O‘zbekiston Respublikasida o‘simlik moyi ishlab chiqarish
texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi
Arxeologik hujjatlar O‘zbekiston hududida o‘simlik moylari-
dan foydalanish odamzodga qadim zamonlardan buyon ma’lum
ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda qadimdan o‘simlik moyi kunjut, zig‘ir, indov,
masxar urug‘i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan moyju-
vozlar yordamida olingan.
Turkiston o‘lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan
buyon dunyoga mashhur. Bu o‘lkada paxtadan mo‘l hosil olib
kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini
qondirish uchun ip, bo‘z, gazlama tayyorlashga olib qolib, ko‘p
qismini paxta tozalash zavodlari bo‘lmaganligi uchun paxta-
ni chigitidan ajralmasdan savdogarlarga sotganlar. Tolasi ajratil-
gan bir qism chigitni qovun, tarvuz urug‘i, kunjut, zig‘ir va me-
va danaklari bilan aralashtirib moyjuvozda moy olishgan, bunday
yog zig‘ir yogi deb atalgan.
Tola ajratish mashinasi «jin» ixtiro qilinmaguncha chigit moy
olish uchun asosiy xomashyo sifatida ishlatilmagan. Paxtani jin-
lash qo‘llanila boshlab, chigit ko‘payib ketgach, uni sanoat miq-
yosida qayta ishlash zarurati tug‘ildi. Dastlab qurilgan zavodlar-
da bir necha yuz ming tonna paxta ishlanila boshlangach, chi git
chiqindi tariqasida paxta zavodi joylashgan shahar hududi va
temiryo‘l yoqalarini ifloslantirib yubordi. Bu chigitni qayta ish-
lash zaruratini kun tartibiga qo‘ydi.
XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda yog‘ zavodi
qurish zaruriyati paydo bo‘ldi. 1884-yilda rossiyalik tadbirkorlar
Laxtin, Sagatelev va boshqalar yordamida Qo‘qonda, 1896-yil-
da Kattaqo‘rg‘onda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik press-
li zavodlar ishga tushirildi. Turkiston o‘lkasida temiryo‘l qurilishi
va tashqi bozorlar bilan aloqaning yaxshilanishi natijasida yog‘-
moy sanoati ham rivojlandi. 1900-yilda Markaziy Osiyoda tashkil
topgan «Besh-bosh» aksionerlik jamiyati Namangan, Andijon va
Kogonda yog‘ zavodlarining qurilishini boshladi. 1913–14-yil-
larda O‘zbekiston hudududa 30 ta yog‘ zavodi bo‘lib, 57 ming
tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan. 1917–18-yillarda butun
7
O‘rta Osiyoda 150 ta pressga ega bo‘lgan 40 dan ortiq yog‘ zavo-
di bo‘lib, shulardan 19 tasi (105 ta press) Farg‘ona vodiysida joy-
lashgan edi.
Oktabr to‘ntarishidan keyin Sho‘rolar hukumati barcha sanoat
korxonalari kabi, yog‘ zavodlarini ham natsionalizatsiya qilish
natijasida zavodlar faoliyati to‘xtab qolgan. 1922-yilda bor-yo‘g‘i
2 ta zavod ishlab turgan. O‘zbekistonda paxta maydonlarining
kengayishi va paxta yetishtirishning ko‘payib borishi bilan bog‘liq
holda 30-yillardan boshlab yog‘-moy sanoati sezilarli taraqqiy et-
di, 1929–33-yillarda 1612 ming tonna chigit qayta ishlandi va
247,3 ming tonna o‘simlik yog‘i tayyorlandi.
1935-yilda Kattaqo‘rg‘ondagi yog‘ zavodida dunyoda birinchi
marta paxta chigitidan ekstraksiya usulida moy olish joriy etildi.
1942–45-yillarda Rossiyaning urush bo‘layotgan shaharlaridan
8 ta moy zavodi asbob-uskunalari bilan O‘zbekistonga ko‘chirib
keltirildi.
1948-yilgа kеlib mоy zаvоdlаridаgi gidravlik prеsslаr uzluksiz
ishlаydigаn shnеkli prеsslаr bilаn аlmаshtirildi. Buning nаtijаsidа
mоy zаvоdlаridаgi оg‘ir qo‘l mеhnаti kаmаyib ishchilаr endi
qurilmаlаrni nаzоrаt qilаdigаn vа bоshqаrаdigаn bo‘ldilаr. 1954-
yildа Buхоrо shаhridа prеss usulidа mоy оlаdigаn zаvоd ishgа tu-
shirildi.
1960-yilgа kеlib mоy zаvоdlаridа ishlаb chiqаrilgаn mоyning
46% ini ekstrаksiya usulidа, 54% ini prеsslаsh usulidа оlingаn
mоy tаshkil etdi.
Paxta maydonlarining kengayishi va paxta tozalash zavodlari-
ning ko‘payishi natijasida O‘zbekiston yog‘-moy sanoati ham-
ma chigitni qayta ishlashga ulgura olmay qoldi. Shuning uchun
har yili bir necha ming tonna chigit Rossiya va boshqa respub-
likalarning zavodlarida qayta ishlanar edi.
1980-yilda quvvati 1200 t/sutka chigitdan to‘g‘ridan to‘g‘ri eks-
traksiya usulida moy oladigan Guluston va Koson yog‘ ekstraksi-
ya zavodlari qurib ishga tushirildi. Bu zavodlarda Germaniyada
ishlab chiqarilgan rotor karusel rusumli «Ekstexnik» ekstraktor-
lari o‘rnatildi. Shundan keyin hamma chigit respublikamizning
o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ldi. Keyinchalik bu ikki zavod chi-
gitdan moy olishda forpress-ekstraksiya usuliga o‘tkazildi.
8
Hozirgi kunda respublikada yillik quvvati 3,6 mln tonna moy li
o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 39 ta korxona ishlab turib di,
bu korxonalarda paxta chigiti, soya, masxar, kungaboqar, meva da-
naklari va sabzavot urug‘idan moy olinib, bu moylarda oziq-ov qat
sanoati tarmoqlarida ishlatiladigan moylar, margarin mahsulot-
lari, mayonez, xo‘jalik sovuni, atir sovun, distillatsiyalangan yog‘
kis lotalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi vaqtda har yili o‘rtacha 245–255 ming tonna o‘simlik
moylari ishlab chiqarilmoqda. Yog‘-moy sanoatida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlardan o‘simlik moyi, glitserin, xo‘jalik
sovuni va shrot eksport qilinmoqda.
Respublikada yog‘-moy sanoati oziq-ovqat sanoati umumiy
mahsulot hajmining 40 foizga yaqinini beradi.
Qo‘qon yog‘-moy kombinati tarkibida meva danaklari va sab-
zavot urug‘laridan moy ishlab chiqaradigan maxsus zavod, Tosh-
kent yog‘-moy kombinatida margarin mahsulotlari (yillik quvva-
ti 52,4 ming tonna) va mayonez (yillik quvvati 2 ming tonna),
tarmoq dagi 10 ta korxonada xo‘jalik sovuni, Farg‘ona yog‘-moy
kombinatida atir sovun va glitserin, Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy kom-
binatida olif ishlab chiqarilmoqda.
Sanoatda ishlab chiqarishning texnik darajasi 1980-yillar oxi-
rida zamonaviy talablarga javob bermas edi. Mustaqillik sharo-
fati bilan respublikamizning dunyo bozoriga qadam qo‘yishi sa-
noatda ishlab chiqarishni qisqa muddatlarda qayta ta’mirlashga
yo‘l ochdi.
Hozirgi vaqtda tarmoq korxonalari Germaniya (Krupp, Sket),
Shvetsiya (Alfa-Loval), AQSH (Jon Braun, Kraun, Kraver), Itali-
ya (Matssona, Bollstra), Polsha, Xitoy, Eron, Ukraina va Rossiya
mamlakatlarining firmalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy as-
bob-uskunalar bilan jihozlangan. Hozir yog‘-moy sanoatida moyli
xomashyodan kompleks foydalanish vazifalari qo‘yilgan bo‘lib, bu
ayniqsa chigitni qayta ishlashda katta ahamiyatga ega. Agar ho-
zirgacha chigitdan olinadigan mahsulotlar tozalangan moy, salat
moyi, glitserin, yog‘ kislotalari, margarin, mayonez, sovun, kun-
jara, shrot, sheluxa, olif bo‘yoqlaridan iborat bo‘lgan bo‘lsa, kel-
gusida chigitni kompleks ravishda qayta ishlash hisobiga olinadi-
gan mahsulotlarning turi 3–4 marta ortadi.
9
Bugungi kunda respublika aholisi va xalq xo‘jaligini ekologik
toza, raqobatbardosh, sifatli, chiroyli qadoqlangan yog‘-moy
mahsuloti bilan ta’minlash uchun sanoat korxonalari tomonidan
keng miqyosda yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Ishlab
chiqarilayotgan moyni rafinatsiyadan keyin hidsizlantirib 0,9 litr
dan 5 litrgacha hajmda polietilen idishlarga qadoqlaydigan zamo-
naviy tizimlar hamma korxonalarda ishlab turibdi.
Yog‘-moy sanoati strukturasi tarkibiga presslash usulida,
press-ekstraksiya usulida, to‘g‘ridan to‘g‘ri ekstraksiya usuli-
da moyli xomashyolardan moy oladigan korxonalar, marga-
rin, mayonez, xo‘jalik sovuni, atir sovun, olif, gidrogenizatsi-
yalangan yog‘, glitserin, distillatsiyalangan yog‘ kislotalari ishlab
chiqa radigan korxonalar kiradi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, bu
korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turli-tuman
bo‘lib, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalar ham
turli-tumandir.
Yog‘-moy sanoati korxonalari zamonaviy texnologik uskunalar
bilan jihozlangan bo‘lib, ularda ishlab chiqarish jarayonlari patok
liniyalarida amalga oshiriladi. Sohada ishlab chiqarishni mexani-
zatsiyalashtirilganlik darajasi 85–98% ni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda yog‘-moy sanoatida ilmiy-texnikaning rivoj-
lanishi quyidagi yo‘nalishlarda bormoqda:
– moyli xomashyolarni yig‘ish, tashish va sifatli saqlashning
texnika va texnologiyasini takomillashtirish;
– yangi texnologiya va zamonaviy boshqarishga asoslangan
yangi uskunalarni yaratish;
– xomashyoni chiqitsiz kompleks ishlaydigan liniyalarini ya-
ratish;
– uskunalar va jihozlarning chidamliligi hamda ishlash mud-
datini oshirish;
– tayyor mahsulotlarni qadoqlashda yangi (tejamli, yengil,
chidamli) polimer idishlardan keng foydalanish;
– ekstraksiya, distillatsiya jarayonlarida kam energiya sarf
bo‘ladigan, erituvchi kam yo‘qoladigan uskunalarni ishlab chiqa-
rishga joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-oktabr-
da qabul qilingan «Respublikaning oziq-ovqat sanoatini boshqa-
10
rishni yanada takomillashtirish va 2012–2015-yillarda rivojlan-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–1633-sonli qarori bilan
tasdiqlangan dasturga ko‘ra oziq-ovqat xomashyosini qayta ish-
lashni kengaytirish orqali sanoat oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqarishni kengaytirish ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturga muvofiq
yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz parametrlari
quyidagicha belgilangan (1-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |