Sotuvchi:
1-xaridor:
2-xaridor:
3-xaridor:
A(Xitoy)
B(Kanada)
V(AQSh)
S(O’zbekiston)
10000$
15000$
20000$
?
Tovar Xitoydagi sotuvchidan Kanada va AQShdagi sotuvchilar orqali O’zbekistonga kelib
tushadi va erkin muomalaga chiqarish uchun deklaratsiya qilinadi. Bunda bitim narxi
quyidagi tarzda o’zgaradi:
A dan Bga
----
10000 AQSh dollari.
B dan Vga
----
15000 AQSh dollari.
V dan Sga
----
20000 AQSh dollari.
Xaridorlar qatori mavjudligida tovarni O’zbekiston Respublikasining hududida erkin
muomalaga o’tkazadigan shaxsning xarid narxi bitim narxi sifatida olinadi. Ushbu misolda
3(S)—xaridorning 20000 AQSh dollariga teng xarid narxini bitim narxi sifatida qabul qilinadi.
Agarda tashqi iqtisodiy bitim qiymatiga doir negizga ega bo’lmasa, bitim qiymatiga asosan
boj qiymatini aniqlash mumkin emasligi audit jarayonida alohida ko’rib chiqishni taqozo etadi,
masalan:
agarda tashqi iqtisodiy bitimlar qiymatga doir negizga ega bo’lmasa, bitim qiymatiga
asosan boj qiymatini aniqlash mumkin emasligi audit jarayonida alohida ko’rib chiqishni
taqozo etadi, masalan:
372
a) tovarning bepul etkazib berilishi (namuna sifatida);
b) tovarning konsignatsiya shartlari asosida etkazib berilishi;
v) tovarning vositachiga sotmasdan, vositachi orqali etkazib berilishi;
g) tovarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida etkazib berilishi, agar
tovarlar narxi ko’rsatilmagan bo’lsa;
d) tovarlarning ijara shartnomalari (lizing) bo’yicha etkazib berilishi;
e) tovarlarning vaqtinchalik olib kelish maqsadida etkazib berilishi;
j) tovarlarning kontraktda nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga etkazib berilishi.
Ikkinchi shart: xaridorning tovarlarni tasarruf etishida yoki ulardan foydalanishida
quyidagilardan tashqari cheklashlar bo’lmaganida:
- O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar;
- xaridorning tovarlarni keyinchalik qayta sotish (begonalashtirish) mumkin bo’lgan
jo’g’rofiy mintaqaviy cheklashlar;
- tovarning narxiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklashlar.
Import qiluvchining olib kelinadigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan
cheklashlar mavjud bo’lganida 1-usul qo’llanilmaydi. Shu sababli auditor qo’llanilishiga imkon
bermaydigan cheklashlarni va ushbu usulning qo’llanishi ruxsat qilinadigan cheklashlarni aniq
farqlay bilishi zarur.
Qonunchilikka ko’ra xaridorning baholanayotgan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan
cheklashlar mavjud bo’lganida ham 1-usulning qo’llanilishi ruxsat etiladigan cheklashlarning
faqat uchta turi belgilangan:
a) O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra belgilangan cheklashlar. Bunday holda
quyidagi tarzdagi cheklashlar nazarda tutiladi. Masalan: muayyan tovarni import qilish huquqiga
ega bo’lgan shaxslar doirasiga nisbatan cheklashlar va hokazo.
b) tovarlar qaytadan sotilishi mumkin bo’lgan jug’rofiy mintaqaga doir cheklashlar.
Bunday holda tovarning qaytadan sotilishi bo’yicha ayrim shaxslar uchun hududiy cheklashlar
nazarda tutiladi.
v) tovar qiymatiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklashlar. Agar narxga jiddiy ta’sir
etadigan shart mavjudligi haqida bayon qilinsa, unda 1-usulning qo’llanishi faqat bunday shart
natijasida narxning miqdoriy o’zgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin bo’ladi.
Agar narxga miqdoriy ta’sir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin bo’lmasa,
unda baholashning boshqa usullariga o’tish kerak bo’ladi.
Uchinchi shart: tovarlarning sotilishi yoki narxi baholanayotgan tovarlarning bojxona
qiymatini aniqlab bo’lmaydigan holga olib keladigan qandaydir shartlar yoki fikrlarga sabab
bo’lmasa, sotuv yoki narx bojxona qiymatining belgilanishiga to’sqiqlik qiladigan qandaydir
shartlar yoki mulohazalar predmeti bo’la olmaydi.
Bunday holda bitim shartlarini ko’rib chiqishda, shuningdek, umumiy qabul qilingan
tusga ega bo’lgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilariga tegishli bo’ladigan
(yoki ularga taqdim etilishi mumkin bo’lgan) etkazib berish shartlarini va tanlangan tusdagi
hamda umumiy qabul qilinmagan etkazib berish shartlarini farqlay bilishi auditorning asosiy
vazifasidir. Masalan: sotuvchi tibbiy apparatni xaridor undan O’zbekiston Respublikasida faqat
xayriya maqsadlarida foydalanadi, degan shart bilan sotadi.
Bunday holda 1-usul qo’llanishi mumkin emas, chunki xaridorning tovardan foydalanish
huquqiga nisbatan cheklash mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga ta’sir qilishi mumkin.
Shuning uchun baholashning boshqa usullari qo’llanilishi kerak.
Bunday shart shuni nazarda tutadiki, tovar narxining uning sotilishi yoki etkazib
berilishidagi tovarning qiymatiga ta’siri belgilash mumkin bo’lmagan shartlarga bog’liq
bo’lmaydigan hollarda ham 1-usul qo’llanilishi mumkin.
Quyida tashqi iqtisodiy faoliyatda mavjud bo’lgan, 1-usul qo’llanishi ruxsat etiladigan
tovar etkazib berishning umumiy qabul qilingan shartlari keltirilmoqda:
- tovar etkazib berishning barcha umumiy qabul qilingan shartlari (avvalo,
INKOTERMS-1990 ga kiritilgan etkazib berish shartlari);
373
- bitimlarni tuzish va tovar etkazib berilishini amalga oshirishning «ekspertni jalb etish
(ekspert xulosasi mavdujligi) sharti bilan xarid qilish» singari umumiy qabul qilingan shartlar;
- xaridorning sotuvchiga O’zbekiston Respublikasida tayyorlangan texnik ishlanmalar
yoki chizmalarni taqdim etishi;
- xaridorning u import qiladigan tovarlarning sotilishiga doir qandaydir harakatlarini o’z
hisobidan amalga oshirishi, masalan, xaridor haqini to’laydigan reklamaga oid faoliyat.
Bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga to’sqinlik qiladigan
shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan bo’lsa, bunday holda 1-usulni qo’llash mumkin
bo’lmaydi. Quyidagilar ana shunday shartlarga kiradi:
- sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni xaridor, shuningdek, muayyan miqdordagi
boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx ko’rsatilmasdan sotib oladi, degan
shart asosida belgilaydi. Masalan, 5000 pul birligi summasidagi charm buyumlari etkazib
berilayapti. Etkazib beruvchi import qiluvchining qiymati noma’lum bo’lgan 2000 juft
poyabzalni ham qo’shimcha ravishda sotib olishni shart qilib qo’yadi;
- import qilinadigan tovarlar narxi ana shunday tovarlar xaridorning import tovarlarning
sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bog’liq bo’ladi;
- narx import qilinadigan tovarlarga aloqasi bo’lmagan haq to’lash shakli negizida
belgilanadi;
- oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotuvchidan sotib olish shartini nazarda tutadi;
- oldi-sotdi shartnomasi bitim qiymatini tovarlarni o’zaro sotish (etkazib berish) sharti
asosida belgilaydi.
Bunday shartlar mavjud bo’lganda auditorning vazifasi ularning bitim qiymatiga ta’sir
qilgan yoki qilmaganligini va bunday ta’sirni miqdoriy jihatdan belgilash mumkin yoki mumkin
emasligini aniqlashi kerak. Faqat shartning qiymatga ta’siri miqdoriy jihatini belgilash mumkin
bo’lsa va bayon qilingan narx haqiqatda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan narx bo’ladigan
bo’lsagina, 1-usulni qo’llash mumkin.
To’rtinchi shart: xaridor va sotuvchi bir-biriga bog’liq shaxslar bo’lmasa.
Auditorning vazifasi o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lgani yoki bo’lmaganini aniqlashdir.
Shuni hisobga olish kerakki, bojxona organi o’zaro bog’liqlik mavjudligi va uning bitim
qiymatiga ta’siri yuzasidan etarli asoslangan shubhalar bo’lmaganida firmani maxsus nazorat
ostiga olib qo’yishi mumkin. Bunday nazorat firmaning boshqa bitimlarini rasmiylashtirishdagi
faoliyatini kuzatish uchun kerak.
2-usulning qo’llanilishida ayni bir xil tovarlar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab
bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qabul qilinadi.
«Boj tarifi to’g’risida»gi qonunning 19-moddasiga binoan baholanadigan tovarlar bilan
hamma jihatlariga ko’ra, shu jumladan, quyidagi belgilari bo’yicha bir xilda bo’lgan tovarlar,
xuddi shunday tovarlar deb tushuniladi:
- fizik xususiyatlari;
- sifati va bozordagi qadri;
- qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani;
- ishlab chiqaruvchi.
3-usulning qo’llanilishida import qilinadigan tovarlarga o’xshagan tovarlarga doir bitim
qiymati bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qabul qilinadi.
Tovarlarning bir-biriga o’xshashligini belgilashda quyidagi jihatlar hisobga olinadi:
- sifat, tovar belgisining mavjudligi va bozordagi qadri;
- qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi;
- ishlab chiqaruvchisi.
4-usul bo’yicha bojxona bahosini chiqarish uchun baholanadigan aynan bir xil yoki
o’xshash tovarlar O’zbekiston Respublikasining ichki bozorida dastlabki holati o’zgartirilmasdan
sotiladigan sotish narxi bojxona qiymatini belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi.
374
Bojxona qiymatini ichki narx asosida hisoblash mumkin bo’lishi uchun faqat ichki
bozorga xos bo’lgan elementlarni, ya’ni ushbu tovarlar importidan keyin amalga oshiriladigan
xarajatlar chegirib tashlanishi zarur.
5-usuldan foydalanilganda, tovarning:
a) baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish munosabati bilan tayyorlovchi tomonidan
sarflangan materiallar qiymatini va boshqa xarajatlarni;
b) aynan bir turdagi tovarlarni olib chiqilayotgan mamlakatdan O’zbekiston Respublikasida
sotishga xos bo’lgan umumiy xarajatlarni, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining
bojxona chegarasida o’tish joyigacha transportda tashib keltirish, yuklash va tushirish,
sug’urtalash xarajatlarini;
v) aynan bir xil yoki o’xshash tovarlarni O’zbekiston Respublikasiga etkazib berish
natijasida eksportyor tomonidan, odatda, olinadigan foydani qo’shgan holda chiqariladigan
bahosi bojxona qiymatini belgilash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Bu usulga ko’ra bojxona qiymati faqat O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olish
mumkin bo’lgan axborot asosida belgilanadi. Shuningdek, xaridor bilan sotuvchi o’zaro
bog’langan bo’ladi va ishlab chiqaruvchi O’zbekiston Respublikasining bojxona organlariga
ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etish va keyinchalik o’tkazilishi
lozim bo’lgan ularning auditi uchun tayyor bo’ladi.
Auditorlarning tekshirish jarayonida e’tiborga olishi lozim bo’lgan asosiy shart
quyidagidan iborat, ya’ni xarajatlar haqidagi ma’lumotlar baholanayotgan tovarlarning ishlab
chiqarilishiga tegishli, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan
ma’lumot asosida belgilanishi lozim. Bunday axborot ishlab chiqaruvchining tijoratiga oid
hisobotlarida, bunday hisobotlar tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatda qabul qilingan hisobga
olishning umumiy qabul qilingan qoidalariga muvofiq keladigan shart bilan asos topgan bo’lishi
kerak.
Mabodo bojxona qiymati deklarant tomonidan ko’rsatilgan beshta usulni izchillik bilan
qo’llash natijasida belgilanishi mumkin bo’lmasa, unda baholanayotgan tovarlarning bojxona
qiymati 1-5 baholash usullarini bir muncha qayishqoqlik bilan qo’llanish yo’li orqali belgilanadi
va asoslanadi.
Rezerv usulni (ya’ni 6-usulni) qo’llashda bojxona organlari deklarantga o’zlarining
ixtiyorida mavjud bo’lgan narxlarga oid ma’lumotlarni taqdim qiladilar.
Quyidagilar 6-usulga ko’ra bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qo’llanilishi
mumkin emasligi auditor tomonidan alohida e’tiborga olinish kerak:
a) O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o’xshash tovarning sotuv narxi;
b) ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqorisi;
v) tovarning olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakat ichki bozoridagi bahosi;
g) olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga etkazib
berilgan tovarning bahosi;
d) eng past bojxona qiymatlariga, shuningdek, tovarlarning o’zboshimchalik bilan
qo’yilgan yoki o’z ishonchli tasdig’ini topmagan soxta qiymatlariga.
Izlanishlar natijasini umumlashtirib, quyidagi xulosani chiqarish mumkin:
- bojxona auditi bo’yicha xalqaro tajribani, me’yoriy-huquqiy bazani atroflicha o’rganish
va uning asosida tovarlarning bojxona qiymati ustidan samarali nazoratni ta’minlash uchun
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshiruvini hisobga
oluvchi bojxona auditi tizimini yaratish;
- bojxona qiymatini aniqlashda xatoga yo’l qo’yilsa va bu bojni to’lovchilar schyotida
mablag’ bo’lmasa, deklaratsiya tayyorlovchi firmalar (deklarantlar) javobgarligini oshirish;
- haqiqiy nazorat o’tkazish uchun audit rejalari va izlanishlarini ishlab chiqish zarur.
Umumiy rejada esa har bir qism bo’yicha bojxona qiymatini aniqlash uchun alohida elementlar
bo’yicha tekshirish o’tkazish ko’zda tutilishi kerak.
Asosiy va maxsus usullar quyida keltirilgan audit o’tkazish metodologiyasi bilan
to’ldirilishi mumkin:
375
- inventarizatsiya;
- tijorat faoliyatidagi turli munosabatlar darajasini aniqlash;
- statistik ma’lumotlarni taqqoslash;
- invoys va tovarlar bir vaqtda kelib tushgan holda umumiy schyotlarni, registrlarni
tekshirish;
- boshlang’ich qoldiqni tekshirish va boshqalar.
Auditning asosiy va muhim bosqichlaridan biri bu import qilingan tovarlar, ish va xizmatlar
yuzasidan debitorlik va kreditorlik qarzlarining realligini aniqlashdir. Buning uchun auditor,
hisobda kirim bo’yicha hujjatlarni aks ettirilishining to’laligini tekshirishi zarur, chunki
korxonalar import bo’yicha daromadni hisobga olishga ko’proq e’tibor berishadi,
majburiyatlar esa kamroq e’tiborda bo’ladi.
Shunday ekan, mol etkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlari aniqlanishi
kerak.
Xorijiy mol etkazib beruvchiga kreditorlik qarzining realligi va to’laligini tekshirish
natijasini quyidagi ish jadvalida (10.19 jadval) ko’rsatishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |