61
1. Sizning dastlabki tashxisingiz?
2. Davolash uchun nima qilish kerak?
4. Bemor qulog‘idagi doimiy
shovqindan va eshitisining
pasay ganidan shifokorga shikoyat qildi. Ko‘zdan kechiril-
ganda bemor ozib ketgan, behol, ko‘zlari kirtaygan, teri
qatlamlari oqargan. Kasallik tarixiga ko‘ra ikki yil avval
sil bilan og‘rigan va uzoq vaqt davomida antibiotiklar bilan
davolangan (streptomitsin, PASK).
1. Sizning dastlabki tashxisingiz?
2. Davolash uchun nima qilish kerak?
5. Bemorning quloq suprasi terisi butunlay qiр-qizarib
shishgan.
Kasallik et uvushishi, tana haroratining ko‘tarilishi bi-
lan kechmoqda. Bemor quloq
sohasida lovullab achishish
sezmoqda, teri shishishi va qizarishining quloq tashqarisiga
hamda so‘rg‘ichsimon o‘siqqa tarqalishi kuzatilmoqda.
1. Tashxis qo‘ying.
2. Sizning chora-tadbiringiz.
6. Bemor qulog‘i bitishidan va undagi og‘riqdan,
eshitishning pasayganidan, quloqdagi shovqindan shikoyat
qilmoqda. Otoskopiyada nog‘ora pardasining shilliq parda-
si
ostiga qon quyilgani, nog‘ora bo‘shlig‘ida qonli serozli
ekssudat to‘planganligi kuzatiladi.
1. Tashxis qo‘ying.
2. Sizning chora-tadbiringiz.
7. Shifokorga 19 yoshlardagi qiz bola murojaat etib,
qulog‘i qattiq og‘riganidan hamda og‘riq ko‘z, bo‘yinga va
tishlarga tarqalayotganidan shikoyat qildi. Og‘riq gapirgan-
da va ovqat chaynaganda kuchayar ekan. Paypaslaganda:
limfa tugunlari kattalashgan, og‘riqli va qattiq. Supracha
bosilganda – kuchli og‘riq seziladi. Otoskopiyada qizargan
62
terining yumaloq bo‘lib ko‘tarilganligi, eshitish yo‘lining
torayganligi ko‘rinadi.
1. Sizning tashxisingiz?
2. Davolash yo‘l-yo‘riqlari.
8. Shifokorga
erkak kishi murojaat qilib, qulog‘i qat-
tiq qichishayotganligini, u go‘yoki to‘lib, tiqilib qolgan-
day bo‘lib, quloqda og‘riq va shang‘illash borligini aytdi.
Boshi ham og‘rib turgan ekan. Qulog‘idan ivigan qog‘ozni
eslatuv chi patologik ajralma chiqmoqda.
1. Sizning tashxisingiz?
2. Davolash yo‘l-yo‘riqlari.
9. Poliklinikaga 45 yoshlardagi ayol kishi kelib, quloq
suprasining qizarib, shishib ketganligidan shikoyat qildi.
Tana harorati 39°C, quloq atrofida qizish seziladi. Ko‘rib
chiqilganda: qizarish va shish atrofga ham yoyilib ketayot-
ganligi aniqlandi.
Qon tahlili: leykotsitoz va EChT oshgan.
1. Tashxis qo‘ying!
2. Davolash yo‘l-yo‘riqlari.
10. 33 yoshlardagi ayol shifokorga murojaat qilib,
tana harorati 39°C gacha ko‘tarilganligi, ishtahasi yo-
monligi, yaxshi uxlay olmasligi, nimjonligi, o‘zini
yomon
his qilayot ganligi, qulog‘i og‘rishi va eshitish qobiliyati
susayganligidan noliydi. Otoskopiyada: quloq nog‘ora
pardasi ning giрeremiyasi va uning bo‘rtganligi aniqlana-
di.
1. Tashxis qo‘ying.
2. Davolash yo‘l-yo‘riqlari.
11. 38 yoshlardagi erkak kishi shifokorga murojaat
qilib, qulog‘i og‘irligidan, og‘rishidan va shang‘illashidan,
umumiy ahvolining yomonligidan va tana harorati ko‘taril-
ganligidan arz qildi.
63
Tekshirib ko‘rilganda: so‘rg‘ichsimon o‘siq terisining
giрe re miyasi
va infiltratsiyasi, quloq suprasi oldinga egil-
gani aniqlandi.
Otoskopiyada: tashqi eshituv yo‘li, suyak qismi, orqa
yuqori devorlari yumshoq to‘qimalarining osilib qolganligi,
shuningdek, qaymoqsimon yiring oqishi kuzatildi.
1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?
2. Davolash yo‘l-yo‘riqlari.
12. Klinikaga tana harorati ko‘tarilgan (39°C), bosh
og‘rig‘i, qayt qilish, quloq og‘irligi, lohasligidan shikoyat
qilgan bemorni olib kelishdi. Tekshirib ko‘rilganda ensa
mushak larining rigidligi va
Kernig-Brudzinskiy simptom-
lari «musbat», ko‘z tubida o‘zgarish yo‘q.
Qonda leykotsitoz, EChT oshgan.
– Orqa miya punksiyasida likvor bosim bilan oqib
chiqadi, loyqa. Anamnezdan bemor 2 oy oldin otit bilan
og‘rigan.
1. Tashxis qo‘ying.
2. Davolash yo‘l-yo‘riqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: