Fanni o‗qitishdan maqsad
―Dori vositalarini ishlab chiqarish‖ fanining o‗kuv fani sifatidagi maqsadi, talabalarda
mutaxassislik mahoratini mukammal shakllantirish, ularda sanoat mikyosida tayyor dori vositalarini
ishlab chikarish texnologiyasi bo‗yicha umumiy ko‗nikmalar xosil qilish hamda zamonaviy
texnologiya nuktai-nazaridan farmatsevtik ishlab chikarishni tashkil qilish va ishlab chikarishni
ta‘minlashdan iborat.
Fanning vazifasi
―Dori vositalarini ishlab chiqarish‖ fanining o‗quv fani sifatidagi vazifasi, mutaxassislik
mahoratini egallash, dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‗yicha umumiy ko‗nikmalar
xosil qilish, hamda ularni zamonaviy texnologiya nuqtai-nazaridan tayyorlash uslubini
takomillashtirishdan iborat. Bu kurs qattiq, yumshoq, suyuq va boshqa turdagi dori shakllari,
shuningdek oddiy va murakkab dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasini o‗rganishga
mo‗ljallangan bo‗lib, unda dori va yordamchi moddalarning o‗zaro mutanosibiligi, ular orasidagi
bog‗lanishlar bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |