Nutq tovushlarining tasnifi
Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar. Bular quyidagicha
farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil bo‗lishida o‗pkadan chiqayotgan havo og‗iz
bo‗shlig‗ida hech qanday to‗siqqa uchramasdan o‗tadi, undosh tovushlarni hosil qilishda
esa o‗pkadan chiqayotgan havo og‗iz bo‗shlig‗ida turli to‗siqlarga uchraydi va buning
natijasida shovqin hosil bo‗ladi; 2) unli tovushlarni cho‗zib talaffuz qilish mumkin,
undoshlarni esa cho‗zib talaffuz qilib bo‗lmaydi; 3) unli tovushlar talaffuzida tovush
paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa tovush paychalari titrashi ham
(jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |