Ixtiyoriy (irodaviy) esda olib qolish eng samarali va puxta esda qoldirish-
dir. Bunda esda olib qolish maqsadini ko’zda tutishning esda olib qolish lozim
bo’lgan materialni tanlashning o’ziyoq uni eng samarali yo’sinda esda
qoldirishga sabab bo’ladi. Esda olib qolishda ma’lum materialni xotirada
qoldirish zarur va kerak ekanini tushunish ahamiyatga egadir. Esda olib
qolishga jazm qilish, maqsadni ko’zlash, kerak materialni tanlash, motivatsiya
(nima maqsad bilan esda qoldirish kerakligini bilish) — bularning hammasi
tafakkur faoliyati bilan bog’liq bo’ladi. Shu sababli ixtiyoriy esda qoldirish
asosan ma’nosiga tushunib, ongli va binobarin, eng unumli ravishda esda
qoldirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |