KROL USULIDA KUKO'RTDA SUZISHDAGI BURILISHLAR
Krol usulida ko'krakda suzganda burilishlarning turli variantlari qo'llaniladi. Jumladan, Ochiq va
yopiq, Har xil o'qlar atrofida aylanib bajariladigak burilishlar Ikkinchi variantda suzuvchi
yonboshlagan holatda qo'lini pastdan devorga tegizadi. Ochiq burilishning bu varianti «mayatnik» deb
ataladi. Shu bilan birga, suzuvchi yonboshga aylanadi va burilish jarayonida bir yondan ikkinchi yonga
(chapdan o'ngga yoki, aksincha) o'tadi. Shu paytda bosh suvdan ko'tariladi va nafas olinadi.
Burilishning boshqa elementlari birinchi variantdagidek bajariladi.
Ochiq burilishlar devorga qaysi qo'l to'g'ri kelishiga qarab, xohlagan tomonga aylanib bajarilishi
mumkin.
Yopiq burilish. Uning bir necha variantlari mavjud.
Birinchi variantda suzuvchi xuddi Ochiq burilishdagidek suzib kelib, burilish devoriga qo'lini
tegizadi. Keyin gavdani uzunasiga aylantirib, burilish bajariladi. Bu variant texnikasi ko'p jihatdan
Ochiq burilishga o'xshaydi. Farqi, aylanish paytida bosh suvdan chiqarilmaydi. Bundan tashqari gavda
bir oz vaqt egilib, oyoqlar pastdan yuqori tomonga harakat qiladi. Bularning hammasi suv ostida
aylanish tezligini oshirishga yordam beradi. U 0, 2-0, 3 sekundga tez bajariladi va nafas tutib
bajarilishi sababli sal qiyinroq hisoblanadi.
Ikkinchi variantda suzuvchi burilish devoriga suzib kelib, yonboshlab turib unga qo'lini tegizadi.
Keyin oyoqlarini bukib, deyarli chalqancha holatga o'tadi, 180 daraja yarim aylanib, oyoqlarini
g'ujanak holatda havodan o'tkazadi va ko'krakdagi holatga qaytadi. Oyoqlar devorga yuqoridan keltirib
qo'yiladi. Aylanish paytida suzuvchi bosh bilan pastga qaragan bo'ladi. Keyin gavda yuqoriga
ko'tarilib, qo'llar oldinga uzatiladi. Oyoqlar devorga tiraladi, depsinish uchun dastlabki holatni
egallaydi. Keyingi elementlar oldin keltirilgan burilishlar kabi bajariladi Burilishning bunday varianti
orqaga yarim salto deb ataladi.
Uchinchi variantda, suzuvchi basseyn devoriga ko'krakda suzib keladi, navbatdagi eshuvdan
so'ng qo'lni pastga 50-60 sm chuqurlikka tushirib, devorga tegizadi. Ayni paytda qo'l bilan birga
gavdaning yuqori qismi (bosh pastda bo'ladi) ham pastlab olg'a tomon harakat qiladi, boshqa qo'l
eshuvdan so'ng suv yuzida qoladi. Keyin, suzuvchi oyoqlarini kuchli bukib, to'la g'ujanak bo'lgancha
gavdaning to'la aylanishini davom ettiradi. Shu asnoda qo'lni devordan olish bilan bir paytda, gavda
uzunasiga qo'shimcha aylanib (yarim buralib) oladi va qo'llar oldinga uzatilgan holatga o'tadi,. ya'ni
depsinish uchun dastlabki holatga qaytadi. Bu burilish «sho'ng'ish» yoki «oldinga yarim salto» deb
nomlanib, odatda 100 m masofalarda qo'llaniladi va u suzuvchilardan katta mahorat talab qiladi
(FINA-Xalqaro suzish federasiyasining qaroriga binoan) 1965 yil 1 aprel qarorida erkin usul bilan
suzganda gavdaning istalgan qismi bilan burilish, devorga tegishga ruxsat berildi. Bu yangilik
suzuvchilarga tezkor burilishlarni ishonch bilan bajarish imkonini berdi. Qeltirilgan burilish variantlari
vositasida masofaning umumiy vaqtida ayrim ustunliklarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |