit bilan bo’lgan aloqa va unga ta’sir etish kabilar ma’lum darajada amalga oshadi. Dastlabki
bosqichdagi jamoaning o’zgarishi o’simliklarning vegetativ yoki urug’ yordamida ko’payishi,
yangilanishi bilan boshlanadi. Ana shu vaqtda hayvonlar ham ko’paya boshlaydi.
YOSH
individlar
egallagan maydon kengayadi, o’simliklar qoplamida ma’lum turlardan iborat hududlar hosil
bo’ladi. Jamoaning tarkibini shu davrda ham barqaror deb bo’lmaydi. Yangi turlarning kelib
qo’shilishi davom etadi. Jamoaning tuzilmasi ancha sodda, ammo jamoada turlar o’rtasidagi
raqobat ma’lum darajada rolь o’ynaydi. Jamoaning ushbu bosqichi guruhlanish deb ataladi.
Nihoyat organizmlarning birgalikda hayot kechirishi ekologik differentsiatsiyaning shakllanishiga
olib keladi. Yorug’sevar o’simliklar tagida soyasevar o’simliklar o’sa boshlaydi, har xil tartibdagi
konsumentlar kelishi natijasida ancha murakkab ozuqa zanjirlari va konsortsiyalar vujudga keladi,
turlar tarkibi barqarorlashadi. O’simlik va hayvonlarning jamoada bunday rivojlanish bosqichi
shakllangan jamoa deb ataladi. Keyinchalik jamoaning rivojlanishi yanada ham tashqi muhit bilan
bog’laigan munosabatlar uyg’unligi bilan davom etadi. Jamoaning tashqi muhit bilan uyg’unligi
chet el adabiyotlarida klimaks deb ataladi.
Ikkilamchi suktsessiyalar jamoaning asta-sekin tashqi muhitga ta’sir etib uni o’zgartirishi
yoki to’g’ridan-to’g’ri tashqi taassurotlar natijasida kelib chiqishi mumkin. Tashqi taassurotlar
natijasida almashinish o’z-o’zidan yoki to’satdan bo’lishi mumkin. U iqlim, tuproq, tirik
organizmlar va yong’in hamda inson ta’siri kabilar bilan bog’lanishi mumkin. Asta-sekin
o’zgaruvchi ikkilamchi suktsessiyalarga misol qilib suv havzasining o’t bosishi, dasht jamoasining
o’rmon bilan almashinishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jamoaning to’satdan almashinishi har xil
xarakterdagi halokatli ta’sirlar natijasida sodir bo’ladi. Bular suv bosish, surilish, yong’in, yerni
haydab yuborish, o’rmonlarni kesish va hokazolardir. To’satdan jamoaning almashinishi
turlarning halok bo’lishi va uning keyinchalik asta-sekin tiklanishida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: