Maxsus pedagogika


 ‘qitishda mustaqillik tamoyili



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

0 ‘qitishda mustaqillik tamoyili
Bilim  va  malakalami  ongli  o‘zlashtirish  o‘quvchilaming  o‘zidan  ma’lum 
darajada mustaqillik va faollikni talab qiladi. Shunga qaramay, aqli zaif o‘quvchilar 
ko‘pincha  yuqori  sinflarda  ham  hatto  sodda  savollaming  yechimini  to‘g‘ri 
tanlashda qiynaladilar.
Yordamchi  maktab  bolani  o‘qitishda  dastlab  shunday  sharoit  yaratadiki, 
bu vaqtda  o'quvchilarga doimo  har yerda yordam  beriladi.  Qisqasi,  o‘quv 
topshiriqlarini  bajarishdagi  mustaqillik  o ‘quvchilar  tom onidan  ancha 
chegaralangan  bo'ladi.  Shunga  qaramay,  bolalarni  quyi  sintlardan  boshlab
63


ishlami  mustaqil  bajarishga  odatlantirmoq  zarur.  Bu  mustaqfflik  dastlab 
to‘liq bo‘lmasin,  biroq o ‘quvchiga yordamni  uyushtirish shunday bo‘lishi 
kerakki,  unda  ishni  mustaqil  bajarishga  xohish  va  o ‘z  kuchiga  ishonch 
hissi  tarbiyalansin.
0 ‘quvchi  ustidan  haddan  tashqari  uzoq  va  doimiy  homiylik  qilish 
unda  o ‘ziga  ishonmaslik,  ju r’atsizlik  hissini  mustahkamlashi  mumkin. 
Shuning  uchun  aqli  zaif  bolalar  bilan  ishlashning  birinchi  bosqichida 
ularga  mustaqil  bajarish  uchun  yetarli  darajada  tushunarli  bo'lgan  yoki 
arzimas  yordam  bilan  bajariladigan  (o‘quv  qo‘llanmalarini  tarqatish, 
sinfdagi  gullami  parvarish  qilish,  sinfni  tozalash,  maktab  yer  maydonida 
ishlash  va  hokazo)  uncha  murakkab  bo‘lmagan  topshiriqlarni  berish 
maqsadga muvofiqdir.
Dastlab o‘qituvchi o ‘quvchilarga mustaqil bajarish  uchun topshiriqlar 
berishda,  bir  tom ondan,  har  bir  topshiriqning  tushunarli  boiishini, 
ikkinchi  tomondan,  ularning  murakkabligini  asta-sekin  orttirib  borishini 
ta’minlovchi tartibni atroflicha o ‘ylab ko‘radi.  So‘ngra bolalarni navbatdagi 
topshiriqni  bajarishga  tayyorlaydigan  barcha  ishlar  o ‘qituvchi  rahbarligi 
ostida olib boriladi.
Nihoyat,  o ‘qituvchi  muayyan  vazifa  bilan  birga  olib  boriladigan 
ko‘rsatma  mazmunini,  shaklini  o ‘ylab  chiqadi  va  aniqlab  oladi,  har  bir 
o‘quvchining  ishini  kuzatib  boradi.
Ishda mustaqillikni tarkib toptirishda og‘zaki ko‘rsatma berishning to‘g‘ri 
va tushunarliligi muhim vosita hisoblanadi.  0 ‘quvchiga topshiriq beribgina 
qolmay,  bu  vazifani  qanday  izchillikda  bajarish  kerakligini  qayta-qayta 
takrorlash  ham  kerak.
Bu bosqichning  hammasida bolalarga  mustaqil  ish  uchun beriladigan 
topshiriqqa  asos  qilib  olinadigan  o ‘quv  materialining xususiyatini  va  sinf 
o ‘quvchilari  ilgari  egallashlari  kerak  bo‘lgan  bilimlar  zaxirasini  e’tiborga 
olibgina  qolmay,  balki  har  bir  o ‘quvchining  tayyorgarligidagi  individual 
farqlarni  ham,  har  bir  bolaning  ruhiy  xususiyatlarini  ham  hisobga  olish 
kerak boiadi.
Shunday qilib, o ‘qituvchining rahbarligi ishning tayyorgarlik bosqichida 
uning  turli  tom onlarini  qamrab  olishi  kerak,  am mo  oxirgi  maqsad 
bolalarni topshiriqni o‘qituvchining bevosita yordamisiz tamomila mustaqil 
bajarishga  tayyorlashdan  iborat  bo‘lishi  lozim.
0 ‘quvchilar  mustaqil  ishining  asosiy  xususiyati  shundan  iboratki, 
bunday ish jarayonida o ‘quvchi biror vaqt oralig‘ida o‘zi odatlanib qolgan 
o ‘qituvchi  tomonidan  beriladigan  yordamdan  mahrum bo‘lib,  o ‘z  oldiga 
qo‘yilgan  vazifa  bilan  yakkama-yakka  qoladi.  Topshiriqni  bajarishda 
o ‘quvchi  o ‘z  kuchini  sinab  ko‘rishi  va  o ‘z  bilimlariga,  mahoratiga, 
malakasiga,  ziyrakligiga  suyanib,  uni  yechish  yoiini  topishi  va yechishni 
kutilgan  natijaga  olib  kelishi  kerak.
64


Yangi  mavzu  o‘tilganda  o ‘quvchilaiga  mashqlar  berib,  uni  qanday 
tushunganliklarini aniqlab olish mumkin, so‘ngra bilimni qo‘llashiga doir 
vazifa  berib,  o ‘quvchilarda  tegishli  mahorat  hosil  bo‘lganmi-yo‘qmi, 
tekshirib  ko‘rish  lozim.
Bu  ish  tizim ida  xato  qilib  q o ‘yish  ehtim oli  tu g ‘ilishi  bilanoq 
o ‘quvchining  ishini  to ‘xtatish,  xatoning  yuz  berish  ehtimoliga  qarshi 
hamisha va  hamma  hollarda 
0
‘qituvchi  tomonidan  chora  ko‘rilishi,  oldi 
olinishi  muhim  omil  hisoblanadi.
Bilim va malakalami o ‘zlashtirishdagi onglilik ularda amaliy faoliyatda 
faol qo‘llash ko'nikmasini  nazarda tutadi.  M a’lumki,  aqli zaif o ‘quvchilar, 
bir tomondan, maktabda olgan bilimlarini ko‘pincha tezda esdan chiqarsalar, 
ikkinchi  to m on dan ,  ulardan  foydalanishda  qiynaladilar.  M asalan, 
o‘quvchilar sinfda yetarli darajada savodli bayon yozishlari, biroq o ‘rtoqlariga 
xat yoki ishga qabul qilish haqida arizani mutlaqo savodsiz yozishlari mumkin. 
Aqli  zaif bolalarning  bu  xususiyatlarini  yo‘qotish  uchun  maktab  ta’limni 
shunday  uyushtiradiki,  bilim  va  malakalami  amaliy  faoliyatda  qo‘llashlari 
uchun  o ‘quvchilami  yetarli  mashqlar  bilan  ta’minlaydi.
Ona tili va matematika dasturlarida ishga oid xat, tortish, o ‘lchash, turli 
savdoga oid hisoblashlar va hokazo mashqlar ko‘zda tutilgan.  Bu mashqlar 
bilim va malakani birmuncha ongli va mustahkam o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
0 ‘quvchilar  bilimlarining  qo‘llanishini  to ‘g‘ri  tashkil  qilish  ularda 
mustaqil, unumli fikrlash mahoratini hosil qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Bilimlaming  qo‘llanishi  o ‘qitish  natijasiga  ijobiy  ta’sir  etuvchi  muhim  bir 
omil  hisoblanadiki,  u  o ‘qituvchining  o ‘quvchi  o‘quv  materialini  qanday 
o ‘zlashtirayotganini  doimo  nazorat  qilib  turishiga  imkoniyat  yaratadi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish