olib, pul berib kunini o’tkazib yurardi. (Jimjitlik,37 b) Nurmat tog’a –
o’xshatish subyekti; bulbulning qafasi – o’xshatish etaloni; pul olib, pul
bermoq semasi – o’xshatish asosi; -dek – o’xshatishning shakliy ko’rsatkichi
hisoblanadi.
3. Mirvali pastga tushib, qo’lini peshonasiga soyabon qilib, xuddi arra
bilan qirqilgandek tik qoyaga qaradi. O’ttiz metrli teleminora qoyaning qoq
belida fil xartumidek ildizga ilinib qolgan edi. (“Jimjitlik”, 19b) Bunda: Mirvali
- o’xshatish subyekti; arra bilan qirqilganlik - o’xshatish etaloni; qoya -
o’xshatish asosi; xuddi va - dek - o’xshatishning shakliy ko’rsatkichlaridir.
Ushbu matnda biz ketma –ket kelgan o’xshatishlarni uchratdik. Bu
yozuvchining mahoratli ekanligidan dalolat beradi. Ushbu o’rinda kelgan
ketma-ket o’xshatishlar badiiy nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat
qilgan. Bunda: teleminora - o’xshatish subyekti; fil xartumi - o’xshatish
etaloni; ildizga ilinib qolmoqlik semasi - o’xshatish asosi; - dek –
o’xshatishning shakliy ko’rsatkichi hisoblanadi.
1
Mahmudov N. O’xshatishlar – obrazli tafakkur mahsuli.// O’TA, 2011, 3-son, 20b
2
Mahmudov N. O’xshatishlar – obrazli tafakkur mahsuli.// O’TA, 2011, 3-son, 20b
3
Yo’ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. T. : “Fan”, 2006, 63b
71
O’xshatish etaloni o’xshatish konstruksiyaning poetik qimmatini,
estetik salmog’ini belgilaydi. O’xshatish etaloni qanchalik original bo’lsa,
o’xshatishli qurilma ham shu darajada oxorli bo’ladi.
1
Avvalo, ta’kidlash lozimki, o’xshatishlar o’ziga xos obrazli tafakkur
tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda
hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo’ladi, nutqning emotsional-
ekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’xshatishning ikki turi, ya’ni:1) individual-muallif o’xshatishlari yoki erkin
o’xshatishlar; 2) umumxalq yoki turg’un (doimiy) o’xshatishlar farqlanadi.
2
M.Yo’ldoshev tasnifiga ko’ra, o’xshatishli qurilmalar an’anaviy va xususiy –
muallif o’xshatishlari kabi guruhlarga ajratilgan. An’anaviy o’xshatishlar
og’zaki nutqda ko’p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo’qotgan
o’xshatishlardir.
3
Masalan: Hojimurod toyib yiqildi. Osmon yo’lini to’sgan
tog’lar tepasidagi oyning doka orqasiga chiroq yoqqandek ojiz shu’lasi
taralib kelardi. (Jimjitlik, 50 b). Past – balandlar, bag’rini yerga berib yotgan
filga o’xshash bahaybat toshlar shaklini yo’qotgan. Ilondek to’lg’ongan soy
ham endi yo’qqa o’xshaydi. (Jimjitlik, 53 b) Beshik, belanchak, qiz sumak,
o’g’il sumak, ip o’raydigan urchuq, zarang cho’mich, o’roq bozori qozondek
Do'stlaringiz bilan baham: |