To’rttinchi pardada rang- barang ashulaviy-raqs syuitasi ahamiyatli o’rin
egallaydi. «Vozle reki, na lujochke» - vazmin xor qo’shig’i. «Gayduchok»-
sho’x raqs qo’shig’i , va «Pli’vyot, pli’vyot lebyodushka» kabi muborakbod
etish, ulug’lash qo’shig’i- barisi rus xalq kuylariga asoslangan. Shuningdek, bu
ko’rinish ichiga «Plyaski persidok» ya‘ni «Fors qizlar raqslari» kiritilgan. Ushbu
raqs nomeri sharq usulida yangraydi. IV pardaning ikkinchi ko’rinishi
Marfaning bashoratiga asoslangan orkestr kirishidan boshlanadi. Marfaning
«Vidno, ti’ ne chuyal knyaje», Andreyga yo’llangan murojaati qizg’in
sevadigan jonning dod-faryodini ifodalaydi. Qatl sahnasida o’q otarlar xorning
kuyi motam marsh fe’lini kasb etadi. IV parda preobrajen askarlarning G’alaba
marshi bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |