Ekologik audit o’tkazish umumiy rejasining namunaviy ko’rinishi
1
Tekshirilayotgan tashkilot
Audit davri
Kishi/soat o’lchovi
Auditorlik guruhi rahbari
Auditorlik guruhi tarkibi
Rejalashtirilayotgan auditorlik xatlari
Rejalashtirilayotgan moddiylik darajasi
№
REJALAShTIRILAYoTGAN ISh TURLARI
Vaqt sarfi,
soat
Bajaruvchi
Izoh
1
Korxonaning ekologik pasportini o’rganib chiqish
2
Korxona uchun belgilangan ekologik me’yorlar
bilan tanishish va ularning bajarilishini tekshirish
3
Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan asosiy
vositalarning mavjudligi va holatini tekshirish
4
Korxonada chiqadigan chiqindilarni hisobga olish
tartibi bilan tanishish
5
Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan
xarajatlardan foydalanish samaradorligini aniqlash
6
Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq soliqlarni
hisobga olish va hisobotda aks ettirish to’g’riligini
tekshirish
Auditorlik tashkiloti rahbari:
Auditorlik guruhi rahbari:
598
Tekshirilayotgan tashkilot
Ekologik audit davri
Kishi-soatlar soni
Auditorlik guruhi rahbari
Auditorlik guruhi tarkibi
Rejalashtirilayotgan auditorlik
xatlari
Rejalashtirilayotgan moddiylik
(muhimlik) darajasi
Auditorlik tekshiruvi xulosasi va
xisobotning ishchi va hisobot tili:
Tekshiruv natijalari taqdim
qilinadigan tashkilotlar nomi:
№
AUDIT BO’LIMLARI BO’YIChA EKOLOGIK
AUDITORLIK TADBIRLARI RO’YHATI
Vaqt sarfi,
soat
Bajaruvchi
Izoh
1
Korxonaning ekologik pasportini o’rganib chiqish
1.1 Ekologik pasport qachon olgan?
1.2 Unga oxirgi o’zgartirish qachon kirilgan?
va hokazo
2
Korxona uchun belgilangan ekologik me’yorlar
bilan tanishish va ularning bajarilishini tekshirish
2.1
Erdan foydalanish bo’yicha qanday me’yorlar
o’rnatilgan?
2.2
Suv resurslaridan foydalanish bo’yicha qanday
me’yorlar o’rnatilgan?
3
Tabiatni muhofaza qilishga mo’ljallangan asosiy
vositalarning mavjudligi va holatini tekshirish
3.1 Asosiy vositalarining qiymati qancha?
3.2
Asosiy vositalarining eskirish
koeffitsienti qanday?
4
Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq soliqlarni
hisobga olish va hisobotda aks ettirish to’g’riligini
tekshirish
4.1
Shu borada korxona qanday soliqlar to’lovchisi
hisoblanadi?
4.2 Soliqlar turlari bo’yicha to’g’ri hisoblanganmi?
Auditorlik tashkiloti rahbari:
Auditorlik guruhi rahbari:
599
Ekologik audit dasturi auditor assistentlari va xali etarli darajada amaliy ish
tajribasiga ega bo’lmagan auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi
va bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari
uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
Ekologik audit o’tkazish dasturining xar bir bo’lim bo’yicha auditorning
ishchi xajjatlarida rasman aks ettirilgan ma’lumotlar yakuniy auditorlik hisoboti va
xulosasini tuzish uchun shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekologik
holati to’g’risida auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib
hisoblanadi.
Ekologik audit tekshiruvi yakuniga ko’ra auditor tekshirilgan ob’ekt bo’yicha
asosli fikr bildirishi uchun etarli miqdorda sifatdi auditorlik dalillariga ega
bo’lishligi lozim. Audit amaliyotida “Auditorlik dalili” deb auditor tomonidan
tekshiruv ob’ekti bo’yicha o’z fikrini asoslash uchun tanlab olingan axborotlar
yig’indisiga aytiladi. Auditorlik dalillari tekshiruv ob’ektiga tegishli bo’lgan
quyidagi manbalardan olinishi mumkin:
-korxonaning ta’sis xajjatlari;
-dastlab xujjatlar;
-buxgalteriya hisobining registrlari;
-korxona faoliyatining taxliliy natijalari;
-moliyaviy hisobt ma’lumotlari;
-mijozga xuquqiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan ma’lumotlar;
-mijozga sug’urta xazmati ko’rsatuvchi tashkilotdan olingan ma’lumotlar;
-uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlar;
-ekspertiza va lobaratoriya tahlili ma’lumotlari;
-korxona xodimlaridan olingan yozma va og’zaki tushuntirishlar va x.k.
Auditorlik dalillari ma’lumot sifat talablariga javob berishi lozim. Ular
avvalambor tekshirilayotgan ob’ektga ta’luqli bo’lishi, voqelik bilan tasdiqlangan
hamda ishonchla bo’lishi lozim. Xalqaro audit andozalarida bu holat “etarlilik” va
“mos tushish” kabi tushunchalar bilan tavsiflanadi.
Etarlilik va mos kelishlik ichki nazorat testlari va muhimlikni tekshirish
tadbirlari asosida olingan auditor dalillariga aloqador bo’lgan va bir-biri bilan
bog’liq bo’lgan tushunchalardir. Etarlilik – auditor dalillarining miqdor
ko’rsatgichidir. Mos kelishlik aniq fikrlar (da’volar) uchun dalillarning sifati va
ahamiyatining, shuningdek bu dalillar ishonchliligining ko’rsatgichidar. Auditorlik
dalillari ishonarli tusda bo’lishi lozim va ko’p hollarda auditor ayrim shubhalarini
tasdiqlash uchun turli manbalardan turli dalillarni olishi lozim bo’ladi.
600
Ekologik audit tekshiruvi jarayonida xujjat bilan tasdiqlanuvchi dalilga ega bo’lish
katta ahamiyatga ega. Lekin bu degani og’zaki dalillardan foydalanmaslik lozim
degani emas. Og’zaki dalillar o’z navbatida ekologik audit tekshiruvi yo’nalishini
belgilash yoki unga tuzatishlar kiritish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekoauditor dalillarining ishonchliligi ichki va tashqi manbaning ta’siriga,
shuning uning tusiga: ko’rgazmali, xajjtli yoki og’zaki ko’rinishda bo’lishiga
bog’liq bo’ladi. Ekoauditor dalillarining ishonchliligi shu dalillar olingan vaziyatga
bog’liq ekan, demak auditor dalillarining ishonchliligiga baho berishda quyidagi
umumlashmalardan foydalanishi mumkin:
-tashqi auditor dalillari (uchinchi tomondan olingan axborot) ichki auditor
dalillariga nisbatan ishonchliroqdir;
-ichki auditor dalillari tegishli ekologik hisob va ichki ekologik nazorat
tizimi samarali ishlayotgan bo’lsa, ancha ishonchliroqdir;
-ekoauditorning o’zi olgan dalillar mijozdan olingan dalillarga nasbatan
ishonchliroqdir;
-yozma shakldagi auditor dalillari og’zaki shakldagi dalillarga nisbatan
ishonchliroqdir.
Tegishli tarzda olingan va ish xujjatlarida aks etgan auditor dalillari
tekshirilayotgan ekologik hisobot xususida to’g’ri fikrning shakllanishi ta’minlaydi
va ekoauditorga o’z xulosalarini asoslab berishga xizmat qiladi. Ekologik auditni
o’tkazish jarayoni ekologik hisobotni tekshirish chog’ida olinadigan dalillarni
xajmini, xarakterini hamda bu dalillarni olishga doir tadbirlarni belgilab beruvchi
asosiy qoidalarni ko’rsatishdan iborat.
Auditor bir yoki bir necha tadbirlar: o’rganish, kuzatish, so’rab-surishtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |