Jahon tarixi


Meydzi islohotlarining boshlanishi



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/251
Sana31.12.2021
Hajmi3,83 Mb.
#255909
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   251
Bog'liq
[@e tarix] 8-sinf Jahon tarixi (2)

Meydzi islohotlarining boshlanishi. Yaponiya uchun moder­
nizatsiya  davri  boshlandi.  Flukumat  o‘z  oldiga  milliy  an’ana- 
lardan  voz  kechmagan,  mustaqillikni  to ‘la  saqlab  qolgan 
holatda  g‘arb  namunasida  Yaponiyani  zamonaviylashtirish 
vazifasini  qo‘ydi.  Dastlab  agrar  islohot  o‘tkazildi.  Bu  islohot 
yerni  sotish  va  sotib  olishga,  uni  xususiy  mulkka  aylantirishga 
ruxsat berdi.  Natijada  asrlar davomida katta yer  egalari uchun 
m ehnat  qilib  kelgan  dehqonlar  chek  yerga  ega  b o ‘ldilar. 
To‘g‘ri,  yer uchun  katta  soliq  ham belgilab  qo‘yildi.  Bu  soliq 
qiymati  hosildan  olinadigan  daromad  haj mining  50  foiziga 
teng  edi.  Shuning  uchun  ham  islohotdan  10  yil  o‘tgach,  yer 
olgan  dehqonlarning  atigi  1/3  qismi  o‘zlariga  berilgan  yerni 
qo‘llarida  saqlab  qola  oldilar.  Qolganlari  esa  ijarachilarga 
aylandilar.  Shunday  b o ‘lishiga  qaramay,  islohot  qishloq 
xo‘jaligida  kapitalistik  munosabatlarning  rivojlanishini  ta ’- 
minladi.  M a’muriy  sohada o ‘tkazilgan  islohot  mahalliy knyaz- 
lar  hokimiyatini  tugatdi.  Knyazlar  qudratini  sindirish  uchun 
dastlab  yerlarining  bir  qismi  musodara  qilindi.  So‘ng  ular 
boshqaruv  huquqidan  ham  mahrum  etildi.  Joylarda  hokimiyat 
imperator  tayinlaydigan  gubernatorlar  qo‘liga  o ‘tdi.
Flarbiy  islohotga  ko‘ra,  Yaponiyada  umumiy  harbiy  maj- 
buriyat  joriy  etildi.  Samuraylar  awalgi  qiyofasini  yo‘qotdi.
124


Endi  ular  doimiy  harbiy  xizmatda  bo‘lish  imtiyozidan  mah- 
rum   b o ‘ldilar.  Yevropacha  nusxadagi  yangi  q o ‘shinning 
shakllantirilishi  belgilandi.
Fransiyadan  harbiy  mutaxassislar  taklif  etildi.  Q o‘shin 
Yevropadan  sotib  olingan  zamonaviy  qurollar  bilan  qayta 
qurollantirildi.  Garchand  qo‘shin  yevropacha  andoza  asosida 
tuzilgan bo‘lsa-da,  uning  mafkurasi yaponcha bo‘lib  qolaverdi. 
Chunonchi,  qurolli  kuchlarda  xizmat  qiluvchilar  ongiga  o‘z 
davlatining  manfaatlariga  sodiqlik,  imperatorga  muhabbat  va 
o‘limni  nazar-pisand  qilmaslik g‘oyalari toqat bilan singdirildi. 
Bu  xususiyatlar  «yaponcha  milliy  ruh»ning  qirralari,  belgilari 
deb  hisoblandi.
Bundan  tashqari,  yaponlar  ongiga  Yaponiyaning  quyosh 
xudosi Amaterasu  xohishiga  ko‘ra  paydo  bodganligi,  shuning 
uchun  ham  bu  davlat  Osmon  va  Yer  kabi  abadiy  mavjudligi, 
imperatorga  xudo  Amaterasudek  mehribonlik  xos  ekanligi, 
uning  hech  qachon  n ohaq  b o ‘lishi  m um kin  em asligi, 
imperatorga  sodiqlik  vatanparvarlikning  oliy  namunasi  ekan­
ligi,  yaponlarning  boshqalardan  ustunligi,  millatning  ulug‘ 
vazifasi  kabi  g‘oyalar  ham  undan-da  kam  boMmagan  toqat 
bilan  singdirila  borildi.  Ayni  paytda  G ‘arb  davlatlari  siquviga 
qarshi  turmoq  uchun barcha  Osiyo  davlatlari Yaponiya  impe- 
ratori  hokimiyati  ostiga  birlashishi  lozimligi  haqidagi  g‘oyalar 
ham  esdan  chiqarilmadi.
Bu  g‘oyalarni  yoshlar  ongiga  singdirishda  ibodatxona, 
qo‘shin  va  maktablarga  katta  e’tibor  berildi.  Bu  g‘oyalar 
kelgusida  Yaponiyaning  Osiyo  qit’asida  olib  borgan  keng 
k o ‘lam li  b o sq in ch ilik   u ru sh larin i  m afkuraviy  jih a td a n  
tayyorlash  jarayonida  muhim  rol  o‘ynadi.

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish