76
bilan esa, paxta bo‘lakchasini burunning o‘ng dahliziga
yaqinlashtiriladi, shuningdek, bemordan qisqa nafas olish
va chiqarishi so‘raladi.
Burun orqali nafas olish normal, qiyin bo‘lishi yoki
butunlay nafas olib bo‘lmasligi mumkin. Burunning nafas
olishi bemorning shikoyatiga, paxta bo‘lakchasi
bilan tek-
shirishdan olingan ma’lumotlarga, rinoskopiya natijasiga
asoslanib baholanadi. Burunning nafas olish faoliyatini
L.B.Daynyak, N.A.Melnikova rinopnevmometri yordami-
da aniqlash mumkin.
Burunning hid bilish funksiyasi olfaktometrik yig‘mada-
gi hidli moddalarni burunning har bir katagiga navbat-
ma-navbat hidlatish orqali yoki olfaktometrik asbob
yordamida aniqlanadi. Hid bilishni aniqlash usuli nafas
olishni aniqlash usuliga o‘xshash.
Hid bilish funksiyasini
aniqlayotganda bemor shu moddaning hidini aytishi kerak.
Hid bilish normal (normosmiya), past (giрosmiya),
buzilgan (kokosmiya) yoki butunlay yo‘q (anosmiya) bo‘li-
shi mumkin.
Rinoskopiya oldingi, o‘rta va orqangi bo‘lishi mumkin.
Burun dahlizini ko‘zdan kechirish uchun o‘ng qo‘lning
I barmog‘i bilan burun uchi ko‘tariladi. Burun dahlizi
odatda ochiq, devorlari tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi.
Oldingi rinoskopiyada navbatma-navbat avval burunning
bir tomoni, so‘ngra ikkinchi tomoni ko‘zdan kechiriladi.
Chap qo‘lning ochiq kaftiga tavaqalari pastga qilib burun
kengaytirgich olinadi: chap qo‘lning I barmog‘ini burun
kengaytirgichning vintiga, II va III barmoqlarni tashqari-
dan branshga qo‘yiladi. IV va V barmoqlar burun ken-
gaytirgichning branshlari orasida bo‘lishi kerak. Barmoq-
larning bunday joylashishi burun kengaytirgichni ochish
va yopishga imkon beradi. Chap qo‘lining
tirsagi tushirila-
di, qo‘lning barmoqlari burun kengaytirgich bilan birga
harakatlana olishi kerak. Oldingi rinoskopiya qilayotganda
boshni kerakli tomonga qarab burish uchun o‘ng qo‘lning
kafti bemorning boshi tepasiga qo‘yiladi.
77
Burun kengaytirgichning tavaqalari yopiq holda be-
morning o‘ng burun dahliziga 0,5 sm ga kiritiladi. Chap
qo‘lining II va III barmoqlari bilan burun kengaytir-
gichning branshlariga bosiladi va o‘ng burun dahlizini
shunday
kengaytirish kerakki, bunda burun kengaytirgich
tavaqasining uchi burun bo‘shlig‘i shilliq pardasiga teg-
masin.
Boshning to‘g‘ri holatida burunning o‘ng tomoni ko‘zdan
kechiriladi: shilliq pardasi pushti rangda, yuzasi tekis, bu-
run to‘sig‘i o‘rta chiziqda bo‘lishi, burun chig‘anoqlari
katta lashmagan, umumiy burun yo‘li bo‘sh va ochiq bo‘li-
shi kerak. Burunning chap tomoni ham shunga o‘xshash
ko‘zdan ke chiriladi. Burun kengaytirgichni quyidagicha
tartibda chiqarib olinadi: IV
va V barmoqlar bilan kengay-
tirgichni o‘ng dastasini orqaga tortib, branshning ishchi
qismi butunlay yopilmagan holda burundan chiqarib olina-
di (burun ke ngaytirgichning ishchi qismi branshlari to‘la
yopilib qolsa, burun dahlizidagi mo‘ylarni qisib qolishi
mumkin).
Burunning orqa bo‘limlarini ko‘zdan kechirish uchun
rinoskopiya qilinadi (epifaringoskopiya). Buning uchun
burun-halqum ko‘zgusini dastasiga o‘rnatib, ko‘zguli oy-
nasi qizdiriladi (ko‘zguning isish darajasini barmoqlar-
ning tashqi yuzasiga qo‘yib ko‘rib tekshiriladi). Ko‘zgu
dastasi o‘ng qo‘lda, shpatel chap qo‘lda turadi. Bun-
da shpatelning
ostki yuzasida I barmoq, yuqori yuza-
sida II, III va IV barmoqlar tursin. Shpatelni bemor
og‘zining o‘ng burchagidan kirgizib, tilni shpatelning
uchi bilan bosiladi. Shu bilan bir vaqtda bemor og‘zi-
ni chap burchagidan yuzasini yuqoriga qaratgan holda
burun-halqum ko‘zgusini kiritib
tanglay pardasi orqasi-
ga o‘tkaziladi; ko‘zguni sekin-asta aylantirib burunning
orqa qismlari birin-ketin ko‘zdan kechiriladi. Shunda
burun chig‘anoq larining orqa qismlari, burun yo‘llari,
dimog‘ suyagi ko‘rinadi. Ushbu usul burun-halqumni
ko‘zdan kechirishga ham imkon beradi.