Unli tovushlar va ularning tasnifi
Har bir til o‗zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi. O‗zbek
tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o‘, e) uch tomondan tasnif qilinadi:
1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra.
Og‗iz bo‗shlig‗ida eng faol organ tildir. U unli tovushlarni talaffuz qilishda oldinga (tish
yoki milkka tomon) va orqaga qarab harakat qiladi. Tilning bu harakati gorizontal
harakat hisoblanadi. Shuning uchun unlilar tilning gorizontal harakatiga ko‗ra ikki
guruhga bo‗linadi:
1) old qator unlilar: a, e, i;
2) orqa qator unlilar: o, o‘, u.
Do'stlaringiz bilan baham: |