Ma’ruza matnlari


partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/234
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#255397
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   234
Bog'liq
hozirgi ozbek tili


partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim 
 
1.  “Munosabat”  tushunchasi  haqida.  Falsafada  munosabatmuayyan 
sistemadagi elementlarning joylashish tabiati va ularning bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘liqligi sifatida qaraladi. Masalan, shaxs jamiyatdagi boshqa shaxslar bilan 
bog‘liq holda yashaydi. Ushbu bog‘liqlik shaxsning munosabatidir. Oila a’zolari 
orasidagi bog‘liqlik bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.  
Oilada  ota  bilan  ona,  ular  bilan  farzandlar,  farzandlar  orasida  o‘zaro 
o‘ziga  xos  munosabatlar  oila  sistemasining  xususiyatini  namoyon  qiladi. 
Oilada har bir a’zo (element)ning tutgan o‘rni bor. Bu o‘rin boshqa a’zolarga 
ta’sir  qiladi.  Bu  oila  yaxlitligini  va  mustahkamligini  ta’minlovchi 
munosabatdir. Ahillik, hurmat-e’tibor, farosat, oilaga e’tiqod oila sistemasidagi 
munosabatlarning yorqin ko‘rinishlaridir. 
Yoki  ustoz-shogirdlik  munosabatini  olaylik.  Ustoz  shogirdiga  ta’lim-
tarbiya  beradi,  uning  dunyoqarashini  shakllantiradi.  Ustoz  ta’lim-tarbiya 
berishga  ehtiyoj  sezadi.  Shuningdek,  shogird  ta’lim-tarbiya  olishga 
ehtiyojmand  bo‘ladi.  Bu  ta’lim-tarbiya  hodisasining  sistema,  uning  asosiy 
elementlari  ustoz  va  shogird  ekanligidan  dalolat  beradi.  Ustoz-shogirdlik 
tizimida  har  bir  elementning  mavqei,  roli,  vazifasi,  majburiyat  va  burchlari 
bor. Ularga tegishli element (ustoz va shogird) ning amal qilish darajasi, ya’ni 
munosabat bu sistemaning barqarorlik va bardavomlik darajasini belgilaydi.    
Shaxs  biror  narsa  yoki  hodisaga  nisbatan  ma’lum  bir  mavqeda  bo‘ladi: 
narsani o‘rganadi, uni vujudga keltiradi, isloh qiladi. Bu ham munosabatning 
bir  ko‘rinishidir.  Yoki  kishi  turli  obyektlarni  yoki  biror  obyektning  turli 
tomonlarini  fikran  taqqoslaydi.  Bunda  ikki  xil  munosabat  namoyon  bo‘ladi: 
kishining obyektga va bir obyektning ikkinchi obyektga munosabati.  
Bir  narsaning  ikkinchi  narsaga  munosabati  masalasi  haqida  gap 
ketganda,  kimyoviy  elementlarning  davriy  jadvalini  misol  qilib  keltirish 
mumkin.  Kimyoviy  elementlar  jadvali  mavhum  (ongda  mavjud)  sistemaning 


Ma’ruza matnlari.  
 
38 
bir  ko‘rinishi.  Bunda  elementlar  atom  og‘irliklari  asosida  joylashgan. 
Boshqacha  aytganda,  ular  atom  og‘irliklari  asosida  tartiblangan.  Bu  tartib 
atom  og‘irliklari  asosidagi  munosabat  deyiladi.  Yanada  aniqroq  tushunish 
uchun  ko‘z  oldimizga  avtomobilni  keltiraylik.  Avtomobil  muayyan  (borliqda 
mavjud)  sistema  sifatida,  avvalo,  shassi,  kuzov  va  dvigatel  elementlaridan 
tashkil topgan. Bu elementlar bir-biri bilan zich bog‘langan. Biri boshqalarini 
taqozo  etadi.  Ulardan  biri    mavjud  bo‘lmasa,  sistema  (avtomobil)  harakatga 
kelmaydi.  
Ko‘rinadiki,  muayyan  sistema  elementlari  o‘zaro  munosabatga 
kirishmasa, sistema o‘z vazifasini bajara olmaydi.  Munosabat bo‘lmasa, narsa 
element  bo‘la  olmaydi  va  elementning  funksiyasini  bajara  olmaydi.  Element 
sistema  tarkibida  munosabatlar  asosida  o‘z  mohiyatiga  ega  bo‘ladi.  Masalan, 
insonning ko‘zi inson tanasidagina element bo‘lib, undan uzilsa, element bo‘la 
olmaydi va o‘zining elementar mohiyatini yo‘qtotadi.  
Munosabatlar  tegishli  elementlardan  turli  darajadagi  murakkab 
sistemalarni  keltirib  chiqaradi.  Macalan,  har  qanday  qonunlar  jamiyatni 
sistema  sifatida  tartibga  solib  turadi.  Agar  bu  qonunlar  bo‘lmasa,  jamiyat 
sistemasi  ham  mavjud  bo‘lmaydi,  sistema  o‘z  vazifasini  to‘laqonli  bajara 
olmaydi  va  barbod  bo‘ladi.  Shuning  uchun  mamlakatning  xususiyati  undagi 
asosiy munosabat – qonunlarga itoat qilish darajasi bilan belgilanadi.  
Har bir narsa, shaxs ko‘p qirrali, ko‘p vazifali bo‘ladi. Shu boisdan ular har 
bir qirrasi asosida turli sistemalarga mansub bo‘la oladi va bu sistemalardagi 
munosabatlari  ham  turlicha  bo‘ladi.  Masalan,  biror  turmushga  chiqqan 
talabani  olaylik.  U  ta’lim  sistemasida  shogird,  oila  sistemasida  turmush 
o‘rtog‘i/ona/kelin,  ota-onasi  oilasiga  munosabatda  farzand/opa/singil,  yo‘l 
harakati  tizimida  yo‘lovchi,  tushlik  paytida  xo‘randa.  Har  bir  qirrasini 
namoyon qilganda u ma’lum bir sistema tarkibiga kirib, bu sistema tarkibidagi 
boshqa  elementlar  bilan  o‘zaro  munosabatda  bo‘ladi.  Bir  sistemadagi 
munosabatlari boshqa sistemadagi munosabatlaridan farqlanadi. 
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish