70
havoli katakchalaridan iborat. Oldingi, o‘rta va orqa g‘al-
virsimon labirint katakchalari tafovut qilinadi (o‘ng va
chapda 6–7 tadan). Sog‘lom
odamda ular ichida havo
bo‘ladi.
Peshona bo‘shliqlari peshona suyagining tangacha-
larida joylashgan bo‘lib, har biri to‘rttadan devorga ega:
oldingi kalla tubining chuqurchasi bilan chegaralangan
orqa devori, ko‘p hollarda ko‘z kosasining yuqori devori
ham hisob lana digan va qisqa masofada g‘alvirsimon suyak
kataklari va burun bo‘shlig‘i bilan chegaralanib turadigan
pastki devori va ichki devori.
Ponasimon bo‘shliqlar ponasimon suyak tanasida joy-
lashgan. Qo‘shimcha sinuslar orasidagi to‘siq old tomon-
dan burun to‘sig‘igacha davom etadi. Yangi tug‘ilgan bola
(chaqoloq)larda faqat ikkita suyak kovagi – yuqori jag‘
kovagi va g‘alvirsimon labirint bo‘ladi. Lekin
bu suyak
bo‘shliqlari ham kurtak holatida bo‘lib, taraqqiy qilmagan.
Yangi tug‘ilgan bolalarda peshona hamda ponasimon
suyak bo‘shliqlari bo‘lmaydi, ular 3–4 yoshdan shakllana
boshlaydi. Burun atrofidagi suyak bo‘shliqlari topografiyasi
12 yoshga kelib, normaga yaqinlashadi.
Qo‘shimcha bo‘shliqlarni
qoplab turgan shilliq par-
da o‘ziga xos burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining davomi
bo‘lib, undan o‘zining qalinligi va kavernoz to‘qimalari-
ning yo‘qligi bilan farq qiladi.
Burunning qo‘shimcha bo‘shliqlari tashqi va ichki uyqu
arteriyalarining shoxobchalari orqali qon bilan ta’ min-
lanadi. Qon o‘zaro anastomoz hosil qiladigan va tashqi
burun
venalari, yuz sohasi, ko‘z sohasi, miya venalari,
vena chigali va kalla sinuslari bilan tutashadigan venalar
orqali oqib ketadi. Limfa esa halqum orqasi, jag‘ osti va
bo‘yinning chuqur joylashgan tugunlari tomon oqadi. Bu-
run qo‘shimcha bo‘shliqlari V
juft kalla nervlarining bi-
rinchi va ikkinchi shoxobchalari bilan innervatsiya qilinadi.
Simpatik innervatsiya qanotsimon tanglay tugunidan yuza-
ga keladi.
71
Uyqu arteryasining shoxobchalari burun bo‘shlig‘ini
qon bilan ta’minlaydi. Venoz qon esa oldingi yuz va ko‘z
kosasi venalari orqali ketadi. Bundan tashqari kalla suyagi
venalari ko‘z kosasi venalari bilan anastomoz hosil qiladi.
Ular orqali infeksiyalar burun bo‘shlig‘idan va qo‘shimcha
bo‘shliqlardan kalla suyagi bo‘shlig‘iga va ko‘z kosasiga
o‘tishi mumkin. Burun bo‘shlig‘i shilliq
pardasida limfa
tomirlar tarmog‘i mavjud bo‘lib, ular subdural va subarax-
noidal bo‘shliq bilan tutashadi (25, 26, 27-rasmlar).
Burunning sezgi innervatsiyasini ko‘z kosasi yuqori jag‘
nervlari amalga oshiradi. Hid bilish analizatorlarining tar-
moqlari burun bo‘shlig‘iga g‘alvirsimon suyakning to‘rsi-
mon plastinkasi teshiklari orqali o‘tadi va hid bilish sezgisi
retsep torlari hisoblangan yuksak darajada tuzilgan maxsus
epiteliy hujayralariga yetib tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: