124
O‘ZBEKISTONDA “TURISTIK QISHLOQ”, “TURISTIK MAHALLA”, “TURISTIK
OVUL”LARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
D. Yo. Barotova, magistr, QarDU
Ma’lumki, turizm – rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli
katalizatori bo’lib, xorijiy valyuta va sarmoyalar oqimini ta’minlaydi, unga yaqin sohalarning tez
o’sishiga ko’mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishda yordam beradi va mamlakatning
dunyo hamjamiyatidagi obro’sini oshiradi. Ammo joriy yil koronavirus pandemiyasi shubhasiz turizm
sohasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yakunlari
bo‘yicha xalqaro sayohatlar 89 foizga, ish o‘rinlari 74 million taga qisqarishi,
sohadagi jami
yo‘qotishlar 800 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2020 yil 16 martdan mamlakatimiz tashqi
va ichki turistlar uchun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta
mehmonxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar,
umumiy ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qo‘shib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi
daromadiga jiddiy ta’sir qildi.
Bugungi karantin bilan bog’liq davrda turistik biznes vakillari murakkab davrni boshdan
kechirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 19
martdagi 5969-sonli va 2020 yil 3 apreldagi 5978-sonli Farmonlariga muvofiq,
tadbirkorlik
sub’ektlariga pandemiya davrida qator imtiyozlar taqdim etildi.
Pandemiyaning oqibatlarini yumshatish maqsadida hukumatimiz tomonidan bu sohaga qator
yengilliklar berildi. Jumladan, 1 750 ta sub’ektga mol-mulk, yer va ijtimoiy soliqlardan 60 milliard
so‘mga yaqin imtiyoz taqdim etildi. Lekin bu imtiyoz va preferensiyalar vaqtinchalik. Doimiy
barqaror rivojlanish uchun esa pandemiya sharoitida ishlashga o‘rganish zarur. Shu bois bu boradagi
xorijiy tajriba o‘rganildi. Xususan, “Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“O‘zbekiston. Xavfsiz
sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi ishlab
chiqildi.
1
Shuningdek, ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun qabul qilingan tegishli me’yoriy-huquqiy
hujjatlar asosida qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2020-yil 10-iyuldagi Vazirlar
Mahkamasining 433-son qaroriga ko’ra, “Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm
qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning tasdiqlanishi va uning
ijrosi O’zbekistonni tez orada yirik hamda jozibador sayyohlik markazlaridan biriga,
turizmni esa
iqtisodiyotimizning yetakchi sohasiga aylantirishga mustahkam zamin yaratishi muqarrar.
“Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” (keyingi o‘rinlarda — turizm
mahallasi) — fuqarolar yig‘inlari hududining mavjud tabiiy, tarixiy-madaniy resurslari va
xususiyatlari asosida turistik xizmatlar (turistik mahsulotlar) majmui shakllangan va ushbu hududga
taqdim etiladigan maqom hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini berishdan asosiy maqsadlar quyidagilar
hisoblanadi:
fuqarolar yig‘inida azaldan saqlanib qolgan moddiy va madaniy merosini, urf-odatlari va
turmush
tarzini saqlash, ilgari surish va targ‘ib qilish;
xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish;
turizmni barqaror rivojlantirish;
mahalliy aholining madaniyati va an’analarini ommalashtirish;
turizm mahallasining ekologiyasini hamda tabiiy boyliklarini asrash va yaxshilash;
fuqaralor yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini
yaxshilash;
fuqarolar yig‘ini hududida yangi ish o‘rinlarini yaratish;
1
Manba:
https://uzbektourism.uz
sayti
125
doimiy ravishda turizm xizmatlari sifatini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
Turizm mahallasi maqomini olgan fuqarolar yig‘ini quyidagi imkoniyatlarini o’zida
mujassamlashtirishi esa, yurtimizga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan xorijiy sayyohlarni o’ziga
jalb etmay qolmasligi shubhasiz:
- fuqarolar yig‘ini hududida xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20 ta oilaviy
mehmon uylarining mavjudligi;
- fuqarolar yig‘ini hududida turistlarga kamida 5 ta sifatli turistik xizmatlarni taqdim etish (turar
joy va (yoki) ovqatlanish xizmatlaridan tashqari);
- fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovg‘alari mahsulotlarini
(kamida bitta savdo nuqtasi) sotish
shoxobchalarini tashkil etish;
- fuqarolar yig‘ini hududida turistlar (ekskursantlar) xavfsizligini ta’minlash;
- turistlar uchun yaratilgan qo‘shimcha ko‘ngil ochar shart-sharoitlar (otlar, tuyalar, velosipedlar,
kvadratsikllar, qayiqlar, katamaranlar va boshqalar ijarasi);
- zarur infratuzilmaning mavjudligi (avtomobil yo‘llari, transport aloqasi, aloqa vositalari,
ichimlik suvi, elektr energiyasi, Internet, sovuq mavsumda isitish tizimi);
- yil davomida turizm xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi;
- bosma shaklda turistik obyektlarni joylashish joylari xaritasi mavjudligi;
- tashrif buyurishdan oldin turistlar tomonidan oilaviy mehmon uylari uchun joylarni bron qilish
va fuqarolar yig‘ini hududida ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarga buyurtma
berish imkoniyatining
mavjudligi;
- fuqarolar yig‘ini to‘g‘risida barcha uchun qulay joyida ma’lumot materiallari (varaqalar,
bukletlar, risolalar, xaritalar va boshqalar) mavjudligi.
Hukm surayotgan pandemiya oqibatida turizm yo‘nalishida tadbirkorlar ko‘rgan zararni yaqin 1-
2 yil ichida to‘liq qoplash qiyin. Shu bois Prezidentimiz bu sohaga qo‘shimcha imtiyoz va
preferensiyalar berish lozimligini ta’kidladi. Xususan, Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish va
ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan jamoat tuzilmalari vakillariga va xorijdagi vatandoshlarga
“Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish taklifining
qo‘llab-quvvatlanishi nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijda yashayotgan vatandoshlarimizning
ham O‘zbekistonning ulkan turistik imkoniyatlarini ochib berishda muhim omil bo‘ladi.
O‘zbekistonga 2020-yilning yanvar-mart oylarida turizm maqsadida tashrif buyurgan xorijiy
fuqarolar soni 1,2 million kishini tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan
12
foizga kamaygan
1
.
Birinchi chorak davomida MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 1,16 million kishini (95,6 foiz),
xorijiy davlatlardan kelganlar esa 53,6 ming kishini (4,4 foiz) tashkil qilgan.
Mamlakatga
kelgan xorijiy fuqarolarning eng ko‘pi Qozog‘istondan tashrif buyurgan, ularning soni 397,6 ming
kishini tashkil qilgan. Shuningdek, Tojikistondan 332,7 ming kishi, Qirg‘izistondan 298,1 ming kishi,
Rossiyadan 64,7 ming kishi, Turkmanistondan 60,6 ming kishi, Ozarbayjondan 2 ming kishi va
Belarusdan 1,2 ming kishi O‘zbekistonga kelgan. Uzoq xorijdan sezilarli oqim Turkiyadan, Janubiy
Koreyadan, Xitoydan, Hindistondan, Yaponiya va Fransiyadan kuzatilgan.
Turizm sohasini uning funksiyalari nuqtai nazaridan ko’rib chiqsak, shu narsa aniq bo’ladiki,
turizmning klassik tarzdagi uchligi «turizm + joylashtirish + ko’ngil ochish» ijtimoiy iqtisodiy soha
vazifalarining qariyb hammasini o’z ichiga oladi. Bundan esa, «turizm turli xil, o’zaro bog‘liq va bir–
birini taqozo etadigan kichik tizimlardan iborat murakkab ijtimoiy–iqtisodiy tizim»
2
ekanligi aniq
bo’ladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, turizm sohasi O’zbekistonda
jami xizmatlar sohasi
rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchiga aylanishi, mamlakat iqtisodiyotiga valyuta
1
Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan
2
Kotler, Bowen & Makens (2006), Marketing for Hospitality and Tourism Pearson Education, 2006.
126
tushumlarining salmoqli darajada oshishiga xizmat qilishi, shuningdek,
respublika yoshlari uchun
minglab ish o’rinlari yaratib beradigan yangi korxonalar tashkil etilishini ta’minlashi mumkin. Biroq,
turizm faqat Prezident yoki hukumat qarorlari bilan taraqqiy etib ketadigan soha emas. Ayniqsa,
bugungi sharoitda uning ravnaqi juda ko’p omillarga, xususan, davlat va nodavlat tashkilotlar
faoliyatiga, biz – fuqarolarning amaliy harakatimizga ham bog’liq. Yurtimiz ravnaqi yo’lida amalga
oshirilayotgan barcha islohotlar negizida Vatan, xalq manfaati turibdi. Barcha sohalarda islohotlar
amalga oshirilyapti. Bunday ijobiy o’zgarishlar, rivojlanishni yangi bosqichga ko’tarish uchun,
hammamiz o’z vazifamizni chin yurakdan ado etishimiz, fidoyi bo’lishimiz lozim
Do'stlaringiz bilan baham: