― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


  Pul  tizimi  shakllari  va  ularning  evolyutsiyasi:  bimetallizm



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

6.4.  Pul  tizimi  shakllari  va  ularning  evolyutsiyasi:  bimetallizm; 

monometallizm; qog‘oz va kredit pullari tizimi. 

 

amlakatda  umumiy  ekvivalent  sifatida  qabul  qilingan  metallga  va 

tanga  muomalasi  bazasiga  qarab  pul  tizimi  bimetalizm  va  monometalizm  pul 

zimlariga bulinadi. 

Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va 

kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan xam tangalarning erkin muomalaga 

chiqarilishi  va  ularning  cheksiz  almashishiga  amal  qilingan.Parallel  valyuta 

tizimida  ikki  metall  qiymati  stixiyali,  metallning  bozor  bahosiga  munosib  tarzda 

belgilangan.  Bu  pul  tizimida  davlat  metallar  orasidagi  mutanosiblikni  o`rnatib 

qo`ygan.  Oltin  va  kumush  tangalarning  chiqarilishi  va  ularning  axoli  tomonidan 

qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan. 

Bimetallizm  XVI-XVII  asrlarda  keng  tarqalgan  bo‘lib  G‘arbiy  Yevropaning 

qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Fransiya, Belgiya, 

Shveytsariya  va  Italiya  mamlakatlari  bimetallizmni  xalqaro  sulh  -  Lotin  tanga 

Ittifoqi  yordamida  saqlab  qolishga  urinishgan.  Tuzilgan  konvensiyada  ikkala 

metalldan  ham  5  frank  va  undan  yuqori  qiymatli  tangalarni  chiqarish,  oltin  va 

kumush  o‘rtasida  1:15,5  qiymat  mutanosibligini  o‘rnatish  shartlari  ko‘zda 

tutilgan


66

Biroq, bimetallik  pul  tizimining  qo`llanilishi  rivojlangan  kapitalistik  xo`jalik 



extiyojlariga  mos  kelmasdi,  chunki  qiymat  o`lchovi  sifatida  bir  vaqtning  o`zida 

ikki  metall  -  oltin  va  kumushning  qo‘llanilishi  pulning  ushbu  funksiyasi  tabiatiga 

to‘g‘ri kelmagan. Umumiy qiymat o‘lchovi bo`lib faqat birgina tovar xizmat qilishi 

mumkin.  Bundan  tashqari  ikki  metall  orasidagi  davlat  tomonidan  o‘rnatiladigan 

nisbat  ularning  bozor  narxiga  to‘g‘ri  kelmas  edi.  XIX  asr  oxirida  kumush  ishlab 

chiqarishning  arzonlashishi  va  uning  qadrini  yo‘qotishi  natijasida  oltin  tangalar 

muomaladan  xazinaga  keta  boshladi.  Bunda  Kopernik-Greshemning  qonuni 

yuzaga chiqqan, ya‘ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. 

Kapitalizm  taraqqiyoti  mustaxkam  pul,  yagona  umumiy  ekvivalent  bo‘lishni 

talab qildi, shuning uchun bimetalizm o‘z o‘rnini monometalizmga bo‘shatib berdi. 

Monometalizm  -  bu  pul  tizimida  yagona  metall  (oltin  yoki  kumush  umumiy 

ekvivalent va pul muomalasining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga 

va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallar almashiniladi. 

                                                 

66

 

Красавина Л.Н. ―Международный валютно-кредитный и финансовый отношения‖ 



Москва, ‖Финансы и статистика‖. 2005. Стр 68.

 




Rossiyaning  O‘rta  Osiyoga  yurishi  natijasida,  1865  yilda  Toshkent  ruslar 

qo‘liga  o‘tgan.  Keyinchalik  Buxoro  davlatining  O‘ra  tepa,  Jizzax,  Samarqand, 

Kattaqo‘rg‘on,  Urgut  kabi  shaharlari  Rossiya  tasarrufiga    o‘tgan.  Buxoro  amiri 

Rossiya  bilan  do‘stlik  shartnomasini  tuzgan  va  yarim  mustaqil  davlat  bo‘lib 

o‘zining  mustaqil  pul  tizimini  saqlab  qolgan  hamda  mustaqil  pul  siyosatini  olib 

borgan. O‘sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo 

Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira) 

4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko'proq kumush tanga 

ishlatilib,  uning  kursi  1  tangaga  12  kopeekdan  20  kopeekkacha  o‘zgarib  turgan. 

O‘tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo'qonda, keyinchalik, Buxoroda 

o‘z  banklarini  ochgan.  Muomalaga  rus  oltin,  kumush  tangalari  va  kredit  biletlari 

kirib  kelgan.  Buxoroda  rus  oltin,  kumush  tangasidan  ko‘ra  kredit  biletlari  juda 

mashhur  bo‘lgan.  Buxoro  beklariga  amirga  to‘laydigan  soliq  va  boshqa  to‘lov, 

in‘omlarini  kumush  tangada  karvonlarda  olib  kelgandan  ko‘ra,  kredit  biletlarda 

olib kelish arzon va oson bo‘lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga 

almashtirilgan.  Rus  banklarida  kumush  tangalar  qaytib  muomalaga  chiqmagan. 

 

Ular Rossiyaga jo‘natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus 



kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan

67



Kumush  monometalizmi  Rossiyada  1843-1852  yillarda,  Gollandiyada  1847-

1875 yy. da mavjud bo`lgan. 

Chor  Rossiyada  kumush  monometalizmi  tizimi  1839-1843  yillarda 

o‘tkazilgan pul isloxoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo‘lgan. 

Keyinchalik  muomalaga  kredit  biletlari xam  chiqarilgan, ular kumush  tanga bilan 

teng  muomalada  qatnashgan  va  erkin  tarzda  metallga  almashtirilgan.  Lekin  bu 

isloxot  sunayotgan  krepostnoylik  tizimi  davlat  byudjeti  va  tashqi  savdo  balansi 

taqchiligi  sharoitida  pul  muomalasini  uzoqroq  muddatga  tartibga  sola  olmagan. 

1853-1856  yillardagi  Qrim  urushi  ko‘p  miqdorda  qo‘shimcha  kredit  pullar 

emissiyasini talab qildi va natijada ular qog‘oz pulga aylanib qoldi. 

Ilk bor oltin  monometalizmi  (standart)  pul  tizimi  sifatida  Buyuk  Britaniyada 

XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko‘pchilik 

boshqa  davlatlarda  u  XIX  asrning  oxirlarida  joriy  qilingan:  Germaniyada  -  1871-

1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Fransiyada - 1876-1878 

yilda,  Avstriyada  -  1892  yilda,  Rossiya  za  Yaponiyada  -  1897  yilda,  AQSh  da  - 

1900 yilda. 

Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab 

chiqarish,  kredit  tizimi,  jaxon  savdo  kapitali  kelib  chiqishining  rivojlanishiga 

yordam bergan.  


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish