370
2.
Tovarlar, ish va xizmatlar yuzasidan
kelib tushish va kirimni o’z vaqtida
rasmiylashtirish
Bojxona deklaratsiyasi, kirim
nakladnoylari
Tasdiqlash
3.
Bojxona qiymatini aniqlashning
to’g’riligini auditi
Bojxona deklaratsiyasi
O’zbekiston Respublikasi «Boj
tarifi to’g’risida»gi qonun
«O’zbekiston Respublikasiga
olib kirilayotgan tovarlarning
boj qiymatini aniqlash
bo’yicha» yo’riqnoma
Qayta
baholash
4.
Import tovarlarini soliqqa tortish: QQS,
aktsiz
Bojxona deklaratsiyasi, import
bo’yicha birlamchi hujjatlar
Qayta
hisoblash
5.
Import tovarlar bo’yicha kreditorlik
qarzlarining realligini aniqlash
Mol etkazib beruvchilarning
schyot-fakturalari
Hujjatlash
tirish
6.
Kreditorlik qarzlarini aks ettirishda
debet yozuvlari klassifikatsiyasining
to’g’riligi
Mol etkazib beruvchilarning
schyot-fakturalari, buxgalteriya
hisobi registrlari
Kuzatish,
ko’rib chiqish
7.
Tovarlar kirim qilinishining to’laligi va
xorijiy mol etkazib beruvchiga
to’lovlarni tekshirish
Schyot-faktura, kirim
nakladnoylari
Ko’rib chiqish,
taqqoslash
8.
Import tovarlar realizatsiyasini
tekshirish:
a) so’mga
b) xorijiy valyutaga va uning
qonuniyligi
Tovar-transport nakladnoylari,
kassir hisobotlari
Kuzatish,
tasdiqlash
9.
Kurslar bo’yicha farqni to’g’ri
aniqlanganligini va buxgalteriya
hisobida aks ettirilishini tekshirish
Hisobot shakllari, buxgalteriya
registrlari
Taqqoslash,
qayta
hisoblash
Bojxona organiga taqdim etilgan quyidagi hujjatlar audit o’tkazish uchun asos bo’ladi:
- tovar bojxona to’lovining to’ldirilgan deklaratsiyasi (BTD yoki BTD-2 shakllari);
- bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD);
- ta’sis hujjatlari;
- shartnoma (kontrakt, bitim) va unga qo’shimcha bitimlar (agar ular nazarda tutilgan
bo’lsa);
- hisobvaraq-faktura (invoys) yoki hisobvaraq-proforma (noqiymat bitishuvlari uchun);
- transport xarajatlari hisobvaraq-fakturaga kiritilmagan hollarda transportda tashish
uchun to’lovnoma yoki transport xarajatlari kalkulyatsiyasi;
- import qilish belgilangan tartibga muvofiq litsenziyalar bo’yicha amalga oshiriladigan
tovarlar uchun olib kirishga litsenziya.
O’zbekiston Respublikasining «Boj tarifi to’g’risida»gi qonuni boj qiymatini aniqlash
uchun oltita usulni belgilaydi:
- olib kelingan tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash (1-usul);
- aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash (2-usul);
- o’xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash (3-usul);
- qiymatlarni chegirib tashlash asosida (4-usul);
- qiymatlarni qo’shish asosida (5-usul);
- rezerv usul (6-usul).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, boj qiymatining auditi mavzusi bo’yicha quyidagi
umumiy dasturni taklif qilamiz:
1. Asosiy usullar.
2. Maxsus usullar.
371
3. Bojxona qiymati bo’yicha mijoz qarorlari sharoiti.
Keltirilgan audit rejasi modeli bojxona qiymatini aniqlash ustidan o’tkaziladigan nazorat
tamoyillarining boshlang’ich bosqichi hisoblanadi.
Asosiy usullar jumlasiga 1-usul kirib, undan foydalanilganda auditor e’tibor qilishi kerak
bo’lgan shartlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Birinchi shart:
-
deklarant bayon qiladigan bojxona qiymati va uning belgilanishiga doir ma’lumotlar
ishonchli, miqdoriy jihatdan belgilab bo’ladigan va hujjatlar asosida tasdiqlanishi kerak;
-
bojxona qiymati faqat uning bojxona qiymati deklaratsiyasida ko’rsatilgan hamma
elementlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangandagina 1-usulga ko’ra aniqlanishi mumkin, shu
jumladan:
a) bitim narxi - tovar etkazib beriladigan tovarga ham to’lash uchun hisobvaraq-faktura
orqali;
b) bitim qiymatiga qo’shimcha ilova qilinadigan, tijoratchilik
hujjatlari orqali;
v) xarajatlarning hisobdan chiqariladigan (chiqarib tashlanadigan) summalari - to’lov,
tovarga ilova qilinadigan tijoratchilik, bojxonaga doir hujjatlar orqali.
-
1-usul hujjatlar asosida tasdiqlanmaydigan hollarda qo’llanilishi mumkin emas.
Tovarlarni u eksport qilingan mamlakatdan chegara orqali O’zbekiston Respublikasiga
olib o’tilishi va xaridordan ana shu tovar o’rniga pullik hisob-kitoblar (to’lovlar)ning qabul
qilingan shakllariga muvofiq keladigan pul summasini yoki tovarni olish uchun asos
bo’ladigan, qiymatga doir baholash yoki uning hisob-kitob usulini o’z ichiga olgan shartnoma
(kontrakt)ning mavjudligi 1-usulning qo’llanish sharti hisoblanadi.
Xaridorlar qatori mavjudligida bojxona qiymatini belgilashni misol tariqasida ko’rib
chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: