II BOB. Said Ahmad ijodidagi badiiy tasvir vositalarining lingvistik
asoslari hamda ularning nutqiy individuallikni ta’minlashdagi o’rni
O’zbek adabiy tilining rivojlanishi, umummilliy adabiy til darajasiga
ko’tarilishida badiiy adabiyotning o’rni beqiyosdir. Shunday ekan, bugungi kun
davr adabiyoti rivojiga o’z hissasini qo’shayotgan ijodkorlar asarlarining tili va
uslubini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda yozuvchi Said
Ahmad asarlariga murojaat qildik.
Yozuvchi voqelikni badiiy-estetik jihatdan ta’sirchan va yorqin ifodalash
uchun tilning fonetik, leksik va grammatik imkoniyatlaridan o’ziga xos
foydalanadi.
Bu
yozuvchining
individual
uslubi
so’zlashuv
nutqi
imkoniyatlaridan foydalanishi va umumxalq tilining chegaralangan qatlamlari
boyligini o’zida aks ettirishi bilan xarakterlanadi.
Badiiy tasvir vositalariga ijtimoiy ta’sir usuli mavqeini berishga erishish
ijodkordan katta mahorat talab etadi.
Yozuvchi o’zi bayon qilayotgan fikrni o’quvchiga ixcham, aniq,
ta’sirchan va tushunarli qilib yetkazib berish uchun uzundan-uzoq ta’rif va
tavsiflar o’rniga o’xshatish, kinoya, sifatlash, majoz kabi vositalardan
foydalangan holda lo’nda va aniq qilib tushuntirishga harakat qiladi. «Bunday
vositalarni tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ifoda-tasviriy vositalar
deyiladi.
1
Maxsus ifoda-tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo’linadi.
T.Boboyevda Poetik ko’chimlar (troplar) va Poetik sintaksis (sintaktik-stilistik
figuralar) negadir faqat she’riy nutq doirasida o’rganilgan.
2
Bunday yondashuv,
bizningcha, o’zini oqlamaydi. Chunki bu o’rinda olim «poetik ko’chim» va
«poetik sintaksis» atamalarini faqat tor ma’noda, ya’ni she’riy ko’chimlar va
she’riy sintaksis sifatida qo’llagan ko’rinadi. Vaholanki, ishimizning birinchi
bobida ko’rib o’tganimizdek, «poetika» atamasi bugungi kunda, umuman
«badiiy asar poetikasi» yoki «ijodkor poetikasi» tushunchalari doirasida
1
Qo’ng’urov R. va b. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.
–T.:
O’qituvchi, 1992.
–
B.97.
2
Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari.
–T.:
O’zbekiston, 2002.
57
muayyan asar yoki muallifning badiiy nutqni bezash vositalaridan foydalanish
mahoratini ko’zda tutadi.
Shunday ekan, uslubshunoslik nuqtai nazaridan qaralganda, tor
ma’nodagi, ya’ni faqat she’riy asarlarga xos poetik ko’chim va poetik sintaksis
doirasida nazariy ma’lumotlarni taqdim etish «Adabiyotshunoslik asoslari»
darsligi uchun yetarli emas. Negaki, «ko’chimlar» sifatida berilgan istiora,
o’xshatish, sifatlash, jonlantirish, ramz, allegoriya, metonimiya, mubolag’a,
sinekdoxa, metafora, perifraz, kinoya, sarkazm, oksimoron,hamda poetik
sintaksis sifatida tahlil qilinadigan gradatsiya, klimaks, antiklimaks, ritorik
so’roq, ritorik xitob, ritorik murojaat, badiiy takrorlar, ellipsis, sukut,
parallelizm, antiteza, xiazm, polisindeton va boshqalar faqatgina she’riy
asarlarga xos badiiy tasvir vositalari emas. Ularga nasriy va dramatik asarlardan
ham o’nlab misollar keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |