― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


Biz naqd pulsiz jamiyatga o„tmoqdamizmi?



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

Biz naqd pulsiz jamiyatga o„tmoqdamizmi?        

So‗nggi o‗n yillikda doimiy ravishda naqd pullarsiz jamiyatga o‗tish masalasi 

muhokam etib kelinmoqda. Ammo tarixiy rivojlanishning ushbu bosqichi xali xam 

amalga  oshgani  yo‗q.  Misol  uchun,  1975  yilda  Business  Week    elektron 

to‗lovlarning  tatbiq  etilishi  ―tez  suratlarda  aynan  pul  konsepsiyasini  o‗zgarishi‖ 

ga  olib  kelishini  bashorat  qilgan  edi.  Ammo  bir  necha  yillar  o‗tgandan  so‗ng 

nashr o‗zining xulosalarini rad qildi. So‗nggi yillarda ist‘emolchilarning elektron 

pullardan  foydalanishga  o‗rgatish  maqsadida  smart  kartalarni  tatbiq  etish  bilan 

bog‗liq  bilan  bir nechta  tajribaviy  loiyhalarni  amalga oshirilishi  muvaffaqiyatsiz 

yakunlandi.  1995  yilda  Buyuk  Britaniyada  muomalaga  chiqarilgan  eng  birinchi 

reklama  qilingan  xotirali  kartochkalardan  biri  Mondex  faqatgina  mamlakatning 

bir  nechta  universitet  shaxarchalarida  foydalanildi.  Germaniya  va  Belgiyada 

millionlab odamlar mikroprotsessor o‗rnatilgan kartochkalarga ega bo‗lib, aynan 

ushbu  kartochkalarni  elektron  pullar  sifatida  foydalanish  mumkin.  Lekin  bunday 

turdagi  kartochkalardan  foydalanuvchilar  juda  kamchilikni  tashkil  qiladi.  Nima 

sababdan  biz  qog‗oz  pullarsiz  jamiyatga  juda  sekinlik  bilan  o‗tmoqdamiz? 

Garchand  elektron  pullar  qog‗oz  pullar  to‗lov  tizimiga  nisbatan  ancha  qulay  va 

samarali  bo‗lsada,  bir  qator  kamchiliklarga  ega  hisoblanadi.  Birinchidan, 

kompyuter,  kard  redir  va  telekommunikatsiyalar  tarmog‗ini  o‗rnatish  juda  katta 


mablag‗  talab  etganligi  bois  elektron  pullar  asosiy  to‗lov  shakli  sifatida  o‗rin 

egallashi  qiyin  kechmoqda.  Ikkinchidan,  elektron  pullarga  o‗tish  ishonchlilik  va 

xavfsizlik masalasida bir qator savollarni o‗rtaga tashlaydi. Biz tez-tez qandaydir 

xaker  ma‘lumotlar  bazasini  ochganligi  va  mavjud  ma‘lumotlarga  o‗zgartirish 

kiritganligi  to‗g‗risida  eshitib  qolamiz.  Ko‗p  uchrab  turadigan  xolatlaridan  biri 

jinoyatchilar elektron to‗lov tizimidagi bank xisobraqamlarini ochishib, birovning 

xisobvarag‗idagi  pullarni  o‗g‗irlash  orqali  o‗zining  xisobraqamiga  o‗tkazib 

yuboradi.  Bunday  turdagi  firibgarliklarni  oldini  olish  maqsadida  qilingan 

xarakatlar  informatsion  texnologiyalar  xavfsizligi  sohasida  yangi  tadqiqotlarni 

rivojlantirishga turtki bo‗lmoqda. Bu masalada xavotirning kuchayishiga yana bir 

sabab  shu  bilan  izohlanadiki,  elektron  mablag‗lardan  to‗lov  sifatida  foydalanish 

sotib  oluvchilarning  ehtiyojlarini  to‗g‗risida  ―elektron  iz‖  larni  qoldirilishiga 

sabab  bo‗ladi.  Xukumat,  ish  beruvchilar  va  savdogarlar  ushbu  ma‘lumotlardan 

foydalanishi orqali fuqarolarning shaxsiy hayotiga daxl qilishlari mumkin bo‗ladi.        

Yuqorida  qilingan  muxokamalardan  xulosa  qilishimiz  mumkinki,  kelajakda 

elektron pullardan foydalanish  keng  ko‗lamda  amalga oshirilishiga qaramasdan, 

Mark  Tvinning  ―naqd  pullardan  foydalanishning  to‗xtashi  to‗g‗risidagi  mish-

mishlar ancha oshirib yuborilgandir‖. 

Elektron pullarning uchinchi shakli elektron naqd pullar hisoblanib,  Internet 

orqali  tovar  va  xizmatlar  sotib  olishni  ko‗zda  tutadi.  Internetdan  foydalanish 

imkoniyatiga  ega  bo‗lgan  sotib  oluvchi  bankda  o‗z  xisobvarag‗ini  yuritadi  va 

o‗zining  shaxsiy  kompyuteridan  elektron  naqd  pullarni  oladi.  To‗lovni  amalga 

oshirishni tugatish uchun elektron magazinga murojaat qiladi va tanlangan tovar 

bilan bir qatorda ―sotib olmoq‖ tugmasini bosadi. Natijada elektron naqd pullar 

avtomatik  ravishda  uning  kompyuteridan  sotuvchining  kompyuteriga  o‗tadi. 

Tovarlar  yuklangungacha  sotuvchi  sotib  oluvchining  hisobraqamidan  pullarni 

olishi  mumkin.  Elektron  pullarning  qulayligini  hisobga  olib,  uylamizki,  biz  tezlik 

bilan barcha to‗lovlar elektron ko‗rinishda amalga oshiriladigan qog‗oz pullarsiz 

jamiyatga o‗tishimiz zarurdir. Afsuski, xozirgi davrgacha bu tizimga o‗tish amalga 

oshmadi.  (yuqorida  keltirilgan  ―Biz  naqd  pulsiz  jamiyatga  o‗tmoqdamizmi?‖ 

parchasiga qarang. )   


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish