Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga kasbiy shakllanish
tarixi haqida tushuncha berish, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o’rnini
aniqlash. «Shaxsning shakllanishi»ni ta’riflash. «shaxsni loyihalash»
Identiv o’quv maqsadlari. 1. Kasbiy shakllanish tarixi haqida tushuncha beradi.
2. Shaxsning shakllanishida tarbiyaning o’rnini aniqlaydi.
3.«Shaxsning shakllanishi»ni ta’riflaydi.
4. «Shaxsni loyihalash»ni o’rgatadi.
2- savolning bayoni Kasbiy shakllanish tarixi. Shaxsning shakllanishi uning jamoaga qo’shilganligi sharoitlarida ro’y
beradi. A. S. Makarenko ta’kidlaganidek, shaxs yuksak darajada rivojlangan
guruhdan iborat va shaxsning qimmatli fazilatlarini shakllantirish uchun eng
qulay sharoitlarga ega bo’lgan jamoada va jamoa vositasida rivojlanadi.
Individning shaxs bo’lish, yangi jamiyatni qurishning faol ishtirokchisi bo’lish
kabi ehtiyoji aynan jamoadagina to’laqonli qondiriladi.
Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo’naltirilgan tarzda ta’sir
o’tkazish - tarbiyada etakchi rol o’ynaydi. Tarbiya shaxsning rivojlantirilishini
jamiyat tomonidan qo’yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo’naltirib boradi va
uyushtiradi. Shu bilan birga tarbiya bola hayoti va faoliyatini muayyan tarzda
uyushtirib va tartibga solib qolmasdan, balki mavjud pedagogik printsiplarga
binoan konkret shaxs imkoniyatlarini eng yaxshi darajada ko’rsatadigan
rivojlanishning maxsus muhitini, yoxud vaziyatini vujudga keltiradi, uni
shakllantirgan va yo’naltirib borgan holda faolligini namoyon qilish uchun
shart-sharoit yaratadi.
«Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma’noda qo’llaniladi. Birinchisi -
shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish tushunchasi
jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Shu ma’nodagi shaxsni shakllantirish
tushunchasi psixologik tadqiqot mavzusi hisoblanadi. Uning vazifasi biror
maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta’sirlar otkazish sharoitida rivojlanayotgan
shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud bolgan, tajriba qoli bilan aniqlanadigan,
namoyon boladigan) va nimalar bolishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir.
Bu shaxsning shakllanishiga nisbatan xususan psixologik yondashuv
hisoblanadi.
Ikkinchi ma’nosi - shaxsni maqsadga qonaltirilgan tarzda tarbiyalash
sifatidagi shakllantirish (agar shunday deb aytish mumkin bolsa, «qolipga
solish», «yasash», «tuzash»; A. S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni
loyihalash» deb atagan. Xususan bu shaxsni shakllantirish vazifalari va
usullarini ajratib olishga pedagogik yondashuvdir. Pedagogik yondashuv
shaxsning jamiyat unga qhyayotgan ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan talablarga
javob beradigan bo’lishi uchun unda nimalar va qanday qilib shakllantirilishi
kerakligini aniqlash zarur deb hisoblaydi.