Testlash modeli
Testlash modeli dasturiy ta‟minot verifikatsiyasining klassik metodlaridan farq
qiladi. Avvalo, testlash ob‟ekti bu bir sistema emas, balki uning bir modeli ya‟ni formal
vositalar bilan loyihalangan qismidir. Agar modelning to‟g‟riligini va ishlashi tekshirilsa,
testlovchi etarli darajada tizimning umumiy yaxlitligini tahlil qilinuvchi mustahkam
vositaga ega bo‟ladi. Bu model bilan ishlaganda real tizim uchun testlash laboratoriyasini
yaratib bo‟lmaydigan holatni ham amalga oshirish mumkin. Bu model orqali tizimning
dasturiy kodi uning hususiyatlarini va algoritmning optimalligi yoki mustahkamligini
ta‟minlovchi tizim parametrlarini tahlil qilishi mumkin. Ammo testlash modelida bir
qancha istisnolar mavjud, bular tizim aloqasi, algoritmik va matematik qurilmalarning
etarli darajada ishlashining ta‟minlanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |