350
BOLALARDA ENERGIYa SARFLANIShINING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYaTLARI. OQSIL, UGLEVODLAR, YoG‘ ALMAShINUVLARI VA
ULARDA UChRAYDIGAN KASALLIKLAR SEMIOTIKASI
Modda almashinuvini bolalarda o‘ziga xosligi va ularni buzilishi. Modda
almashinuvi assimilyatsiya, ya‘ni oddiy moddalardan murakkab moddalar
sintezlanishi va dissimilyatsiya, ya‘ni organizmga tushgan murakkab moddalar
parchalanishidan iborat. Anobolizm tezlik reaksiyalari (hujayralarning tiklanish
sintez protsesslari yo‗li bilan va hayotiy moddalarning paydo bo‗lishi) va
katobolizm murakkab organik moddalarning paydo bo‗lishi) , moddalarning hosil
bo‗lishi va parchalanishi muvozanatda bo‗ladi.
O‗sib kelayotgan bola organizmda esa sintez reaksiyalari parchalanish
reaksiyalaridan yuqori bo‗ladi, modda almashinuvi balansi ijobiy va bu
ko‗rinishning tagida asosiy hujayralar ko‗payadi.
Organizmda modda almashinuvining quyidagi bosqichlari kuzatiladi:
Xazm qilish – oshqozon ichak sistemasining protsesslari, ovqat moddalarini
so‗rishga tayyog‗lash. Bu holatga ichakning bakterial florasi ta‘sir etadi.
So‗rilish – ovqat moddalarini ichak shilliq qavatlaridan so‗rilish protsesslari.
Oraliq almashinuv – hujayra ichi sintezi va parchalanishining fermentlarga
bog‗liq va neyrogumoral boshqarilishi. Oxirgi modda almashinuvi maxsulotlarini
chikarish.
Ozuqa moddalarini parchalanishi natijasida energiya hosil bo‗lishini 3 ta
asosiy fazasi bo‗ladi:
1-fazada ozuqa moddalarining katta molekulalari mayda molekulalarga
parchalanadi. Uglevodlar geksozani,oqsillar aminoqislotalarni, yog‗lar glitserin va
yog‗ kislotalarini hosil qiladilar. Bunda hosil bo‗ladigan energiya uncha katta
bo‗lmay umumiy energiyaning 0,6-1 % ni tashqil qiladi. Hosil bo‗lgan bunday
energiya miqdori faqat issiklik hosil qilishda ishlatiladi.
Kimyoviy reaksiyaning 1-fazasida ozuqa moddasining tayyog‗lashi va
energiyaning ajralib chikishi kuzatiladi. Ozuqa moddasining parchalanishga
tayyog‗lanishi oshqozon ichak yo‗llarida boshlanadi.
2-fazada (oralik almashinuvining erta fazasida) 25-30 ta moddalar
parchalanishidan, SO
2
, N
2
O va 3 ta oxirgi maxsulot hosil bo‗ladi:
– ketoglyutarat ( - ketaglyutarovoy kislotы), oqsalatsetat (shavelevo-
uksusnoy kislotы) va atsetat (uksusnoy kislotы) atsetil-koa ko‗rinishda. Ikkinchi
fazada 30 % ga yaqin energiya ajraladi. Uchinchi fazada (oralik almashinuvini
oxirgi fazasida) – ikkinchi fazaning uchta moddasi Krebs siklida yonadi va
karbonat angidrit va suv hosil bo‗ladi Ozuqa moddalaridan energiyaning 60-70 %
ajraladi. Shunday qilib, energiyaning asosiy qismi modda almashinuvining organik
birikmalar oqsidlanish protsessida hosil bo‗ladi. Bunda hosil bo‗lgan energiya
butunlay issiklik energiyasiga aylanmaydi. Kisman to‗yingan fosfat energiyasiga
aylanadi, markaziy o‗rinni bularning ichidan adenozintrifosfat kislotasi oladi.
(ATF). ATF – bu universal energiya moddasi, o‗zida energiyani to‗playdi,
organizmda transport energiyasi shaklida bo‗ladi. ATF – oqsidlanish forforlanish
351
reaksiyasi natijasida hosil bo‗ladi. Hujayra metaxodriyasida biologik oqsidlanish
fermentlari to‗plangan. ATF ning miqdori chaqaloqlar qonida 38,8 mg%, 1
yoshdan 14 yoshgacha esa 34,0 mg% ni tashqil qiladi.
Katta odamlarning organizmida ajralib chikkan energiya quyidagilarga sarf
kilinadi:
Hayot jarayonida organizmning tinch holatida ushlab turish.
Ovqatni parchalash va xazm qilish.
Muskullar ish faoliyatiga.
Kattalardan farqli bolalarda bir kism energiya bolaning o‗sishi va tana
og‗irligini oshishiga ketadi.
Ovqat maxsulotlaridan hosil bo‗lgan energiya quyidagicha taksimlanadi:
bolalarda 60 %i asosiy almashinuviga, 15 %i o‗sishga va moddalarni tuplashga, 5
%i ovqatga o‗ziga xos ta‘sir qilishiga, 15 % ovqat maxsulotlarining namlanishiga,
5-10 % chikindi sifatida chikadi.
Bolalarda eng asosiysi - bu asosiy modda almashinuvidir. U kattalarga
nisbatan yuqoriroq bo‗ladi. Bolalarda asosiy modda almashinuvining intensivligi
quyidagi faktorlarga bog‗liqdir: yoshiga, jinsiga, og‗irligiga, qonstito‗tsiyasiga,
hayot sharoitiga va xakazo.
Asosiy modda almashinuvining kattaligi kaloriyalarda 1 kg tana og‗irligiga
nisbatan o‗lchanadi. Bolalarda chaqaloqlik davrida yuqori emas (38-42 kkal),
ayniqsa chala tug‗ilgan chaqaloqlarda juda past. Keyinchalik asosiy modda
almashinuvi ularning og‗irligiga proporsional ravishda sekin asta orta boradi va 1-
1,5 yoshlarida o‗zining maksimal ko‗rsatkichlariga yetadi, ya‘ni 55-60 kkal,
keyinchalik asta sekin pasaya boradi, kattalarda esa 23 kkal.
Asosiy modda almashinuvi energiyasining yuqori bo‗lishi bolani bir yoshlik
davrida tez o‗sishiga bog‗liq.
Asosiy modda almashinuvi kiz bolalarda o‗g‗il bolalarga nisbatan past
bo‗lib, lekin birinchi yarim yillikda kiz bola va o‗g‗il bolalarda bir xil bo‗ladi.
Ikkinchi yarim yillikdan esa o‗g‗il boallarda modda almashinuvi yuqorilashadi. 12-
13 yoshlarida o‗g‗il va kiz bolalarda modda almashinuvi tenglashadi, lekin o‗g‗il
bolalarning o‗smirlik davriga kelib modda almashinuvi yana kiz bolalarga nisbatan
ortib ketadi.
Asosiy modda almashinuvi bolalarni qonstitutsiyasiga ham bog‗liqdir.
Baxorda va yozda
asosiy modda almashinuvi, qish va kuzga nisbatan yuqoridir.
Energiyani sutka davomida sarflanishi bir kg og‗irligiga yoshiga qarab
kamayib boradi: 1-3 oylikda 120-160 kkal, 6-12 oyda 90-100 kkal, 7-10 yoshda
60-70 kkal, 11-15 yoshda 45-55 kkal, kattalarda esa 35-40 kkal. Chaqaloqlarda
kattalarga nisbatan muskul ishiga energiya ko‗p sarflanmaydi. Bola yiglaganda
yoki kichkirganda energiya sarflanishi 200 % ga oshishi mumkin. Maktab
yoshidagi bolalarda muskul ishi intensivlashganida energiya ko‗p sarflanishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: