BULBUL ILA ESHAK
Bir kuni Bulbul ila bo'ldi Eshak o'rtog'lar,
Yurdilar aylab tamosho, har taraf gulbog'lar.
Bir zamon Eshak deydi: Ey, Bulbuli shirin zabon,
Sayragil, do'stim, bu dam, ketsun yurakdan dog'lar.
Olturub gul shoxiga Bulbul chunon qildi fig'on,
Bo'ldi hayvonlarda ish tashlab quloq solmog'lar.
Barcha qushlar ofarinlar qildi Bulbul tovshiga,
Gul bo'lib ochdi u dam gul g'unchasi yafrog'lar.
Bir zamon Bulbul sadosini(ng) qilib erdi tamom,
Hangradi Eshak, hama qochdi yig'ilgon zog'lar.
Ko'rdi Eshak ul zamon, hech kimsa yo'q gulzorda,
Yerga og'nab sochti boshiga qum-u tufrog'lar.
Aytdi: Ey Bulbul, ajoyib! Sayrashing yaxshi ekan,
Man kabi tovshing sani qilmas dimog'(n)i chog'lar.
Sayrashing ishsiz kishilarga eshitmak yaxshidur,
Man baqirsam, ishlariga qildilar ketmog'lar.
Ko'ylagi yo'qlar tizi yirtuq kishilardan kular,
Xoh hayvon, xoh insondur — o'zini sog'lar.
Har kishi o'z aybini ko'rmas, kishi aybin ko'rar,
O'zgani bir ignacha aybi ko'ringay tog'lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |