Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsni tevarak-atrofdagi ijtimoiy
muhitning bevosita ta’siri natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblaydi.
Bunda ham xuddi biogenetik kontseptsiyadagi kabi rivojlanib borayotgan
kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning tevarak-atrofdagi
vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust rol o’ynashigina mumkin deb
hisoblanadi. Agar sotsiogenetik kontseptsiyaga amal qilinadigan bo’lsa, nima
uchun ba’zi vaqtlarda bir xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar etishib
chiqishini tushuntirib bo’lmaydi.
30
30
Do'stlaringiz bilan baham: |