Sabr deb boshimizga kelgan balo va qazolarga chidamli bo'lmakni aytilur.
keladurg'on balo va qazo, zahmat va mashaqqatlarning barchasi janobi Haqning
irodasi ila o'ldig'i uchun bularg'a sabrsizlik qilgan kishilar ajr va savobdan quruq
qolurlar. Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdurki, janobi Haq sobirlarni suyar.
Qur'oni karim ichida ko'p yerda sabrni(ng), sobirlarni(ng) madh qilmishdur.
Shariati islomiyada janobi Haq tarafidan kelgan balo va qazog'a sabr qilmoq farzi
ayndur. Inson har bir ishni sabr va matonat ila yurutsa, maqsudig'a tinch va rohatda
iffatga, g'azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozu'ga, yomonlikni
volidi, afv ahavoni, sabr hokimi vijdonidur», — deyilmish. Arablar «As-sabru
Hilm insonlarning tab'idan xusumat, adovat, g'azab, hiddat kabi yomon
xulqlarni yo'q qiladurgan har kimcha maqbul bir sifatdur. Hilm ilmi axloq
yuzasidan insonga eng kerakli narsadur.
Nafsning rohati, qalbning matonati, fikrning salomati, vijdonning halovati
halim tabiat bo'lmoq ila hosil bo'lur. Chunki halim kishilar har qancha quvvat va
qudrat sohibi bo'lsa ham o'zidan ojiz kishilarga shiddat ila muomala qilmas. Fikri
salomat kishilarning qalbi halim, tab'i karim o'lur. Zeroki, vujudimizdan paydo
bo'ladirgan af ol va harakoti-mizni manbayi havas va orzudur. Bu havas va orzuga
faqa hilm ila g'olib kelurmiz va bu vasila ila to'g'ri yo'lga kirub, yaxshi xulq sohibi,
din-u millat xodimlaridan bo'Iurmiz. Dunyoda chin inson bo'lmak uchun havasning
qo'liga
nafsning
jilovini
bermaydurgan,
bo'lar-bo'lmas
narsalardan
achchig'lanmaydurgan, sovuqqonli, yumshoq tabiatli, muloyim so'zli, halim va
sabrli bo'lmak lozimdur.
Zotiga, hilmiyati mavsuf qilsa
har kishi,
Iki olamda bo'lur rohat, halovatda ishi.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Al-hilmu sayyidul axloq —
Hilm xulqlarning sayyididur», — demishlar.
Suqrot hakim: «Shiddat ila muomala qilgan kishilarga man viqor va halimlik
ila muqobila qilurman, chunki hilm shiddatni va xusumatni past qilur. Lekin
kishini ojiz va xorlik darajasiga tushuradurgan halimlikdan man bezor», —
demish.
Bu so'zga qaraganda saxovatning ifroti isrof o'ldig'i kabi o'rinsiz yerda hilm
iste'mol qilmak insonning viqor va e'tiborini poymol qilur. Shuning uchun hilmiyat
hududidan -chegarasidan chiqmay, g'azab, hiddat kabi yerlarda hilm iste'mol qilub,
nafsning haroratini past qilmalidur. Lekin tepsa tebranmaydurgon, tursa ting
etmayturgon bo'lub, g'ayrat, shijoat o'ainlariga ham muloyimlik ishlatuv halimlik
hududidan oshub, bo'shlik, anqovlik dunyosiga chiqmakdur. Bunday halimlikdan
qochmak, hazar qilmak kerak.
Halimlikni qilsang agar ixtiyor,
Bo'lur xalqi olam sanga do'st-u yor.
Bo'lur mevalik shoxni boshi past,
Halim o'lg'usi oqili hushyor.
Do'stlaringiz bilan baham: