Oqsil almashinuvi. Oqsil organizmdagi xar bir hujayra tarkibiga kiradi va
bolaning normal o‗sishi va rivojlanishi uchun kerakli plastik material hisoblanadi.
Shuning uchun bolaning oqsilga bo‗lgan talabi kattalarga nisbatan yuqori, bola
qancha yosh bo‗lsa o‗sish jarayoni unda intensivdir.
352
Bolalik davrida hamma organ va sistemalarning o‗sishi va rivojlanishi,
shuningdek oqsilli azotni o‗zlashtirishi va organizmdagi xususiy oqsillarni
biosintez kilinishi uchun bola organizmini kerakli darajada sifatli oqsillar bilan
ta‘minlash zarur. Bunday oqsillarga ovqat orqali qabul kilinadigan oqsillar kiradi.
Ovqatlarda oqsillarning solishtirma og‗irligi sutkalik kaloriyaning 10-15 % ni
tashqil etishi kerak.
Oqsillik ovqat yeyilgandan keyin qonda umumiy azot qoldig‗i va azot
amiakning miqdori oshib ketadi, chaqaloqlarda emizilgandan 4-5 soatdan keyin, 5
soatlardan keyin esa yana normaga keladi.
Normada qonda mochevina 15-40 mg% ni, azot qoldig‗i esa 20-41 mg% ni
tashqil etadi.
Kattalarda esa azot muvozanatda bo‗ladi. Azot muvozanati deganda shunday
oqsil almashinuvi tushuniladiki, bunda organizmga ovqat orqali tushayotgan azot
miqdori, siydik va axlat bilan ajralayotgan azot miqdoriga tengdir. Bolalarda azot
balansi musbatdir, ya‘ni kirayotgan azotning miqdori chikayotgan azotning
miqdoridan ko‗pdir.
Bolalarda chaqaloqlikning birinchi kunlarida azot balansi manfiy bo‗lishi
mumkin. Organizmda oqsilni ko‗pchilik qismi tutilishi tana og‗irligini intensiv
o‗sish davriga to‗g‗ri keladi, ya‘ni bolaning bir yoshlik davriga. Azotning ijobiy
balansi birinchi yoshning birinchi kvartalida kuzatiladi. Keyinchalik azot
balansining kattaligi, doimo musbat bo‗ladi, sekin asta tananing o‗sishi, vaznning
ortishi pasayadi. Azotning ishlatilishi va to‗planishi faqatgina yoshga qarab
talabgagina emas, balki ovqat bilan yuborilgan oqsil miqdoriga ham bog‗liq.
Bolalarning kattalardan farqi vaqtinchalik oqsil xususiyatiga ega. Ovqat
bilan qanchalik ko‗p oqsil yuborilsa, shunchalik u organizmda ko‗p tutiladi.
Azotning organizmda ko‗p tutilishi bolaning 1-1,5 yoshidan 3 yoshgacha bo‗lgan
davrida kuzatiladi. Bunda bir sutkadagi dozasi bir kg og‗irlikka 4,0 oqsildir. Agar
bolaning 1 kg og‗irligiga berilayotgan oqsilning miqdori 5-6 g dan ortib ketsa,
retenziya holati to‗xtaydi.
Azotning retenziya holati ovqatdagi oqsilning boshqa moddalar bilan to‗g‗ri
nisbatda bo‗lgan holdagina amalga oshadi. Oqsilning yaxshi o‗zlashtirish oqsil,
yog‗ va uglevodlarning 1:1:4 nisbatidagina amalga oshadi. Bolaning to‗g‗ri
rivojlanishi uchun birgina oqsilning yetarli miqdorigina emas, balki sifati ham
katta rol o‗ynaydi. Oqsilning sifatliligi bola organizmini tashqil kiluvchi
oqsillarning tarkibida aminoqislotalarga qarab baholanadi.
Bolaning yoshiga qarab almashadigan va almashmaydigan ba‘zi bir
aminoqislotalarga talabi o‗zgaradi. Bolalarda kattalarga nisbatan 1 kg og‗irlikka
almashmaydigan aminoqislotalarga talabi juda katta. Oqsil almashinuvida qon
oqsillari katta ahamiyatga ega. Jigarda zardob oqsili hosil bo‗ladi. Bolalarda
yoshiga qarab katta yoshdagilardan plazma oqsili miqdori jixatidan farqlanadi.
Umumiy oqsil va gammaglobulin miqdori o‗zgaruvchandir. Umumiy oqsilning
miqdori 1 oylikkacha 4,8 % ga kamayadi va 2-3 yoshgacha normal darajag‗a
yetishadi. Gammaglobulin miqdori bola tug‗ilgandan keyin onadagi mikdorga teng
bo‗lib, 3-6 oylikda esa minimal darajag‗a pasayadi. Umumiy oqsilning 8 %, 3-4
353
yoshda kattalardagi normal darajasiga ko‗tariladi. Maktab yoshida umumiy oqsil
va uning fraksiyalarining o‗zgarishi kuzatilmaydi.
Azotning organizmga ovqat bilan tushgan katta qismi siydik orqali
mochevina sifatida ajraladi. Chaqaloqlarda hayotining birinchi kunlarida
mochevina umumiy azotning 85 % ni tashqil qiladi. 4-5 kunligida esa mochevina
ko‗paya boshlaydi. Ko‗krak yoshidagi bolalarda mochevina hisobidan 8-10 % azot
ajratiladi, katta yoshdagi bolalarda esa kattalarga nisbatan 3-5 % kam ajraladi.
Siydik kislotasi ayniqsa chaqaloqlar siydigida ko‗pdir, u ko‗p mikdorda bola
hayotining 3-4 kunligida ajralib chikadi. Siydik kislotasi va po‗rin asosining
chaqaloq bolalar siydigida kelib chiqishi birdir. Ular asosan ovqat soqining
nukleopreteidlaridan va ichak epiteliyasining ajralgan qismidan hosil bo‗ladi.
Siydik kislotasining ko‗p mikdorda ajralishi, nordon reaksiya va siydikning oz
mikdordaligi, chaqaloqlarda «mochakislыy infarqtni» ya‘ni yiguvchi trubkalarda
siydik kislotasining to‗planishiga olib keladi. Mochyokislыy infarqtda siydik
ko‗rinishi jixatidan loyka, katta solishtirma og‗irlikka ega bo‗lib, urat va amorf
tuzlarning kizg‗ish cho‗kmasini beradi. Yoshiga qarab siydik kislotasining ajralishi
kamayib boradi. Bola kattalashgan sari mochevina hosil bo‗lishining ko‗payishi,
bola o‗sishining kamayishi va modda almashinuvining normallashishi haqida
dalolat beradi. Siydik kislotasi qonda 2,4 dan 6,9 mg% gacha bo‗ladi.
Ammiak siydik orqali sulfat va fosfat kislotasi tuzlari shaklida ajraladi.
Ammiak hisobidan bolalarda kattalardan farqli ko‗proq azot ajraladi. Bola 5-6
yoshigacha siydigida, kreotinindan tashqari kreotinni bo‗lishi fiziologik holatdir,
bu modda almashinuvining o‗ziga xosligi bilan bog‗liqdir. Kreotinin bola siydigida
kamligi muskul massasining kamligi bilan bog‗liq. Qonda esa kreotinin miqdori
0,4 dan 0,68 mg% gacha bo‗lishi mumkin.
Oqsil almashinuvi patologiyasi bolalarda tug‗ma yoki orttirilgan bo‗lishi
mumkin. Mana shu kasalliklar semiotikasiga to‗xtab o‗tamiz.
Shulardan biri giperaminoatsiduriya – aminoqislotalarning siydik orqali
ajralishini ortib ketishi. Hozirgi kunda 30 ga yaqin aminoqislotalarning
reabsorbsiyasini buzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan irsiy kasalliklar ma‘lum.
Aminoqislotalarning siydik bilan ajralishini yosh bolalarda ko‗payib ketishi,
buyrak kanalchalarida ularni qaytadan so‗rilishini kamligiga bog‗liq, bu esa buyrak
kanalchalarining
yaxshi
rivojlanmaganidandir.
Kanalchalar
bir
yoshga
yetgandagina to‗liq rivojlanib bo‗ladi.
Aminoqislotalar almashinuvining kamchiliklari umumiy belgilari bilan
xarakterlanadi: kasal bolaning nerv sistemasining rivojlanishi orqada qolishi, nerv
sistemasi va boshqa organlaridagi xar xil o‗zgarishlar.
Aminoqislotalar almashinuvining irsiy kasalliklari o‗ziga xosligi shundaki,
bu kasalliklar bola tug‗ilgandan so‗ng bir qancha vaqt o‗tganda aniklanadi.
Shuning uchun bola rivojlanganda ko‗zga tashlanadigan nerv qo‗zg‗alishi va
tormozlanishi, adinamiya holati, titrash holati, aminoqislota almashinuvining
buzilganligi haqida dalolat beradi. Oqsil almashinuvining irsiy kasalliklari
semiotikasi quyidagicha: Agammaglobulinemiya – bu irsiy kasallik bo‗lib, ko‗proq
o‗g‗il bolalarda uchraydi. Kasallik 1:1000000 nisbatda tarkalgan. Kasallik hamma
immunoglobulinlarning sintezini buzilishi bilan xarakterlanadi. Bunda organizm
354
antetelalar hosil kila olmaydi, shuning uchun infeksiyaga qarshiligi pasayadi.
Bronx-o‗pka sistemasining surunkali kasalliklari va septik holatlarda rivojlanadi.
Kasallik 3-4 oylikdan boshlanadi. Qonda leykopeniya, qon zardobida
gammaglobulin fraksiyalari bo‗lmaydi.
Fenilketonuriya – bu irsiy kasallik – enzoimopatiya. Autosom retsessiv turda
o‗tadi. Kasallik asosida fenilananin fermentini, ya‘ni fenilanalin aksidaza fermenti
yetishmovchiligi yotadi. Bu ferment fenilanalinni tirozinga aylantiradi. Natijada
qonda va boshqa suyuqliklarda ko‗p mikdorda fenilananin va uning boshqa
metabolizm moddalari yig‗iladi. Enzomatik bloq ham teriozin sintezining
pasayishiga, natijada pigment melaninning hosil bo‗lishining buzilishiga olib
keladi.
Kasallik bolaning ikkinchi yarim yilligida boshlanib, bolaning nerv-psixik
rivojlanishida orqada kolib, idiopatiya holatigacha borishi mumkin, pigment
melaninning yo‗qligi sababli bola ko‗k ko‗z va oq sochli bo‗lishi mumkin.
Sistinoz – irsiy autosom ressessiv kasallik bo‗lib, asosida organizmda sistin
kristalining to‗planishi yotadi.
Kasallik bola hayotining 1-yoshida yuzaga kelib, jismoniy va ruxiy
rivojlanishda orqada kolish, ko‗sish, gastroenterit, temperaturaning ko‗tarilishi,
suyak sistemasining o‗zgarishi, buyrak ishining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Kasallikda sistin kristali ko‗z qorachigidan va siydik qoldig‗idan aniklanadi.
Bolalarda oqsilning defetsit hollari turli surunkali kasalliklarni yuzaga
kelishiga, oqsil distrofiyasiga olib kelishi mumkin.
Oqsil distrofiyasida plazmada albumin miqdori keskin pasayadi, interstitsial
bo‗shliqda osmotik bosimning kamayishi tufayli ko‗p mikdorda suv to‗planadi va
shish yuzaga keladi.
Ovqat tarkibida oqsil kam bo‗lishi, gipotrofiyaning o‗ziga xos varianti
bo‗lib, kvashiorkor deyiladi. Bunda bolaning faqat vazni kam emas, balki o‗sishi
ham kam bo‗ladi. Axlat suyuk, korni kattalashadi, jigar kattalashadi, soch to‗kiladi,
musqullar rivojlanmaydi.
Ba‘zi bolalarda oqsilni qabul kila olmaslik hollari seliakiya kasalligi uchrab
turadi, bunda ham axlat suyuk, gipotrofiya holati, qorinning metiog‗izm sababli
kattalashishi bo‗ladi.
Kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, xar xil kasalliklarda umumiy oqsilning va
oqsil fraksiyalarining miqdori o‗zgarishi mumkin. Lekin bu o‗zgarishlar spetsifik
emas, balki kasallikning kechishiga bog‗liq. O‗tkir shamollash protsesslari oqsil
formulasida gammoglobulinning ortishi bilan xarakterlanadi. Bu esa asosan
kislorod va alfa fraksiyasi hisobiga, betta globulinlarining ko‗payishi va
albuminlarning kamayishi hisobiga bo‗lishi mumkin. Bunda oqsilning umumiy
miqdori ko‗pincha normada bo‗ladi.
Surunkali kasalliklarda proteinogrammada alfa globulinlarining oshishi,
albuminlarning
kamayishi kuzatiladi.
Bu
asosan
revmatizm,
surunkali
xoletsistitlarda bo‗ladi. Amaliyotda protienogramma jigar kasalliklarida katta
ahamiyatga ega. Chunki bu kasallikda protsessning og‗irligiga qarab oqsilning
sintezi buziladi.
355
Uglevod – bu asosan yonuvchi material bo‗lib, issiklik hosil bo‗lishi va
ajralishida katta ahamiyatga ega, shuningdek oqsil, yog‗ va suv almashinuviga
ta‘sir ko‗rsatadi. Bundan tashqari kislota asos muvozanatini tutib turishda muxim
rol o‗ynab, uglevodlar bilan birga organizmga ba‘zi bir vitaminlar kelib tushadi.
Organizm tomonidan sarflangan barcha kaloriyani 50-60 % uglevodlar tomonidan
koplanadi.
Ovqatdagi asosiy uglevod – bu kraxmaldir. U so‗lak va pankreatik amilaza
ta‘sirida gidrolizlanadi, ingichka ichakda polisaxarid
maltoza
va
izomaltozagacha parchalanadi.
Hozirgi vaqtda aniklanishicha, hosil bo‗lgan maltoza va izomaltoza ovqat
bilan tushgan disaxarid saxaroza va laktoza bilan birgalikda hujayra ichida emas,
balki ichak shilliq qavatining mikroso‗rg‗ichlari ustida parchalanadi. Bu
fermentlarning
aktivligi ko‗krak yoshidagi bolalarda xar xil: maltaza 246
mikromol, saxaraza 75, laktaza 30 mikromol. Shuning uchun ko‗krak yoshdagi
bola dekstrin, maltoza aralashmasini yaxshi qabul qiladi.
Ingichka ichakda laktoza past ushlanib koladi, bu esa ich ketishiga sabab
bo‗ladi, chunki u suvni bog‗lab olish xususiyatiga ega. Disaxaridlarning
so‗rilishini buzilishi ichakdagi disaxaridazaning irsiy tarakkiy qilmasligidan
vujudga kelib, ichak oshqozon sistemasining kasallanishi, disaxaridlarning
so‗rilishini buzilishi natijasida distrofiya hollarini yuzaga kelishi bilan ifodalanadi.
Qondagi qandni miqdori yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda ona qonidagi
qonsentritsiyasi bilan bir xil bo‗ladi. So‗nggi kunlarda esa 60-70 foizdan 15 mg
foizgacha kamayadi, chala tug‗ilgan chaqaloqlarda esa gipoglikemiya holati yaqqol
namoyon bo‗lib, 6 mg foizgacha bo‗lishi mumkin.
Qonda qandni kamayib ketishi yo‗ldosh orqali onadan qandni kam mikdorda
kelishi, jigar hujayralarining to‗liq tarakkiy etmaganligi insulinga o‗ta
sezuvchanligi, nerv sistemasining to‗liq rivojlanmaganligi, glyukozaning kam
ishlab chiqilishi, atsidoz sababli fermentativ sistemasining pasayishi, hujayraga tez
kirib ketishiga bog‗liqdir.
Lekin, qonda qandning kamligi hamma bolalarda ham ko‗rinmaydi.
Gipoglikemik holat onalari qand diabeti bilan kasallanganida, modda
almashinuvining irsiy anomaliyasida, yurak qon tomir sistemasining kasalliklarida
bolalarda ko‗rinadi.
Gipoglikemik xolatning klinik belgilari teri koplamasining oqarishi,
qo‗zg‗alish, paresteziya, keyinchalik esa muskul tonusining kuchsizlanishi,
fiziologik reflekslarning pasayishi yoki yo‗qolishi, titrashining boshlanishi bilan
ifodalanadi. Agar qandning miqdori 30 mg foizgacha kamaysa, markaziy nerv
sistemasinig holatiga, bolaning normal ruxiy rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Qandning miqdori bola hayotining 15 kunligidan so‗ng sekin asta ko‗payib 1
yoshligigacha 75 mg foiz, 4-10 yoshdi 82-85 mg foiz, 10 yoshida 92 foiz bo‗ladi.
Uglevodlarni qabul kilgandan so‗ng ularning miqdori qonda 50-75 va 100
foizgacha ko‗payishi mumkin. Ovqat xazm qilish giperglikemiyasi vujudga keladi.
Glikemik chizik ovqat qabul kilgandan 2 soatlardan so‗ng normaga kelishi yoki
sezilarsiz gipoglikemik holatida bo‗lishi mumkin. Bola qancha yosh bo‗lsa,
shuncha ko‗p ovqat giperglikemiyasi sezadi.
356
Ichakda murakkab qandlarning fermentlar yog‗damida monosaxaridlarga
parchalangan qismi jigarga va periferik to‗qimalarga keladi, bu yerda xar xil
o‗zgarishlarga uchraydi. Monosaxarid almashinuvi ichida eng muhimi bu glyukoza
almashinuvidir.
Bunda glikogenning sintezi kuzatiladi. Glikogen sintezining asosiy bosqichi
bo‗lib, glyukozaning geksogenaza fermenti ishtiroqida glyukoza 6 fosfatgacha
fosforlanishi hisoblanadi.
Glikogenning sintezi uchun sistin, magniy ionlari, marganets, atsetil
kislotasining ishtiroqi zarurdir. Glikogenez jigar, muskul va boshqa to‗qimalarda
omalga oshadi.
Uglevodlar hosil bo‗lishi uchun faqatgina monosaxarid va uglevod
parchalanishida hosil bo‗lgan moddalargina emas, balki aminoqislota va yog‗lar
ham ahamiyatga ega. Glikogenni parchalanishida glyukoza 6 fosfatning roli katta.
Glikogenni glyukozagacha parchalanishi glikogenoliz deb atalib. Birinchi
bosqichda glikogenfosforilaza ta‘sirida glyukoza 1 fosfatga, ikkinchi bosqichda
glyukoza 6 fosfatga aylanadi. Glyukozaning laktozagacha aerob parchalanishi
glikoliz deb ataladi, bunda energiya ajralib chikadi.
Bola qancha yosh va uning qonida sut kislotasi qancha ko‗p bo‗lsa, glikoliz
shuncha tez kechadi. Bola qonida sut kislotasining miqdori yoshiga qarab
o‗zgaradi. Chaqaloqlarda u 18-22 mg foizni, 1 xaftaligidan 1 yoshgacha 12-16 mg
foizni, 1 yoshdan 14 yoshgacha 9-15 mg foizni tashqil qiladi. Glyukozaning suv va
karbonat angidridgacha parchalanishi pentoza sikli bo‗yicha amalga oshadi. Bu
sikl bo‗yicha glyukoza karbonat angidrid va vuvga parchalanadi. Pentoza sikli
NADF ning asosiy hosil qilish manbai bo‗lib, bu o‗z navbatda yog‗ kislotasi,
steroid aminoqislotalar sintezida kerakdir.
Pentoza sikli ayniqsa bola ravojlanishning erta davrida ya‘ni homila davrida
va chaqaloqlik davrida katta ahamiyatga ega. Homilada 50 foiz pentoza sikliga
kirishi Glyukoza 6 fosfatdegidrogenaza fermenti ishtirokida bo‗ladi. Bu
fermentning irsiy yetishmasligi pentoza siklining yo‗q kilinishi va NADF N –2
organizmda hosil bo‗lishini buzilishi va ATF ning to‗planishini buzilishiga olib
keladi. Bu fermentning yetishmasligi ba‘zi bir gemolitik tug‗ma anemiyalarning
kelib chiqishiga sabab bo‗ladi.
Glikogen kasalligi tug‗ma kasallikdir. Glikogenolizda ishtiroq etuvchi
fermentning yo‗qligi organizmda ko‗p mikdorda glikogenning to‗planishiga olib
keladi. Hozirgi paytda glikogen kasalligining 12 turi ma‘lum. Bu kasalliklarning
asosiy simptomi bu uglevodning yetishmasligi, gipoglikemiya, atsidoz, lipemiya,
giperholisterinemiyadir.
Kasallik
klinikasida
organ
va
to‗qimalarning
funksiyasining o‗zgarishi kuzatiladi. Glikogen qaerda ko‗p to‗plangan bo‗lsa o‗sha
yerda ko‗rinadi.
Uglevod almashnuvining buzilishini tug‗ma kasalliklariga galaktozemiya va
fruktozemiya kiradi. Bu kasallikning asosida galaktoza va fruktozaning glyukozaga
fermentativ aylanish protsessining buzilishi yotadi. Bu esa galaktoza 1 fosfat uritsil
transferazaning fruktozemiyada yetishmasligidan kelib chikadi.
Hujayralarda to‗plangan galaktoza 2 fosfat ularga zaxarli ta‘sir ko‗rsatadi.
Bunda glikoliz va oqsidlanish-fosforlanish reaksiyalari zarar ko‗radi. Ayniqsa
357
markaziy nerv sistemasining hujayralari, jigar, buyrak hujayralari zararlanadi ko‗z
gavxari xiralashadi. Kasallik autosom-retsessiv tip bo‗yicha kechadi. Klinikada
hayotining birinchi kunidan ich ketishi, sarg‗ayish, qonda bilirubinning ko‗payishi,
gepatomegaliya, jigar sirrozi, rivojlanishning to‗xtashi kuzatiladi. Fruktozemiya
kasalligi esa quyidagicha kechadi: oshqozon-ichak sistemasini buzilishi, jismoniy
rivojlanishning to‗xtashi, gipoglikemik krizlar, xushidan ketish va shok holati,
jigar razmerini kattalashishi va x.k. Kasallik ko‗krak yoshidagi bolalarga meva va
sabzavot sharbatlarini berishdan boshlanadi. Bunda qusish, ich ketish, gipotrofiya
hollari yuzaga kelib, bola sekin o‗sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |