Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

Odam organizmining tuzilishi 
Odam organizmining tuzilishi haqida bir necha xil fikrlar mavjud: 
Mexanistik materializm organizmga a’zolarning (D.Morgani), to’qimalarning 
(K.Bisha) yoki hujayralarning (R.Virxov) yig’indisi sifatida qaraydi.
Nemis olimi R.Virxov organizmni hujayralarning fedarativ davlatiga 
o’xshatadi va bunda har bir hujayra fedaratsiyasi alohida yashashi mumkin 
deydi. Organizmni ayrim qismlarini bunday ajratish metafizika, alohida hujayra 
qismlarini alohida yashay olish xususiyatini vitalizm (vita-hayot) deyiladi.
Organizm bu o’zini o’ragan tashqi muhit bilan modda almashinish, o’sish 
va ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan yuqori tabaqadagi oqsil moddalarning 
murakkab yig’indisidar. U tarixiy tuzilishga ega bir butun, har doim o’zgarib 
turuvchi, o’ziga xos tuzilishga va taraqqiyotga ega tizimdir. Organizm ma’lum 
bir tashqi muhitning ma’lum bir sharoitlariga moslashgan holda yashaydi.
Organizm- hujayralar, to’qimalar, a’zolar, suyuq moddalardan

tuzilgan bir butun tizimdir. Organizmning tarkibiy qismlarini bir tomondan 
tomirlarda harakat qiluvchi suyuqlik (humor) bir-biriga bog’lab tursa, ikkinchi 
tomondan nerv tizimi bir-biriga bog’laydi va ularning faoliyatini tartibga solib 
idora etadi.
Hujayra- bu tirik organizmning elimentar zarrachasi bo’lib, hayotning 
asosiy xususiyatlari: ko’payish, modda almashinish va boshqalar shu hujayralar 
tarkibiga kiruvchi oqsillar ishtirokida bo’ladi. Hujayralar orasida hujayralararo 
modda joylashgan bo’lib, ular suyuq, liqildoq va zich holatdagi asosiy modda va 


turli tolalardan iborat. Hujayralar mikroskopik hosila bo’lib, uning kattaligi bir 
necha mikrondan 200 mkmgacha bo’ladi. Hujayralar murakkab tuzilishga ega. 
Ular tsitoplazma qobig’i, tsitoplazma va o’zakdan tashkil topgan. Hujayra 
haqidagi to’liq ma’lumot gistologiya fanida beriladi.
To’qimalar- bu kelib chiqishi, tuzilishi va faoliyati jihatidan bir xil 
bo’lgan hujayra va hujayradan tashqari moddalarning tarixan tashkil topgan 
yig’indisidan iborat. Organizmda 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi, mushak va nerv 
to’qima tafovut qilinadi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish