2. Ekologik auditning ahamiyati va mohiyati.
Korxonalarda ekologik menejmentni joriy qilish ular tomonidan amalga
oshirilayotgan dastur va loyihalarning maqsadlarini ekologik talablarga
moslashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, u quyidagi standartlardan foydalanishni talab
qiladi: Uzdavstandart, evropa halkaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ning 14000
seriyasi (ISO – 4000).
Bizning fikrimizcha ekologik menejment korxona umumiy menejment
tizimining ajralmas qismi bo’lib, u xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ekologik
siyosatni ishlab chiqarish, uni joriy qilish, ekologik tadbirlarni rejalashtirish va
taqsimoti
Ekologik tadbirlarni
ro’yhatini aniqlash va
auditorlik amallarini
tayinlash
Ma’lumotlarni
yig’ish va ularni
tahlil qilish
Muammolarni
aniqlash va ularni
guruxlash
Texnik vositalar
Ekologik audit
tekshiruvini
o’tkazish
Boshqaruv vositalari
Tekshiruv natijalarini
xujjatlashtirish
Ekspert xizmatidan
foydalanish
Tekshiruv
natijalariga ko’ra
taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish
Tekshiruv ob’ektidagi
ekologik vaziyatga
baho berish
Auditorlik hisoboti va
xulosasini tuzish
Tavsiyalarni amaliyotga joriy qilish
Tavsiyalar samaradorligi monitoringini olib borish
568
ularni amalga oshirish ustidan nazoratni olib borish, olingan natijalarni baholash va
ularni korxona moliyaviy holatiga ta’sirini o’rganishdan iborat bo’lgan jarayondir.
Tabiatni muhofaza qilish bilan bog’lik strategik faoliyatni amalga
oshirishning zaruriyati 1960 yillarda ekologiya faoliyatini taxdidi bilan bog’liq
holda paydo bo’ldi. Atrof muhitni muhofaza qilish usullari va vositalarini yaratish
hamda takomillashtirish 1970 yillarda tabiatni muhofaza qilishning maqsadli
yo’nalishi etib belgilandi. Bu holat «trubaoxiri» (end – of - rire) qullangan ishlab
chiqarish jarayonining oxirida atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq holda
amalga oshiriladi. Lekin bu yo’nalishning imkoniyatlari tez orada tugatildi. 1978
yilda Jenevada atrof muhitni muhofaza qilish muammolari bo’yicha o’tkazilgan
Halkaro konferentsiyada navbatdagi atrof muhitni muhofaza qilishning strategik
yo’nalishlari aniqlanadi. Bu yo’nalish ishlab chiqarish jarayonini resurslardan
tejamli foydalanish, kam chiqindili texnologiyalar bilan qurollantirishga, atrof
muhitni muhofaza qilishning yuqori xarajatli usullarini tadbiq etishga yo’naltirildi.
Atrof muqitni muhofaza qilishning samarali va kam xarajatli usullarini qidirish
ekologik menejmentni rivojlantirishga olib keldi.
1992 yilda Buyuk Britaniyada ekologiya menejmenti bo’yicha birinchi
Evropa standarti joriy etildi – British Standart for Environmental management
systems (BS 7750). Bu standart tez orada Evropaning boshqa mamlakatlarida ham
milliy standart sifatida joriy etila boshladi. Unga asoslangan xolda, Evropa
Ittifokining ekologik menejment va audit bo’yicha qo’llanma (qoidalar to’plami)
1993 yilga kengashida qabul qilindi: 1936F93 Ecomanagement and audit scheme
(EMAS).
EMAS talablariga javob beruvchi va asosida muhitni muhofaza qilish bilan
bog’liq faoliyatni doimo takomillashtirish hisoblangan ekologik boshqarish tizimi
o’z ichiga atrof muhitni muhofaza qilish jarayonida davlat nazorati va tartibining
bir qismini o’z ichiga oladi. EMAS ga muvofiq yaratilgan tizimlarni
takomillashtirish ob’ekti bo’lib nafaqat ekologik boshqarish tizimi, balki tabiatni
muhofaza qilish davlat nazorati ham kiritiladi. EMAS talablariga muvofiq
yaratilgan tizimlar foydalanilayotgan texnologiyalarga aniq talablarni qo’yadi. Bu
tizimlarga qo’yilgan qat’iy talablarndan biri bu korxona faoliyati, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar, foydalanilayotgan material resurslari haqida jamiyatni
va mafaatdor tomonlarini har tomonlama axborot bilan ta’minlash zarur,
shuningdek, korxonaning ekologik maqsad va vazifalarini hamda yillik umumiy
faoliyat natijalarini nashr ettirish ta’kidlanadi.
Ekologik boshqarish sohasida halqaro standartlarni ishlab chiqish
tug’risidagi qaror – Urugvayda ta’riflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv doirasida
o’tkazilgan muzokaralarda va 1991 yilda Rio – de – Janeyroda BMT ning tabiatni
asrash va uni takomillashtirish bo’yicha o’tkazilgan Konferentsiyasida - qabul
qilindi.
1946 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan standartlashtirish halqaro
tashkiloti ISO – International Standard Organization) tomonidan 1993 yili
yaratilagn «Ekologik boshqarish» texnika komiteti (ISO FTC 207) ekologik
menejment bo’yicha halqaro standartlarni ishlab chiqishga kirishdi – 14000 seriyali
ISO standarti halqaro standartni muhofaza qilishning yana bir ajoyib
569
tashabbuslaridan biri bo’ldi. Ularni yaratishda asos bo’lib, BS 7750 Britaniya
standarti, shuningdek, amalda mavjud bo’lgan mahsulotlar sifatnni nazorat qilish
tizimlari bo’yicha xhlqaro standart – ISO 9000 standarti hisoblanadilar. ISO 14000
standarti o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni oladi: ekologya boshqaruv tizimi,
ekologik audit, ekologik xususiyatlarini baholash, hayot tsiklini baholash va atama
hamda izohlarni o’z ichiga oladi.
Ekologik audit korxonani atrof muhit bilan bog’liqligini boshqarish
mexanizmi sifatida XX asrning 70- yillarida AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya,
Germaniya va Niderlandiyada tashkil topdi (2.1.12.-4bb). «ekologik menejment»
tushunchasi «atrof muhitni muhofaza qilish» yoki «tabiatdan foydalanishni
boshqarish» iboralari sifatida foydalaniladi. Ekologik havfsizlikni ta’minlashda,
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimlari
ostida ekologik auditning o’rni va roli tushunish uchun «ekologik boshqarish» va
«ekologik menejment» tushunchalarining umumiy tomonlari va farqlarini aniqlash
maqsadga muvofiqdir.
Ekologik auditning ob’ekti – korxonalarning atrof muhitga va tabiat
ob’ektlariga ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq xo’jalik hamda boshqa faoliyati,
shuningdek bunday faoliyatning natijalari bo’lib hisoblanadi.
Ekologik auditningg predmeti bo’lib quyidagilarni keltirish mumkin;
- korxonaning atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish bilan
bog’liq faoliyat turlari;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda atrof muhitning holati;
- atrof muhitni boshqarish tizimining holati;
- tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi va belgilangan ekologik talablarga
rioya qilinish darajasi;
- korxonada tabiiy resurslardan foydalanish darajasi;
- korxonalarda faoliyat davomida yuzaga kelayotgan chiqindilarni
joylashtirish jarayoni;
- ekologik xavfsizlik bilan bog’liq qonungchilik talablarini buzilishi
oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy tavakkalchiliklar.
Ekologik auditni o’tkazish jarayonidi u yoki bu korxona, ishlab chiqarish
yoki texnologik jarayonini xavflilik darajasi bir qator omillar yordamida
o’rganiladi va ular atrof muhitga ta’siri baholanadi.
Ekologik audit yo’nalishi bo’yicha Rossiya Federatsiyasida ma’lum darajada
tajriba yuzaga kelgan bo’lib, uni yaratilishiga xalqaro audit bozorida yuqori
nufuzga ega bo’lgan “Artur Andersen”, “KPMG”, “Deloyt end Tush “, “Parays
Uoterxaus Kupers” va “Ernest end Yang” kabi auditorlik kompaniyalari katta xissa
qo’shishgan.
Dissertatsiyada ekologik auditni korxonani boshqarish tizimidagi o’rnini
aniqlash uchun uni turli belgilariga ko’ra tasniflanishini ishlab chiqish zarurati
tug’ildi. Bizning fikrimizcha ekologik auditni quyidagi belgilariga ko’ra
tasniflanishi amalaga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi;
Korxona darajasida o’tkaziladigan ekologik audit ushbu xo’jalik yurituvchi
sub’ektni tabiiy muhitga ta’sirini o’rganish bilan chegaralansa, mintaqa darajasida
o’tkaziladigan ekologik auditning maqsadi esa ushbu mintaqada mavjud yoki
570
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ekologik muammolarni o’rganish, ularni oldini
olish yoki salbiy omillar ta’sirini imkoni boricha kamaytirishdan iborat bo’ladi.
Mas’uliyat auditi. Mas’uliyat auditining maqsadi sotib olinishi yoki ijaraga
olinishi ko’zda tutilgan ko’chmas mulk bilan bog’liq ekologik majburiyatlarini
aniqlash hisoblanadi. Bunday majburiyatlar ushbu ko’chmas mulkdan foydalanish
yoki tugatish natijasida atrof muxitga etkazilgan zarar oqibatida hisoblangan
jarimalar ko’rinishida yuzaga keladi.
Mos kelishlik auditi. Mos kelishlik nuqtai nazaridan o’tkaziladigan ekologik
auditning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatiga davlat tomonidan
qo’yilagan ekologik talablarga rioya qilinishi, uning ko’rsatgichlarini ekologik
me’yorlarga mos kelishliligi o’rganiladi.
Ekologik boshqaruv tizimi auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishi tekshiruv
ob’ektida mavjud bo’lgan ekomenejment tizimining zaif bo’g’inlarini aniqlash va
uni takomillashtirishga mo’ljallangan.
Investitsion loyihalar auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishida yangi
qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik
qayta qurollantirish, ta’mirlash uchun investitsiyalar jalb qilishga mo’ljallangan
loyihalarni
ekologik
xavfsizlik
nuqtai
nazaridan
o’rganib chiqishgan
mo’ljallangan.
Ekologik sug’urta auditi. Keyingi yillarda ekologik audit tekshiruvi
jarayoniga sug’urta xodimlarini jalb qilish keng tus olmoqda. Sug’urta auditining
asosiy maqsadi keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ekologik talofatlar
yoki texnogen holatlar natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilishi mumkin
bo’lgan zarani hisoblab uni sug’urta polisi bilan himoyalashaga mo’ljallangan.
Sertifikatsiya auditi. Ekologik auditning bu yo’nalishida davlatning maxsus
idoralari tomonidan korxona mahsulotlariga berilgan ekologik sertifikatlarning
qonuniyligi va asosligini o’rganiladi.
Moliyaviy hisobot auditi. Moliyaviy hisobot auditida esa auditor korxonani
atrof muhitini muhofaza qilish bilan bogliq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirishga
mo’ljallangan xarajatlar darajasi, ulardan foydalanish samaradorlik ko’rsatgichlari,
ekolgiya bilan bog’liq bo’lgan soliqlarni hisoblanishi hamda ularni moliyaviy
hisobotda aks ettirish jarayonini o’rganadi.
Moliyaviy vositalr yordamida tekshiruv ob’ektida ekologik qonunchilikdan
chetga chiqishlar, belgilangan ekologik tadbirlarni to’liq yoki butunlay
o’tkazilmasligi, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan soliqlarni
hisoblamaslik yoki noto’g’ri hisoblash kabi yuzaga kelagan vaziyatlar natijasi
xo’jalik yuritkvchi sub’ektga nisbatan belgilanishi mumkin bo’lgan moliyaviy
jarimalar darajasi aniqlanadi.
Ekologik audit tekshiruvining texnik vositalari tekshiruv ob’ektida ekologik
vaziyatga asosli tarzda baho berish uchun zarur hisoblanadi. Ular yordamida er,
suv va havo xavzasiga korxona tomonidan chiqindilarning, hamda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning inson salomatligi uchun xavfsizlik darajasi
o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |