Torli cholg’ular va fortepiano uchun kvintet, 2 ta torli kvartet, yoki fortepiano
34
Modest Petrovich Musorgskiy
Rus kompozitori, «Qudratli to’da» ishtirokchilaridan biri, Musorgskiy o’z
ijodida realistik va xalqchillik tamoillarini aks ettirgan hamda XIX asr 60-
yillarida musiqada revolyutsion-demokratik g’oyalarni dadil va izchillik bilan
ifodalay olgan taniqli kompozitorlardan hisoblanadi.
Modest Petrovich Musorgskiy 1839- yil mart oyida Pskov guberniyasi,
Toropets uyezdi, Karevo qishlog’ida tug’ildi. Otasi unga fortepianoda
dastlabki musiqa mashg’ulotlarini o’rgatdi.
1849- yilda uni akasi bilan birgalikda Peterburgga olib keldi va
Petropavlovsk maktabiga o’qishga berdi.
O’n yoshli Musorgskiy o’sha davrning mashhur fortepiano muallimi
A.Gerkedan darslar oldi .
Modest 1852- yilda gvardiya podpraporshiklari maktabida o’qiy boshladi.
Ammo musiqa mashg’ulotlarini ham davom ettiraverdi va o’n uch yoshida
birinchi ijodi- “Polkani” yozdi.
1856- yilda Preobrajen polki ofitserlar maktabida o’qiydi. Bunda ham
bo’lajak kompozitor, musiqa bilan shug’ullanishni davom ettirdi. Shu davrda u
qadimgi yunon katolik dini va cherkov musiqasi bilan qisman tanishishga
muyassar bo’ldi.
Musorgskiy 1856- yilda Borodin va Dargomijskiy bilan tanishdi. 1856–
1857 yillar davomida Dargomijskiy uyida ayrim musiqa ishqibozlari
to’planishar va asosan Glinka, qisman Dargomijskiy asarlarini ijro etishar va
bahslashar edi. Bu to’garakka Musorgskiy ham qatnashadigan bo’ldi, bu yerda
u dastlab Kyui, so’ngra Balakirev bilan tanishdi.
Shu narsa ma’lumki Musorgskiy muallimi A.Gerkedan fortepianoda
chalishdan boshqa hech narsaga o’rganmagandi, shu sababdan u garmoniya,
polifoniya, musiqa ijodi qoidalari va instrumentovkadan mutlaqo xabarsiz edi.
Lekin u o’z ilmiy saviyasini oshirish ustida tinmay ishladi, Balakirevdan
musiqa shakllarini o’rgandi. 1858- yilda ikkita skertso va bir qancha romanslar
yozdi. Sofoklning «Shoh Edip» tragediyasiga musiqa yozishni maqsad qilib
qo’ydi, ammo bu orzusi amalga oshmadi.
Musorgskiyning harbiy xizmatda bo’lishi uning musiqa mashg’ulotlari va
ijodiga tobora ko’proq xalaqit bera boshladi, istagan rejalari amalga oshmadi
va nihoyat 1859- yilda u preobrajen polki xizmatidan iste’foga chiqdi.
Musorgskiy 1863 –1864 yillar mobaynida Floberning sharq koloriti
tasvirlangan «Salambo» romani asosida opera yozishga kirishdi, ammo bu
35
opera ham tugatilmay qoldi. Lekin shunga qaramasdan oradan o’n yil
o’tgandan keyin, bu tugallanmagan operaning ko’pchilik nomerlari uning
mashhur «Boris Godunov» operasiga kiritilgan edi.
1865- yilda kompozitorning onasi vafot etdi. U qattiq qayg’urdi va
fortepiano uchun ikkita pyesa: «Buvim va men», «Birinchi tanbeh», «Yot,
uxla, dehqon o’g’li» nomli allani yozadi.
Kompozitornning 1865-yilda yozgan yorqin obrazli romanslaridan biri
«Savishna» romansi bo’ldi. Oradan bir yil o’tgach, 1866 yilda birin-ketin
ijodkorning xilma-xil mavzulardagi vokal asarlari: «Gopak (Shevchenko
she’ri)», «Orzu» (Geyne she’ri), «Seminarist» (Musorgskiy she’ri). 1867- yilda
«Qo’ziqorin terish» va «Yahudiy qo’shig’i» (Mey she’ri), «Bazm» (Koltsov
she’ri),«Echki», «Shumbola», «Klassik» va «Yetimcha» (Musorgskiy she’ri),
«Bolalar qo’shig’i» (Mey she’ri), «Yeryomushka allasi» (Nekrasov she’ri) va
boshqalar yaratildi.
Musorgskiy shu davrda birgina qo’shiq ijodi bilan chegaralanib qolmaydi. U
xor va orkestr uchun «Sennaxerbning yengilishi» nomli asarni (Bayron she’ri),
«Noch na lisoy gore»(«Kal tog’idagi tun») simfonik asarini yaratdi.
1869- yilda kompozitor Gogolning «Uylanish» komediyasi asosida opera
yozdi.
Musorgskiy ijodida ham, Dargomijskiy ijodidagi kabi, dehqonlarning
mudhish hayoti, tengsizlik, ochlik, yalang’ochlikka norozilik mavzulari asosiy
o’rin egallay boshlaydi. Bu mavzu dastlab uning vokal ijodlari: «Kalistrat»,
«Yeryomushka allasi» singarilarda namoyon bo’lsa, so’ngra uning ikkita
mashhur asarlari-«Boris Godunov» va «Xovanshina» operalarida g’oyat zo’r
kuch bilan tasvirlanadi. Musorgskiy bu operalarida Glinka «Ivan Susanin»
operasida boshlab bergan an’anaga amal qilib, yangi opera janri-xalq musiqali
dramalarini yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bu operalarda xalq faol ishtirokchi
shaxsdir. Shu sababdan ham operalarda xalq obrazlarini ifodalaydigan xor
sahnalariga katta o’rin berilgan.
Tarixchi V.Nikolskiy Pushkinning «Boris Godunov» tragediyasi asosida
opera yozishni Musorgskiyga maslahat bergan edi. Bu fikr kompozitor
diqqatini o’ziga tezda jalb qiladi va operani yozishga kirishib, uni ikki yil –
1868-1870 yilda yozib tugatdi. Ammo teatr rahbarlari asarda sevgi intrigalari
va xotin-qizlar roli yo’qligini bahona qilib uni qabul qilmadilar. Kompozitor
asarni qaytadan ishlab, unga «Polsha sahnasi», Marina Mnishek obrazi va
«Kroma» sahnasini kiritdi hamda 1872- yilda operani batamom yozib tugatdi.
36
«Boris Godunov» operasida dramatik ziddiyatlarni musiqa vositasida
ishontirarli va haqqoniy qilib tasvirlashda vokal partiyalarining rechitativligi
va voqealarni to’xtovsiz musiqaviy rivoji muhim rol o’ynaydi.
«Boris Godunov» operasi birinchi marta 1874- yilda Peterburgdagi Mariin
teatrida sahnaga qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: