Moliyaviy inqirozlar
Shuni ta‘kidlash kerakki, ba‘zan moliyaviy tizim ishlamaydi va u moliyaviy
inqirozlarni keltirib chiqaradi. Moliyaviy bozorlarda muhim pasayishlar aktivlar
narxining keskin tushib ketishi va moliyaviy hamda nomoliyaviy firmalarning
bankrotlikka uchrashi bilan xarakterlanadi. Moliyaviy inqirozlar yuz yillar
davomida kapitalistik iqtisodiyotning xususiyati hisoblangan va odatda biznes
tsikllarini juda kuchli pasayishini keltirib chiqaradi. 2007 yilning avgustida
boshlab va Buyuk Depressiya davridan buyon AQSh iqtisodiyoti eng tahlikali
moliyaviy inqirozdan jabr ko‘rdi. Substandart uy-joyga ajratilgan ipoteka
kreditlarining defoltga uchrashi moliya institutlarida katta yo‘qotishlarni keltirib
chiqarib, nafaqat ko‘plab banklarning bankrotligini balki AQShdagi eng yirik
ikkita investitsion banklar hisoblangan Bear Stearns va Lehman Brothersning
faoliyatini to‘liq bankrot bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham
inqirozning natijasi eng xavfli retsessiyani keltirib chiqardi, natijada hozirgi kunda
u ―Buyuk Retsessiya‖ sifatida ko‘rsatiladi.
Nima sababdan ushbu inqirozlar sodir bo‘lganligi va iqtisodiyotga juda
katta zarar keltirganligi ham ushbu fanda muhokama qilinadi.
Moliyaviy innovatsiyalar
Moliyaviy innovatsiya, yangi moliyaviy maxsulotlar va xizmatlarning
rivojlanishi bo‘lib, moliviy tizimning samaradorligini oshirib ijobiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish uchun muhim kuch bo‘la oladi. Afsuski, ushbu sohaga oid
mavzularda ko‘rib chiqamizki, moliyaviy innovatsiyalarning ham noma‘lum
bo‘lgan tomonlari mavjud. Bular masalan, biz ko‘rib chiqqanlarimizdek ba‘zilari
kuchli moliyaviy inqirozlarga olib kelishi mumkin. Biz nima sababdan va qanday
qilib moliyaviy innovatsiyalar sodir bo‘lganligini, xususan, informatsion
texnologiyalarda sodir bo‘lgan muhim o‘zgarishlar yangi moliyaviy xizmatlarni
yaratishga imkoniyat berganligini va Elektron-moliya (e-finance) sifatida ma‘lum
bo‘lgan moliyaviy xizmatlarni elektron ko‘rinishda etkazish qobiliyatini alohida
e‘tibor bilan ko‘rib chiqamiz. Biz shuningdek, moliyaviy innovatsiyalarni ham
o‘rganamiz. Chunki, u moliyaviy institutlarning bir qismi hisoblangan ijodiy
o‘ylash qanday qilib katta foyda keltirganligi va ba‘zida moliyaviy parokandalikni
keltirib chiqarganligiga guvoh bo‘lamiz. Tarixda moliyaviy tashkilotlar tomonidan
innovatsiyalarning joriy etilishini tahlil qilsak, kelajakda ularning hatti
harakatlarini oldindan aytib berish mumkin. Bu bilimlar moliyaviy tizimning
o‘zgarishida vaqt o‘tishi bilan muntazamlikni o‘rganishga imkon beradi, bu esa
banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar to‘g‘risidagi bilimlarni doimiy ravishda
yangilanib turishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |