Yakunlovchi qism.
Biznig fikrimizcha, ____________________________ ning
(xojalik yurituvchi subyekt nomi)
Moliyaviy hisobotida aks ettirilgan moliya-xojalik faoliyati natijalari
to`g`risidagi axborotlar ishonchli emas.
Auditorlik tashkiloti rahbari___________
(imzo)
Auditorlar: (imzolar) «___»_________________20 y. M.O`.
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar xojaliklar
xojalik yurituvchi subyekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik xulosasi
tuzilmaydi.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to`g`risida ishonch bilan
auditorlik xulosasi tuza olish uchun yetarli darajada ishonchli dalillar to`play
olmagan vaqtda xulosa tuzilmaydi. Bunday holat auditorlik tekshiruvi hajmining
cheklanganligi oqibatida moliyaviy hisobot to`g`risida fikr bildirish uchun
auditorlik dalil-isbotlar yetarli bo`lmaganida yuzaga keladi.
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnoma tuzuvchi
auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona tadbirkorlik subyektlari sifatida teng huquqli
bo`lsa ham, maqomi bo`yicha teng huquqli bo`la olmaydilar, chunki auditorlik
tashkiloti tekshiriladigan xojalik tizimini nazorat qiladi. Bunda mijoz-korxona
ma'muriyati auditorlik tashkilotining xulosa tuzishdan voz kechish ehtimoli
oldindan aniqlanib qo`yilishiga rozi bo`lishi lozim degan xulosa kelib chiqishi
mumkin. Umuman olganda, bunday ehtimollik juda kam uchraydi, ammo
qonunchilikda belgilab qo`yilgan.
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ayrim maxsus hollarda yuzaga
keladi. Bular: auditor mustaqilligini yo`qotishi, balans tuzilgan sanadan keyingi
sodir bo`lgan jiddiy hodisalar yoki vaziyatning noaniqligi, xojalik yurituvchi
subyekt tomonidan, yoki ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o`tkazish
sohasining cheklab qo`yilishi.
488
Auditorning xulosa tuzishdan voz kechishi yozma ravishda, 70-sonli
AFMSda ko`rsatilgan shakl bo`yicha rasmiylashtirilib, uning mazmuni juda ham
puxta asoslangan bo`lishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi - bu xojalik yurituvchi
subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo`yilgan auditorlik
tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun yetarli deb hisoblaydigan
hajmda o`tkazishga to`sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko`rsatadigan
xatti-harakatlari yoki harakatsizligidir.
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ariza ko`rinishida bo`lib,
«Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish to`g`risidagi
arizasi» deb nomlanadi va quyidagi shaklda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |