O‘rik – abrikos emas, abrikos esa o‘rikdir. O‘zimiz bilmagan har qanday shartli sistema
haqida yuqoridagi fikrlarni aytsak, bo‘laveradi. Shartli belgilar, ularning ifodalovchi va ifodalanmish
tomonlari, shartli belgining tabiati, imkoniyatlari, shakllanish jarayoni, amal qilish xususiyatlari,
sharoiti haqidagi fan sohasi semiotika deyiladi. Semiotika grekcha semeion (“belgi”) so‘zidan
olingan bo‘lib, uning asoschisi amerikalik olim Charlz Sanders Pirs (1839-1914) dir. Tilshunoslik –
semiotikaning bir sohasi. Lekin semiotikani tilshunoslikning sohasi deb ajratish ma’lum darajada
mantiqsiz. Til “bor bo‘yi” bilan shartli belgilar sistemasi ekan, tilshunoslikni semiotikaning
markaziy sohasi deyishi mumkin. Noto‘g‘ri tushunish natijasida semiotika tilshunoslikda alohida
soha sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘la olmayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |