va tasdiqlash, hisoblash va tahliliy sharx yordamida tekshiruv ob’ekti bo’yicha
zaruriy dalillarni oladi. U auditor dalillarini samaraliroq yig’ishni ko’zda tutuvchi
tekshirish rejasida zarur ma’lumotlarni to’plash uchun qanday tadbirlarni qancha
miqdorda va xajmda amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim. Auditor tekshiruv
dasturida korxonaning ekologiya bilan bog’liq u yoki bu yo’nalishini qaysi usullar
yordamida tekshiruvdan o’tkazishini avvaldan rejalashtirib oladi.
O’rganish yozuvlar, xujjatlar, moddiy aktivlarni tadqiq etishdan iborat.
Yozuvlarni va xujjatlarni o’rganish auditor dalillarini olishga imkon beradi. Bu
dalillar tusiga, olingan manbaiga, ichki ekologik nazoratning samaradorligiga
qarab turli ishonchlilik darajasiga ega bo’ladi.
Kuzatish mijoz xodimlari bajarayotgan tadbirlarni, amalga oshirayotgan
jarayonlarni ko’zdan kechirish, jumladan mijozning turli ekologik aktivlarni
ro’yxatga olishda ishtirok etishdan iborat. Bu o’rinda atrof muhitni himoya qilish
vositalari, ya’ni qurilmalarni ro’yxatga olish jarayonini kuzatishga balansdagi
aktivlar moddalari va xo’jalik muomalalarini o’tkazish hollarining haqiqiyligi va
aniqligi to’g’risida qimmatli va ishonchli dallilarini olish usuli deb qaramoq lozim.
Ro’yxatga olishda ishtirok etish yoki bu ishni amalga oshirishni kuzatib turish
579
mijozning ekologik nazorat tizimi tashkil etilishini to’g’ri baholashga yordam
beradi.
So’rab bilish xo’jalik sub’ekti ichida yoki uning tashqarisida vakolatli
shaxslarning tegishli axborotini o’rganishdan iborat. So’rash uchinchi tomonlarga
yuboriladigan rasmiy yozma so’rovdan, xo’jalik sub’ekti ichidagi shaxslardan
norasmiy ravishda og’zaki so’rab-surishtirishgacha turlicha bo’lishi mumkin.
Og’zaki so’rab bilish uchun turli muammolar bo’yicha savollar ro’yxati oldindan
tayyorlanishi mumkin. Masalan, korxonani atrof muhitga chiqarayotgan zararli
moddalar xarakatini hisobga olishga, suv rusurslarini ifloslanishi va atmosferani
buzilishiga doir savollar tayyorlanishi mumkin. Savollarga berilgan javoblar
ekoauditorga ilgari unda bo’lmagan axborotlarni berishi yoki ekoauditor dalillarini
tasdiqlashi mumkin.
Mavjud yozuvlardagi axborotga ishonch xosil qilish uchun uni tasdiqlashga
taqdim etiladi. Masalan, odatda ekoauditor bevosita bog’liq shaxslar bilan
muloqatda bo’lib, ekologik hisobotdagi ma’lumotlarni tasdiqlashni so’raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |