Binolarni konstruktiv sxemasini tartiblash (komponovkalash) masalalariga:
1. Ustun to`rini tanlash va binoning ichki o`lchamlarini aniqlash
2. Tomni tarkiblash
3. Binoni harorat bo`lma (blok) larga ajratish
4. Binoni fazoviy bikirligini ta`minlash uchun bog’lovchilar sxemasini tanlash;
Binoning ichki o`lchamlarini va ustun to`rini tanlash. Konstruktsiyalarining o`lcham
to`rlar sonini qisqartirish maqsadida turli hajm-tarhiy echimlar umumlashtirilib, unifikatsiyalash
(bir xilikga keltirilgan) ustun to`ri (LxB) temirbetondan barpo etiladi. Ko`priksimon kran
bo`lmagan binolar uchun 12x6 18x12 24x12 m da, bino balandligi H≈3,6…14,4 m har 1,2 metrda
(modulida); ko`priksimon krani bo`lgan binolar uchun 18x12 m, 24x12 m, 30x12 m da bino
balandligi N≈8,4…18 m har 1,2 metrda ustun to`ri ishlab chiqarish (2-rasm).
Ustun to`ri ishlab chiqarish texnologiyasi asosida bo`ladigan jarayonga bog’lanib, texnik-
ihtisodiy tahlilash natijasiga tanlanadi. 75% bir qavatli ishlab chiqarish binolarni 18x12m va 24x12
m ustun to`riga ega. 18x30 metrli ravoq ustun qadami 12 m qo`llab ishlab chiqarish texnologik
jarayonga moslab kerakli darajada foydalanish maydonini samarali ishlatish va montaj soni
birligini qisqartirishga imkon ochadi.
Bundan ortiq ustun to`ri qurilish konstruktsiyasini qimmatlashishini ishlab chiqarish
maydonii bo`yicha olingan iqtisodiy samaradorlik yoki boshqa texnologik jihatlarining
boshqalarga nisbatan yuqoriroq ahamiyatli (xizmat qilish qulay) bo`lgan hollarda o`rinli deb
hisoblanadi. Masalan: 24x12 m dan 24x24 m ga o`tishda qurilishni 4…7% qimmatlashishiga va
4% maydon tejaladi.
Agar, binoga osma transport, havo o`tkazish tarmoqlari, osma ship kabilar qo`llansa,
rigellar qadami qo`shimcha harajat hisobidan tayinlanadi. Bu hollarda rigellar qadami 6 m
iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Binoning sinchi elementlarni maksimal to`rlarga ajratishni
(tipizatsiyalashni) ta`minlash uchun ko`ndalang va bo`ylama koordinatsion o`qlarga quyidagi
bog’lanish qabul qilingan:
1. CHetki qator ustunlarini bo`ylama koordinatsion o`qlarga: a) nolli bog’lanish –
ko`priksimon kran bo`lmagan binolarda (V=6...12 m) ko`priksimon krani bor bo`lgan
binolarda ustun qadami B=6 m, Q≤ 30 t, H≤16,2 m; b) 250 mm li bog’lanish – B=6 m,
Q > 30 t, H > 16,2 m va qolgan hollarda B≥12 m;
“Temirbeton va tosh konstruksiyalari” fanidan ma’ruza matni
4
2-rasm. Bir tipga (bir xilga) keltirib konstruktiv sxema echimi unifikatsiyalangan bir qavatli yig’ma
temirbeton sinchli sanoat binolari: a) – kransiz binolar: 5 t. gacha ko`tarishga qodir osma transport jiqozi
bo`lgan va osma jihozi bo`lmagan kransiz binolar; b) – 50 t. gacha ko`tarishga qodir bo`lgan ko`prikli
krani bo`lgan binolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |