6-mavzu:
Testlash va tekshirish jarayonini xujjatlashtirish, kuzatish. Texnologik
jarayonlar. Tekshirish rejasi va strategiyasi.
1. Testlash va verifikatsiya jarayonini kuzatish.
2. Verifikatsiya jarayoninng texnologiyasi va loyihadagi roli.
3. Verifikatsiyaning strategiyasi va rejasi.
Ixtyoriy murakkab dasturiy tizimni yaratish loyixasi ustida ishlanganda katta
miqdordagi loyixa xujjatlari yaratiladi. Uning asosiy vazifasi – bir biriga bog‟liq
bo‟lgan katta miqdordagi ishlab chiquvchilarning tizimni boshlang‟ich ishlab chiqish
jarayoni, modifikatsiya qilish jarayoni, kuzatish jarayonining uzoq yoki qisqa davomli
vaqt oralig‟idagi xarakatidir. Loyixa xujjatining tuzilmaviy qismi ko‟pgina
loyixalarda bir xil – bu tizimning xar xil bosqichidagi (tizimli, funktsional va
tuzilmaviy) talablardan, uning arxitektirasi xaqidagi ma‟lumot, dastur kodi, testi va
xujjatlaridan, hamda o‟rnatish jarayonini(yuklash bo‟yicha qo‟llanma, sozlash,
foydalanuvchi uchun qo‟llanma) kuzatishdan iborat.
Dasturiy tizimning verifikatsiya jarayoni (optimistik xollarda) etarli darajada katta
bo‟lgan ishlab chiquvchilar kollektiv tomonidan ishlab chiqiluvchi xayot tsikli
davomida bajariladi. Testlash jarayonida esa testlash xujjatlari yaratiladi. Uning
asosiy vazifasi – belgilangan sifat bahosiga mos keluvchi testlashni, hamda tizimning
barcha aspektlari(qarashlari) ni testlashni bajarishda kafolatni ta‟minlash orqali har xil
bosqichdagi testlovchilarning xarakatini sinxronizatsiya qilishdir. Bundan tashqari
testlash xujjati tizimning yangi funksional xolati eski xolati kabi aniq
ishlayotganligini tekshirish uchun o‟zgartirishlarda ishlatiladi.
Testlash rejasi – tashkiliy xujjat bo‟lib, aniq keltirilgan loyixada teslash qanday
bajarilishi bo‟yicha talablardan iborat bo‟ladi. Unda verifikatsiya va ishlab chiqish
jarayoni mosligi bo‟yicha umumiy yondashuv aniqlanadi, verifikatsiyani amalga oshirish
metodikasi, testlash xujjatlar tarkibi va uning verifikatsiyaning turli xil bosqichlaridagi
ishlab chiquvchilar xujjatlari bilan bog‟liqligi, testlashda ishlatiladigan barcha kerakli
bo‟lgan ma‟lumotlarni bajaruvchi testlovchilarning turli xil rollari va kvalifikatsiyalari,
testlash asboblari va stendlariga bo‟lgan talablar aniqlanadi, xavf-xatar baholanadi va
ularni bartaraf etish yo‟llariga o‟tiladi.
Ushbu xujjatda testlash xujjatiga ya‟ni test-talablar, test-reja, testlash bo‟yicha
xisobotga tegishli talablar xam aniqlanadi.
Bu talablarga mos ravishda tizimli va funktsional talablar bo‟yicha testlovchilar
test-talablarini – tizimning qaysi bir aspektlari testlangan bo‟lishi kerakligi xaqidagi
xujjatlar ishlab chiqadi. Arxitektura asosida esa quyi darajadagi test-talablar ya‟ni
testlanishi kerak bo‟lgan aniq dasturiy tizim aspektlari ishlab chiqiladi.
Test-talablarining asosida testlovchilar test-talablarning testlanishi kerak
bo‟lganligi xaqidagi to‟liq beriluvchi xujjatni ya‟ni test-rejani ishlab chiqadi.
Test-talablari va ishlab chiquvchilarning loyixa xujjatlari asosida testlash muxiti,
testning aniq bajarilishi uchun zarur bo‟lgan testlash stendlari – drayverlar, fayllar va
boshqalar yaratiladi.
Tizimga o‟zgarish xisobotlarni to‟liq o‟rganib chiqilgandan va talablarga mos
bo‟lmagan muammolar lokalizatsiyalashdan so‟ng kiritiladi. O‟zgartirish jarayoni
nazoratdan chiqib ketmasligi va ixtiyoriy o‟zgartirish protokollashtirilganligi
(muammolarni aniqlovchi testlar bilan bog‟langan) uchun tizim o‟zgartirilishi xaqida
so‟rov yaratiladi. Testlash jarayoni o‟zgartirish bo‟yicha so‟rovlar barcha ishlar
bajarilgandan so‟ng dasturiy tizimning sifatli bosqichiga etgunga qadar takrorlanadi.
SHuni ta‟kidlash lozimki, barcha xujjatlar unikal identifikatorga ega bo‟lishi va
loyixa xujjatlari joylashgan yagona bazada saqlanishi kerak. Bu testlash jarayoning
boshqaruvchanligini saqlab qolish imkonin beradi va ishlab chiqiluvchi tizim sifatini
ta‟minlaydi. Eng yomoni xisobot yo‟qligi va ishlab chiquvchiga yetib kelmaganligi
tufayli topilgan xatoliklar to‟g‟rilanmasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: