― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

Tovar pullar. 

To‗lov tizimining rivojlanish istiqbollarini baholash uchun, uning shakllanish 

tarixini o‗rganish lozim. Pul funksiyasini bajaradigan har qanday ob‘ekt universal 

jihatdan qabul qilingan bo‗lishi shart va barcha tovarlar va xizmatlar uchun to‗lov 

sifatida  qabul  qilishga  rozi  bo‗lishi  lozim.  Har  bir  kishi  uchun  ahamiyatga  ega 

bo‗lgan  ob‘ekt  iqtisodiyotda  pul  rolini  bajarish  uchun  ehtimoliy  nomzod 

hisoblanadi. Qimmatbaho metall yoki boshqa qimmatli tovardan ishlangan pullar 

tovar  pullar  deyiladi.  Qadimgi  davrdan  toki  so‗nggi  o‗rta  asrlargacha  eng 

primitivlaridan tashqari barcha jamiyatlarda  ayirboshlash vositasini tovar pullar 

bajarishgan.    To‗laligicha  qimmatbaho  metallar  asoslanadigan  to‗lov  tizimining 

muammosi  shundan iborat ediki, bunday pullar juda og‗ir va bir joydan ikkinchi 

joyga  tashish  juda  ham  qiyin  edi.Barcha  narsalarni  faqat    metall  pullarga  sotib 

olishga  to‗g‗ri  kelganda,  sizning  cho‗ntagingizda  qanday  teshiklar  bo‗lishini 

tasavvur  qilib  ko‗ring.  SHunisi  aniqki,  biror  narsani  xarid  qilishga  to‗g‗ri  kelib 

qolsa,  uyingizdan  pullarni  etkazib  berish  uchun  yuk  mashinasi  yollashingiz  talab 

qilinadi.  

Qog„oz pullar. 

To‗lov  tizimi  rivojlanishining  keyingi  bosqichi  qog‗oz  pullar  hisoblanadi. 

(ayirboshlash vositasi sifatida foydalaniladigan qog‗oz varaqlari). Dastlab qog‗oz 

pullarni  tangalarga  yoki  ma‘lum  bir  miqdordagi  qimmatbaho  metallarga 

ayirboshlashni  kafolatlash  tizimi  mavjud  edi.  Ammo  ko‗plab  mamlakatlarda  bu 

qog‗oz  pullar  qonuniy  ravishda  qarzlarni  to‗lash  bilan  bog‗liq  ayirboshlash 

operatsiyalarida foydalaniladigan, ammo tangalarga yoki qimmatbaho metallarga 

ayirboshlanmaydigan    fidutsiar  qog„oz  pullarga  aylandi.  Qog‗oz  pullarning  eng 

katta  ustunligi  shundan  iboratki,  ular  tangalar  yoki  qimmatbaho  metallarga 

nisbatan  engilroq  edi. Ammo  ayirboshlash  vositasi sifatida  ular  faqatgina qog‗oz 

pullarni  muomalaga  chiqaruvchi  hokimiyatga  faqatgina  ma‘lum  bir  ishonch 

bo‗lgan  holatdagina  ayirboshlash  vositasi  sifatida  qabul  qilingan.  Qog‗oz 

pullarning  bosma  holati  sifati  etarli  ravishda  yuqori  darajada  bo‗lishi  hamda 

qalbakilashtirishning  imkoni  mavjud  bo‗lmasligi  lozim.  Qanchalik  darajada 

qog‗oz  pullar  kelishuv  shakli  bo‗lsa,  mamlakatlar  yangi  pullarni  muomalaga 

chiqarishlari  yoki  o‗z  xohishiga  ko‗ra  eski  pullarga  o‗zgartirishlar  kiritishlari 

mumkin.  Darhaqiqat,  2002  yilda  ko‗plab  Evropa  mamlakatlari  o‗zlarining  milliy 

valyutalarini bekor qilib, evroga o‗tishlari yaqqol misol bo‗ladi. Qog‗oz pullar va 

tangalarning  eng  katta  kamchiligi  ularning  osonlik  bilan  o‗g‗irlanishi  va 


hajmining  yirikligi  hisobiga  katta  miqdorda  tashish  juda  katta  xarajatlarni  talab 

qilishi hisoblanadi. Bu muammoni hal etish maqsadida to‗lov tizimi  rivojlanishida 

navbatdagi  qadam  tashlandi.  Bank  ishining  zamonaviy  darajasi  cheklarni  keng 

tatbiq etilishini ko‗zda tutadi.  

Cheklar. 

Chek  –bir  hisobraqamdan  boshqasiga  pulni  o‗tkazish  bo‗yicha  bankga 

topshiriqdir.  Cheklar  katta  miqdordagi  naqd  pullardan  foydalanmasdan 

ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Cheklarning tatbiq 

etilishi  to‗lov  tizimining  samaradorligini  sezilarli  darajada  oshirdi.  Ko‗pgina 

to‗lovlar  qarama-qarshi  yo‗nalishlarda  amalga  oshirila  turib,  bir-birini  o‗zaro 

so‗ndiradi.  Cheklar  yordamida  to‗lovlarning  o‗zaro  so‗ndirilishi  naqd  pullarsiz 

sodir  bo‗ladi.  O‗z  navbatida,  cheklardan  foydalanish  to‗lov  tizimi  bilan  bog‗liq 

transport  xarajatlari  qisqartiradi  va  iqtisodiy  samaradorlikni  oshiradi. 

Cheklarning boshqa ustunligi shundan iboratki, ularga hisobrakamdagi qoldiqdan 

oshib  ketmaydigan  summada  har  qanday  summani  yozish  mumkin.  Bu  yirik 

operatsiyalarni amalga oshirishni engillashtiradi. Cheklar xarid uchun hisob-kitob 

qilishda  qulayligi  bois  o‗g‗irlatish  imkonini  bermaydi.    Ammo  cheklarga 

asoslangan to‗lov tizimida ikkita kamchilik mavjud. Birinchidan, chekni bir joydan 

ikkinchi  joyga  etkazib  berish  vaqt  talab  qiladi.  Bu  holat  juda  ham  pulga  ehtiyoji 

bor  to‗lovni  oluvchi  boshqa  shaharda  joylashganda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bundan  tashqari  siz  chekni  egasi  sifatida  bilasizki,  chekda  yozilgan  summani 

depozitga  kirim  qilganingizdan  so‗ng  bank  bir  necha  kundan  so‗ng  sizga 

depozitdan  foydalanishga  ruxsat  beradi.  Agar  sizga  zudlik  bilan  naqd  pul  zarur 

bo‗ladigan  bo‗lsa,  cheklar  bilan  to‗lovni  amalga  oshirish  xafsalani  pir  qiladi. 

Ikkinchidan,  cheklarni  chop  etadigan  qog‗oz  qimmatga  tushadi;  baholashlaricha 

AQShda cheklarga ishlov berish xar yili 10 mlrd. AQSh dollari sarflanadi.  


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish