Dastur kodini tahlil qilish
Ko‟p hollarda tizimni to‟liqligicha testlash mumkin emas. Dastur kodining
alohida qismlari hech qachon bajarilmasligi mumkin. Bunday holatlarda ularga talablar
qo‟yiladi. Masalan, kodning ma‟lum qismi istisnoli holatlarni ishlab chiqishga hizmat
qiladi. Agar 2 ta modul(qism) bir-biriga sonli qiymatlarni yuborsa, qiymatning
to‟g‟rilikni tekshiruvchi funksiya 2 ta modul uchun ham ishlaydi, ammo qabul qilish
modulini tekshiruvchi funksiya hech qachon aktivlashtirilmaydi, chunki barcha xato
qiymatlar yuborilayotganda qirqib tashlanadi. Bunday holatlarda dasturiy kodining
to‟g‟riligini qo‟lda tahlil qilish ishi bajariladi, bu ham kodni ko‟zdan kechirish yoki
tekshirish deb nomlanadi. Agar tekshiruv natijasida muammoli qismlarga duch kelinsa.
Bu xabar oddiy test natijalari bilan birga to‟g‟rilash uchun ishlab chiquvchiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |