Jahon tarixi


XIX  asrning  30—60-yillarida  Koreya



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/251
Sana31.12.2021
Hajmi3,83 Mb.
#255909
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   251
Bog'liq
[@e tarix] 8-sinf Jahon tarixi (2)

XIX  asrning  30—60-yillarida  Koreya. 
XIX  asrning  30- 
yillaridan  koreys  jamiyatining  barcha  tizimlaridagi  inqiroz 
yanada keskinlashdi.  Ichki siyosiy ziddiyatlar tufayli zaiflashgan 
Li  sulolasi  tanazzulga  yuz  tutdi.  Ana  shunday  paytda  mam- 
lakatga  Koreyani  chet  davlat  uchun  ochish  va  uni  mustamla- 
kaga  aylantirishga  intilayotgan  kapitalistik  davlatlar  xavf  so- 
layotgan  edi.  Bu  xavf  dastlab  yevropalik  xristian  missioner- 
larining  faolligi  oshganligi  bilan  ifodalandi.  1831-yili  Rim 
papasi  Koreya  yepiskopligi  tuzilganligini  e’lon  qildi.  1832- 
yili  Koreya  qirg‘oqlari  yaqinida  paydo  bo‘lgan  kema  Buyuk 
Britaniya  nomidan  savdo  munosabatlari  o ‘rnatishni  taklif 
qildi,  lekin  rad javobini  oldi.  Bu  orada  xristian  cherkovi  mis- 
sionerlari  vakillari  Koreyaga  yashirin  kirib  kelib,  o‘z  faoliyat- 
larini olib borayotgan edilar.  Ular,  asosan,  fransuz missionerlari 
edi.  Bu  missionerlarning  xristian  dinini  qabul  qilgan  koreyslar 
bilan  birga  qatl  etilishi  Koreyaga  fransuz  harbiy  kemalari 
yuborilishi  uchun  bahona  bo‘ldi.  Harbiy  kuchlarga  tayangan 
fransuzlar missionerlarning o‘limi uchun tovon sifatida Koreya 
portlarining  ochilishini  talab  qildi.  Biroq  tashrif  muvaffa- 
qiyatsiz  bo ‘ldi  —  ikkita  kema  Koreya  qirg‘oqlari  yaqinida 
sayozlikka  o‘tirib  qoldi.
Xitoyning chet davlatlar uchun zo‘ravonlik bilan «ochilishi» 
va  manchjurlarning  G ‘arbning  qudratli  davlatlariga  taslim 
b o ‘lishi  Koreyaning  hukmron  doiralariga  juda  katta  ta ’sir 
ko‘rsatdi.  Seullik  hukmdorlar  mamlakatni  tashqi  dunyodan 
yana  ham  qattiqroq  va  yana  ham  toMaroq  ajratib  qo‘yish 
yo‘liga  o‘tdilar.
9   -   J a h o n   t a r i x i
129


XIX  asrning  o ‘rtalarida  Koreyadagi  ichki  vaziyat  xalq 
g‘azabining  oshib  borishi  bilan  xarakterlanadi.  Missioner- 
lardan biri  o ‘z yashirin xabarida:  «Kichik bir uchqun  shunday 
yong‘in  keltirib  chiqarishi  m umkinki,  uning  oqibatlarini 
hatto  hisobga  olib  ham bo ‘lmaydi»,  deya yozgandi.  60-yillar- 
ning  boshidagi  ocharchilik  ahvolni  yanada  og‘irlashtirib 
yubordi.  Dehqonlarning  ko‘plab 
qo‘zg‘olonlari  ko‘tarildi, 
biroq  ularning  hammasi  hukumat  tom onidan  shafqatsizlik 
bilan  bostirildi.
Bu  orada  kapitalistik  davlatlarning  Koreyaga  bosimi  ham 
kuchaydi.  Ayniqsa,  amerikaliklar  bir  necha  bor  Koreya  port- 
larini o‘zlari uchun «ochishga» va teng boMmagan  shartnomalar 
tuzishga  urinib  ko‘rdilar.  Lekin  ularning  barcha  urinishlari 
koreyslarning  qattiq  qarshiligiga  uchradi  va  amalga  oshmadi.
Biroq  Koreya  hukmron  tabaqalarining  zamon  talablariga 
mos  iqtisodiy  islohotlarni  o ‘tkazmaganligi  mamlakatni  tashqi 
dunyodan  ajratib  qo‘yganligi  Koreya  iqtisodiyotining  nochor 
ahvolda  qolaverishiga  sabab  bo ‘ldi.  Bu  esa  oxir-oqibat  Ko- 
reyaning  Yaponiya  mustamlakasiga  aylanib  qolishiga  olib 
keldi.
Buning  qanday  ro‘y  berganligini  Siz  IX  sinfda  bilib  olasiz.

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish