Ta'kidlovchi qism.
Biz auditorlik tekshiruvini AFMSlarga muvofiq o`tkazdik. Ushbu standartlar
bizga, moliyaviy hisobot ma'lumotlaridan foydalanuvchilarda, moliyaviy hisobotda
unchalik ahamiyatli kamchiliklar yo`qligi to`g`risida yetarli darajada ishonchni
ta'minlash majburiyatini yuklaydi. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va
boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka hamda
moliyaviy xojalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashdan iborat.
Biz, o`tkazgan auditorlik tekshiruvimiz fikr bildirishimiz uchun asosga ega
deb hisoblaymiz.
Tekshiruvda xojalik yurituvchi subyekt tomonidan _________ million
so`mlik summa xarajatlarga noqonuniy olib borilgan bo`lib, amaldagi qonunchilik
buzilganligi va moliyaviy hisobot buzib ko`rsatilganligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |