Ma’ruza matnlari



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/234
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#255397
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   234
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

 
 
Leksema va so‘zda lison va nutq munosabatining aks etishi. Leksema 
lisoniy  birlik  bo‘lsa,  so‘z  uning  nutqiy  voqelanishi,  nutqiy  birlik.  Shuning 
uchun  leksema  barcha  lisoniy  birliklarga  xos  bo‘lgan  tayyorlik,  umumiylik, 
majburiylik  kabi  xossalarga,  so‘z  esa  nutqiy  birliklarning  tayyor  emaslik, 
individuallik, ixtiyoriylik belgilariga ega. 
Leksemaning  tayyorligi  va  so‘zning  tayyor  emasligini  dalillovchi  asosiy 
belgidan  biri  –  uning  nutqda  namoyon  bo‘lishi  uchun  tayyor  bo‘lishi, 
so‘zlovchi uni nutqda faqat ishga solishi.  
Кo‘rinadiki,  leksema  ma’lum  bir  tilda  so‘zlashuvchilar  ongida  shakl  va 
mazmunning  yaxlitligi  sifatida  nutqqa  chiqishga  shay  bo‘lib  turadi,  nutq 
jarayonida  hosil  qilinmaydi.  Masalan,  o‘zbek  tilida  so‘zlashuvchilarning 
ongida, deylik stolonaruchkabormoqqizilo‘n leksemalari borliqdagi biror 
narsa,  predmet,  harakat,  miqdor,  belgi  kabini  ifodalovchi  ongdagi 
tushunchaning in’ikosi sifatidagi ma’nolari bilan tayyor bo‘lib, so‘zlovchining 
“buyrug‘i”ni kutgan holda turadi. So‘zlovchiga u ajdodlar tomonidan shakliy va 
mazmuniy  yaxlitlik  sifatida  “meros  qilib  qoldirilgan”.  So‘zlovchi  uning  na 
shakl, na ma’no tomonini hamma uchun umumiy qilib o‘zgartira oladi. Ularni 
nutq jarayonida boshqa bir ma’noda qo‘llashi mumkin, xolos. Lekin til jamiyati 
ongida  mazkur  shakl  bu  ma’noni  ifodalashga  xoslanmaganligi  uchun  u 
umumiylik  va  barqarorlik  xossasiga  ega  bo‘la  olmaydi.  Masalan,  so‘zlovchi 
haykal leksemasini “asar” ma’nosida qo‘llashi mumkin: Mening haykalim bitdi 
kabi.  Ammo  mazkur  shaklga  “asar”  ma’nosi  vaqtincha  birikib  turadi  va  bu 
birikish  o‘tkinchi  bo‘lganligi  tufayli  yashovchanlik  kasb  eta  olmaydi.  Demak, 
so‘zlovchi leksemaning na shakliy tomonini, na mazmuniy tomonini o‘zgartira 
oladi. 
So‘z  esa  til  jamiyati  a’zolari  ongidagi  leksemaning  so‘zlovchi  tomonidan 
nutq  sharoitiga  mos  ravishda  qo‘llanilishi.  Leksema  so‘z  sifatida 
voqelanganda,  o‘zining  bir  qirrasinigina  olib  chiqadi.  So‘zlovchi  leksemani 
nutqqa  chiqarganda,  unga  morfologik,  sintaktik,  uslubiy  jihatdan  ishlov 
beradi. So‘z so‘zlovchi tomonidan leksema asosida uning nutq maqsadiga mos 
ravishda  tayyorlanadi.  Masalan,  Men  qiziq,  sarguzasht  kitoblarni  sevaman 
gapidagi  kitoblarni so‘zini  olaylik.  Undagi  nutqiy  lug‘aviy  ma’no  uchun  kitob 
leksemasi  asos  bo‘lgan.  Biroq leksemaning  fonetik  qiyofasi  (ya’ni  tovushlar), 
morfologik  belgilari  (ko‘plik,  tushum  kelishigi),  sintaktik  vazifasi  (so‘z 
kengaytiruvchisi,  tobe  a’zo,  to‘ldiruvchi  ekanligi)  kabilar  so‘zlovchining 
individual  sa’y-harakati  asosida  yuzaga  keltirildi.  kitob  leksemasi  ongimizda 
“varaqlardan  tashkil  topgan,  muqovalangan,  bosma  yoki  qo‘lyozma  holdagi, 
davriy  bo‘lmagan  o‘quv  quroli”  va  “yirik  hajmli  asarning  qismi”  kabi  ikkita 
sememasi bilan tayyor va barqaror holatda turadi. Yuqoridagi gapda (nutqda) 


Ma’ruza matnlari.  
 
90 
uning  bir  ma’nosi  yuzaga  chiqqan.  Ushbu  leksemaning  ongimizda  birikuv 
imkoniyatlari  juda  kengdir.  Bu  gapda  esa  u  qiziq,  sarguzasht  so‘zlarinigina 
biriktirgan.  Boshqa  biriktirish  o‘rinlari  bo‘sh  qolgan.  Shuningdek,  ma’nodagi 
“bosma”qismisigina  yuzaga  chiqqan  bo‘lib,  “qo‘lyozma  holdagi”qismi 
voqelanmagan.  Leksemaning  semantik  imkoniyatida  kitobning  qandayligi, 
masalan,  badiiyligi  yoki  ilmiyligi  belgilanmaydi.  Lekin  u  badiiy  yoki  ilmiy 
bo‘lishi  mumkin.  So‘zlovchi  esa  yuqoridagi  so‘zda  uning  badiiyligini 
bo‘rttirgan.  
Demak,  leksema  keng  ma’noli  bo‘lib,  so‘zlovchi  so‘zda  uning  ma’lum  bir 
qirrasinigina  yuzaga  chiqaradi.  Lekin  so‘z  so‘zlovchi  tomonidan  boshqa 
jihatdan  boyitiladi. Ya’ni  aytilganidek, u  fonetik,  morfemik,  sintaktik,  uslubiy 
tomondan “to‘yintiriladi”. 
 
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish