Amaliy audit


Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish 

to`g`risidagi arizasi 

Men (biz) ________________________________________________ 

(auditorlik tashkilotining nomi va rekviztlari) 

auditor (auditorlar)_______________________________________ 

(auditorlarning nasabi, ismi-sharfi) 

tomonidan ___________________________________________ning 

(xojalik yurituvchi subyekt nomi) 

200    -yil  1  -yanvardan  31  -dekabargacha  bo`lgan  davr  uchun  moliyaviy 

hisoboti tekshiruvdan o`tkazildi. 

Xojalik yurituvchi subyekt__________________________ 

                                (xojalik yurituvchi subyekt nomi) 

Xorijiy  mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  hisob-kitoblarni  to`liq  taqdim 

qilmadi.  Bu  biz  boshlagan  auditorlik  tekshiruvini,  auditorlik  xulosasi  tayyorlash 

uchun zarur hajmda o`tkazishga imkon bermaydi deb hisoblaymiz.  

Yuqorida  keltirilgan  auditorlik  tekshiruvining  hajmini  cheklash  faktiga 

asosan auditorlik tashkiloti ___________________________________ 

                                                         (auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari) 

xojalik yurituvchi subyekt_______________________________ 

                                                                         (xojalik yurituvchi subyekt nomi) 

moliyaviy hisoboti to`g`risida fikr bildirishdan voz kechadi.  

Auditorlik tashkiloti rahbari__________ 

(imzo) 


Auditorlar________ 

(imzolar)     «___»___________________200  y. M.O`. 

 

Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa, auditor ta'kidlovchi qismda 



tekshiruv  natijalarini,  aniqlangan  amaldagi  qonunchilik  buzilishi  faktlarini  va 

korxona faoliyatidagi boshqa kamchilklarni batafsil bayon qiladi. 

Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi, 

ya'ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi. 

Xojalik  yurituvchi  subyektlar  auditorlik  tekshiruvi  yakunlanganidan  so`ng 

15  kun  ichida  auditorlik  xulosasining  bir  nusxasini  o`zlari  joylashgan  hududdagi 

soliq organiga taqdim qiladilar. 



489 

 

Auditorlik  xulosasi  moliyaviy  hisobotda  foydalanuvchilar  uchun  tushunarli 



bo`lib,  unda  auditorning  ikkilanish  va  (yoki)  noroziligidan  kelib  chiqqan 

cheklashlar  aniq  ko`rsatilishi  lozim.  Auditorlik  xulosasi  barcha  moliyaviy 

hisobotdan  foydalanuvchilar  olish  imkoniga  ega  bo`lgan  ochiq  axborot 

hisoblanadi.  Auditorlik  xulosasi  tegishli  moliyaviy  hisobotlar  bilan  birgalikda 

xojalik yurituvchi subyekt tomonidan chop ettirilishi mumkin. 

Agar  ko`rsatilgan  kamchiliklar  buxgalteriya  hisobotining  haqqoniyligiga 

ta'sir  qilmaydigan  bo`lsa,  auditor  xulosa  tuzishga  kirishadi.  Aks  holda  auditor 

buxgalteriya  hisobining  yuritilishi  va  korxona  tomonidan  taqdim  qilingan 

hisobotlar  to`g`riligini  tasdiqlashdan  bosh  tortishi  lozim.  Faqat  ko`rsatilgan 

kamchiliklar  tugatilgandan  so`nggina  tekshiruvlarni  yakunlashi  va  ularning 

natijalari bo`yicha xulosa tuzish mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot 

tuzishdagi  kamchiliklarni  tugatish  uchun  korxonaga  berilgan  vaqt,  odatda,  agar 

bunday  ishlarning  jiddiyligi  va  sermehnatligi  real  baholansa,  ikki-uch  oydan 

oshmasligi lozim.  

Auditorga  barcha  zarur  ma'lumotlar  o`z  vaqtida  taqdim    etilmagan  yoki 

buzib  ko`rsatilgan  holda  taqdim  etilganligini  u  bilmagan  bo`lsa,  bunga  auditor 

javobgar  hisoblanmaydi.  Bu  hollarda  barcha  javobgarlik  zarur  ma'lumotlarni 

auditorga  taqdim  etishi  lozim  bo`lgan,  tekshirilayotgan  korxona  ma'muriyati  va 

uning ma'sul xodimlariga yuklatiladi.  

Shu  boisdan,  korxona  rahbari  va  moliya-hisob  xizmati  xodimlari  oldindan, 

auditorlik  xulosasini  oxirgi  tahrirda  tuzgunga  qadar  tanishib  chiqishlari,  agarda 

ularda  ayrim  holatlarga  nisbatan  norozilik,  mulohaza  yoki  qandaydir  takliflari 

bo`lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida 

muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e'tiborga olinib, 

xulosaning oxirgi taxririda inobatga olinishi lozim.  

Korxona  bir  oy  ham  o`tmasdan,  qayta  tekshirish  natijasida  ijobiy  xulosa 

olsa,  bu  hol  auditorlarga  ishonchsizlik  bildirishga  olib  kelishi  mumkin.  Bu  xuddi 

oylab  darsga  qatnashmagan,  qobiliyatsiz  talabaning  imtihonda  mutlaqo 

savodsizligini namoyon qilib, «qoniqarsiz» baho olganidan so`ng, ertasiga ba'zi bir 

sabablarga ko`ra  «a'lo» bahoga qayta topshirgani kabi noreal hodisadir.  

Shuningdek,  agar  tekshiruvda  hech  qanday  kriminalga  oid  holat 

aniqlanmagan  bo`lsada,  xulosalarni  ochiqdan-ochiq  yoki  niqoblangan  ishoralar 

bilan  shakllantirish  mumkin  emas.  Ammo,  shunga  qaramasdan  korxona  ishida 

suiiste'mol  hollari  uchrasa,  sudlov-tergov  organlari  tomonidan  chuqur  tekshirilib, 

ular  ochib  tashlanadi.  Yana  bir  marta  shuni  ta'kidlash  lozimki,  auditor  xulosada 

faqat  qo`l  ostidagi  hujjatlar  yoki  aniq  formulalar,  retsepturalar,  normalar,  limitlar 

va  boshqa  ma'lumotlarga  asoslangan,  benuqson,  aniq  hisob-kitoblar  bilan 

tasdiqlangan faktlarni keltirishi lozim. 

 

 


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish